Protagorning: «Inson barcha narsalar mezonidir», degan fikri ham juda mashhur. «Tangri
saltanati bizning ichimizdadir», deb o‘rgatgan
Iso Masih .
Buddaviylarning: «O‘zligingga nazar
tashla, sen Buddasan», degan chorlovi ham yuqoridagi fikr bilan hamohangdir.
Islomda «Kimki
o‘zini bilsa, u Allohni ham bilgaydir», deyiladi. Demak, inson o‘zini dunyodan oldinroq va
ko‘proq biladi, ayni shu sababli u dunyoni o‘zidan keyin va o‘zi orqali anglab etadi. Falsafa
dunyoni inson orqali ichdan bilishdir, fan esa insondan tashqaridagi dunyoni yuzaki bilish
demakdir.
Beruniy fikricha, insonning fe’l-atvori va ma’naviy qarashlari, surati va siyrati bevosita
tabiiy muhit ta’sirida shakllanadi. Zero, aynan shu tabiiy muhit, geografik sharoit xalqlar, millatlar
shakllanishining muhim asosi bo‘la oladi.
Forobiy fikricha, inson o‘z tabiatiga ko‘ra hayotini tartibga keltirish, mustahkamlash va
takomillashtirish uchun boshqa insonlarga muhtoj bo‘ladi. Yakka holda hech kim buning
uddasidan chiqa olmaydi. “
Inson_shunday_maxluqotki_,_u_faqat_jamiyatda_o‘z_ehtiyojlarini_qondirishi_va_oliy_ma’naviy_darajaga_ko‘tarilishi_mumkin”_1_._Inson'>Inson shunday maxluqotki , u faqat jamiyatda o‘z ehtiyojlarini
qondirishi va oliy ma’naviy darajaga ko‘tarilishi mumkin”
1
.
Inson o‘z hayotining me’mori,
ijodkori bo‘lmog‘i, o‘zida fozila xislatlar, iste’dodlarni tarbiyalashi lozim. Bunga esa u jamiyatda
yashab faoliyat ko‘rsatgandagina erishadi.
Inson ijtimoiy mavjudot. Yolg‘izlik uzlat uni
qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va baxtga olib boradigan iste’dodini yo‘qotadi.
Ibn Xaldun insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan ijtimoiy mohiyat izlaydi.
Inson jonzot sifatida ezgulik va yovuzlik olamidir . Shunga ko‘ra, u umrining har daqiqasida
yovuzlikdan ko‘ra ezgulikka, yomonlikdan ko‘ra yaxshilikka, nafratdan ko‘ra muhabbatga intilib
yashashga mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne’matdir.