Jamiyat falsafasi


Fransuz yozuvchisi va faylasufi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Fransuz yozuvchisi va faylasufi 
J.P.Sartr
(1905-1980) bu fikrni butunlay rad etadi. Uning 
fikricha, inson
kelajakka qarab intiladi 
va shu tariqa o‘zini o‘zi yaratadi. U «Inson – odamzot kelajagidir», deb ta’kidlaydi.
Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p ta’riflar 
va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir ob’ektida 
bunday holga duch kelish mushkul. Zero, 
falsafa tarixida inson:

«aqlli mavjudot»; 

«siyosiy hayvon»;

«tabiat gultoji»;

«mehnat qurollari yasovchi hayvon»;

«o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;

«ma’naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan.
Ulug‘ mutasavvuf 
Abdulxoliq G‘ijduvoniy
insonni «
kichik olam
» deb hisoblagan. 
Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. Umuman 
1
Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. –B.69 


olganda, insonga daxldor bo‘lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og‘irini engil qilmasa
unday fanning keragi bormikan? shu ma’noda, inson, avvallo, o‘zi uchun zarur bo‘lgan fanlarni, 
ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar 
inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo‘lish shakllaridir. Ularning barchasi inson 
tabiati va mohiyati bilan bog‘liqdir. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. 
Inson shunday murakkab va ko‘p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida 
inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga 
yaqin va ma’nodosh bo‘lsa ham, bir-biridan farqlanadi.
INSON
- o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli 
mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish
sharoitga moslashish kabilar xos. Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib 
turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, 
taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o‘z-o‘zini idora etish, badiiy ijod, ahloq, nutq, 
tafakkur, qadriyatlar shular jumlasidandir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin