Kasb tanlashga yo‗llanma berishining va uni tashfiqot qilishining
usullaridan biri – ko`rgazmali vositalar, fotostendlar, kitoblar ko`rgazmasi, yosh
rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining maxsulotini namoyish qilish,
nakkoshlar va texnika tugaragi ishlarini ko`rgazmaga quyishdir. Bundan tashqari,
muzeylarga ekskursiya uyushtirish orqali u yoki bu kasbga nisbatan qiziqishini
vujudga keltirish mumkin. O‗spirinlarda xosil bo‗ladigan praksik (lazzatlanish,
roxatlanish) xislar kasbga mexrini oshiradi va unga nisbatan mustaxkamlaydi.
Mehnat psixologiyasi namoyondalari kasb tanlashni o`zgacha usullarini
tavsiya qilmoqdalar. Jumladan, barcha fanlarni o‗qitishga politexnik xususiyati va
xossasini chuqurlashtirish; tabiiy - matematik soxadagi fanlarda atrofdagi ishlab
chiqarishdan ob‘ekt sifatida foydalanish; ijtimoiy turkumdagi fanlar o‗qitishda
o`lkashunoslik materiallarini qo`llagan xolda faoliyat uyushtirish o‗quvchilarning
kasbga nisbatan qiziqishini orttirish va mehnat qilishga ularni axloqan tayyorlash;
fan asoslarini egallashda kasb haqida axborotlar berib borish; mehnat soxalari
to‗g‗risida kasb tanlovchiga mustaqil tanishish sharoitini yaratishdir.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1)
Kasbiy faoliyat psixologiyasi alohida predmet sifatida
qachon vujudga
kelgan?
2)
Kasbiy maslaxat (konsultatsiya) deganda nimani tushunasiz?
3)
Kasbiy saralash tushunchasiga izoh bering.
4)
Kasbga moslashish (adaptatsiya qilish) deganda nimani tushunasiz? Izoh
bering.
5)
Kasbiy moslashish davri o‗ziga xos xususiyatli nechta bosqichni bosib
o‗tadi?
6)
Kasbga moslashishning muvaffaqiyatliligi ko‗p jixatdan nimalarga
bogliq?
37
7)
Kasb tanlashga yo‗llanma berishining va uni tashfiqot qilishining
usullariga nimalar kiradi?