4
KIRISH
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-
fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar
strategiyasi to‗g‗risida‖gi PF-4947-son Farmoni, O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-2909-son Qarorining qabul qilinishi,
yoshlarni
har tomonlama bilim olishlari, ularda yaratuvchilik imkoniyatlarini kengaytirishga
bo‗lgan imkoniyatlari yanada kengaydi.
Mazkur darslik 5320400 – kimyoviy texnologiya (noorganiq moddalar)
yo`nalishi talabalari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, bo‗lajak mutaxassislarning
psixologik tayyorgarligini oshirish maqsadida yaratilgan novbatdagi manbadir.
Kasbiy faoliyat psixologiyasi yosh avlodni tarbiyalash, ularni o‗qitish va
ma‘lumotli qilishning qonuniyatlari, qoidalari, shakllari, metodlari, usullari va
vositalarini o‗rganuvchi fandir.
Mazkur tushunchalarning mazmuni,
mohiyati, funksiyalari haqida ma‘lumot
beruvchi ―Kasbiy faoliyat psixologiyasi‖ fani bo‗lajak mutahassislarni o`z kasbiga
ilmiy-nazariy va tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, har bir mavzuning oxirida o‗z bilimini tekshirish maqsadida
nazorat savollari va amaliy ishlar topshiriqlari berilganki, ular talabalarning
bo`lajak sohasida o‗zlashtirgan nazariy bilimlarini amalda qo‗llash, ko‗nikma,
malakalarini shakllantirishga katta yordam beradi.
Ushbu darslik shaxsning kasbiy faoliyat psixologiyasiga oid asosiy
tushunchalarni, ―Kasbiy faoliyat psixologiyasi‖ fani taraqqiyotining asosiy
bosqichlari, va metodlari, vazifalari, shaxs haqida tushuncha,
kasbiy faoliyatning
psixologik tahlili, muloqot, psixik jarayonlar, shaxsning individual-psixologik
xususiyatlari, fanning tarmoqlari, fanning boshqa fanlar bilan aloqasi, boshqaruv
va mehnat psixologiyasi haqidagi masalalarni qamrab oladi.
Ushbu darslikdan olingan bilim, ko‗nikma va malakalar bo‗lajak
mutaxassislarda kasbiy muloqotni amalga oshirish, o‗z ustida ishlash,
kasbiy
malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish uchun asosiy manba hisoblanadi.
5
Ushbu darslikning maqsadi - talabalarda o‗z kasbiga doir psixologik
bilimlarni egallashga, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va muloqoti, psixik
taraqqiyot qonuniyatlari, shaxsni psixologik metodlar yordamida o‗rganish
bo‗yicha bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Darslikning vazifasi – talabalarga voq`elik va jamiyatdagi voq`ea-
hodisalarning, jamiyat hayotida psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning
mohiyatini
tahlil etishga, insonning shaxs va mutaxassis sifatidagi kamoloti va
unga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari,
emotsional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o‗rgatishdan iboratdir.
Darslikni o‗zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
talaba:
- psixologik tushunchalarni, voq`elik va jamiyatdagi voq`ea-hodisalarni,
shaxsning o‗zida kechadigan ijtimoiy-psixologik jarayonlarni, shaxsni psixologik
tadqiq qilish usullarini bilishi;
- talaba voq`elikni psixologik mushohada etish, narsa-hodisalarni ilmiylik
va mantiqiylik asosida o‗rganish, ilmiy tafakkur va psixologik tassavo`rning
uyg‗unligini ta‘minlash,
mustaqil va zamonaviy fikrlash, o‗zining shaxsiy va
kasbiy faoliyatida psixologik bilimlarni va qonuniyatlarni qo‗llay olish
ko‗nikmalariga ega bo‗lishi;
- talaba voq`ea-hodisalarni psixologik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq
qilish, shaxs kasbiy faoliyati motivatsiyasi, faoliyat jarayonida yuzaga chiqadigan
emotsional va irodaviy sifatlari, individual psixologik xususiyatlari, shaxs va
jamiyat orasidagi munosabatning psixologik qonuniyatlarini aniqlash va ular
asosida kasbiy faoliyatni amalga oshirish malakalariga ega bo‗lishi kerak.
Shuning
bilan bir qatorda bo‗lajak mutahassislarni mamlakatimizda keyingi
yillarda qurilish tizimining izchil taraqqiy etayotgani mazkur sohada qo‗lga
kiritilayotgan yutuqlarni kechagi ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash ko‗nikmalariga
ega bo‗ladilar.
Bo`lajak kimyo
soha egalarini faollashtirish, psixologik bilimlarni
o‗zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirishni yo‗lga qo‗yish maqsadida