Kasbiy faoliyat psixologiyasi



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

G`ozuev E.
Umumiy psixologiya. - T., 2002. - 25-b. 



nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma‘noni bildiradi. Lekin 
«psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma‘noga, ko‘lamga 
ega bo‘lib, inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmas 
tomonlarini o‘zida aks ettiradi. 
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning 
faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil 
qiladi (Obyekt - kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma‘naviy 
borliq. Predmet - moddiy va ma‘naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va 
o‘rganiladigan masalalar). 
Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik 
psixologiya, 
zoopsixologiya, 
yosh 
davrlari 
psixologiyasi, 
muhandislik 
psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, 
savdo psixologiyasi, kasbiy faol psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Bunda: 
-
umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning 
o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus soha hisoblanadi; 
-
pedagogik psixologiya kishiga ta‘lim va tarbiya berishning psixologik 
qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi; 
-
yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug‘ilganidan to 
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro 
munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi 
tamoyillarini o‘rganadi; 
-
ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikda faoliyatlari 
natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e‘tiqodlar, hissiy kechinma 
va xulq-atvorlarni o‘rganadi; 
-
muhandislik 
psixologiyasi 
avtomatlashtirilgan 
boshqaruv 
tizimlari 
operatorlarining faoliyatini, 
odam-texnika
o‘rtasida funksiyalarni taqsimlash va 
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi; 
-
harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon 
bo‘ladigan 
xulq-atvorini, 
zobitlar 
bilan 
oddiy 
askarlar 
o‘rtasidagi 


10 
munosabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganadi; 
-
savdo psixologiyasi - jamiyatda tijoratning psixologik shart- sharoitlari, 
ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat 
ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi; 
-
tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-
atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi; 
-
kasbiy faoliyat psixologiyasi turli soha egalari psixologiyasini, kasb egalari 
xulq-atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi. 
Shuningdek, psixologiyada etnospixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, 
boshqaruv 
psixologiyasi, 
shaxs 
psixologiyasi, 
sport 
psixologiyasi, 
psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi ko‘plab sohalar mavjudki, 
ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning 
fan sifatidagi o‘rni va maqsadidan kelib chiqadi
2

Xo‘sh, kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining bahs mavzui nima? 
Kasbiy faoliyat psixologiyasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, psixologiya fani 
tarkibiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda 
kasbiy psixologiya
o‘ziga xos 
predmet
bo‘lib, psixologiyaning nozik tomonlarini qamrab oladi. Ya‘ni bu fan 
psixologiya sohalarining kesishuvida yuzaga keladi. Psixologiya muayyan shaxs, 
uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos tomonlarini 
o‘rganadi. Bundan ko‘rinadiki, har ikkala fanning obyekti va subyekti shaxs, inson 
hisoblanadi. 
Yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya faoliyat psixologiyasi 
psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya‘ni kasb faoliyatidagi 
psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan fan 
hisoblanadi. 
Kasbiy 
faoliyat 
psixologiyasi 
ilmiy-amaliy 
fan bo‘lib, umumiy 
psixologiyaning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu fanning samaradorligini oshirish 
uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. 
2
Qarang: 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin