Kasbiy faoliyat psixologiyasi



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

Karimova V.
Psixologiya: O‗quv qo`llanma. T. 2002. 


11 
Kasbiy 
faoliyat psixologiyasi
fani
kasb doirasidagi munosabatlar, 
odamlarning psixik faoliyatini boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini 
o‘rganuvchi fandir. Bunda kasb egalarining psixologik asoslarini o‘rganish 
maqsad
qilib qo‘yilgan. 
Kasbiy
faoliyat psixologiyasi
fanining maqsadi
– kasb egalari 
faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‘zaro 
munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirishdan iboratdir. 
Shu ma‘noda, kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining metodologik asosini 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, faylasuf-allomalarning kasb 
psixologiyasi faniga oid g‘oya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari, 
OvaO`MTVning buyruq va ko‘rsatmalari tashkil etadi. 
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining predmetini quyidagilar tashkil etadi: 
-
kasb egalari psixikasini har tomonlama o‘rganishdan hosil bo‘lgan 
bilimlar; 
-
kasb egalarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil 
bo‘lgan xulosalar; 
-
kasb egasi shaxsining to`zilishi, uning faoliyati va faolligini o‘rganish 
orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar. 
Barcha fanlar singari kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining ham o‘z obyekti 
mavjud, ular quyidagilardan iborat: 
-
kasb egalarining psixologiyasi; 
-
fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari; 
-
shaxsning to`zilishi; 
-
shaxsning faoliyati; 
-
shaxsning faolligi va uning shakllari. 
Shunday qilib, kasbiy faoliyat psixologiyasi kasb egalari xodimlari 
faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish 
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. 


12 
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fani ham ma‘lum bir psixologik qonuniyatlarni 
o‘rganadi va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. 
Psixologik qonuniyat
u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va 
rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog‘liqligidan iboratdir. Bunday 
psixologik qonuniyatlardan biri ma‘lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning 
takror namoyon bo‘lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish - muayyan psixik 
hodisani tushunish, oldindan ko‘ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. 
Shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimlariga fuqarolarning ruhiy faoliyatlari 
umumiy xususiyatlarini chamalab ko‘rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini 
belgilashga, ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil 
qilishda xatoga yo‘l qo‘ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning 
individual xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa 
narsalarni hamisha o‘rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik 
qonuniyatlar umumiy va jo`z‘iy bo‘lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar hamma 
shaxslarga yoki ko‘pchilikka aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan, hamma 
shaxslarda sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qo‘zg‘atuvchining kuchiga nisbatan 
(o‘rtacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida o‘sib boradi. 
Juz‘iy qonuniyatlar ba‘zi yoshdagi kasb egalari va ba‘zi toifadagi shaxslarga 
xos qonuniyatlardir. Masalan, o‘smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik bilan 
rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o‘smirlarga xos bo‘lgan jo`z‘iy 
qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o‘ylab tashkil qilingan hamda rejali 
ravishda olib boriladigan tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik 
murakkab bo‘lishidan qat‘iy nazar, ko‘pgina psixologik tekshirishlar mutaxassis 
uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin. 
Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba‘zi asosiy bosqichlarga ham bo‘lish 
mumkin. 
1.

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin