25
orasidagi aloqa ko‘p yillar mobaynida ko‘p jihatdan psixologiyaning pedagogikaga
"moslashuviga",
pedagogika esa, psixologiya sohasida erishilgan "tayyor
ma‘lumotlarni" yuzaki hisobga olish tarzida bo‘ldi.
Har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash vazifasi va psixologiya
sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar ta‘lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishda
psixologiyaning imkoniyatlaridan keng foydalanish imkonini beradi.
Psixologiya oldida turgan vazifalardan biri,
pedagogik amaliyotda
qo‘llanilayotgan qoidalarni (ta‘lim va tarbiya mazmuni, metodlari, usullari va h.k.)
psixologik jihatdan asoslab berishdan iborat emas. Psixologiya pedagogik
amaliyotdan oldinda borishi, pedagogika uchun yangi yo‘llar ko‘rsatishi lozim.
Psixologiyaning yordamisiz pedagogika o‘z oldiga qo‘ygan ko‘plab
vazifalarni
muvaffaqiyatli hal qila olmaydi. Chunki texnik taraqqiyot, o‘zlashtirilishi lozim
bo‘lgan informatsiyalar hajmi va o‘zlashtirish sur‘atining keskin oshishi, mustaqil
va ijodiy fikrlashga talabning oshishi amalda
psixologik bilimlardan keng
foydalanishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: