Kasbiy faoliyat psixologiyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
 
1)
Hozirgi vaqtda psixologiya o‘zining alohida predmetiga, o‘zining maxsus 
vazifalariga va o‘zining maxsus tekshirish metodlariga ega. Bu haqida Sizning 
fikringiz qanday? 
2)
Psixologiya qaysi fanlar bilan chambarchas bog`liq? 
3)
Nima uchun psixologiya va pedagogika o‘rtasidagi aloqalarni alohida 
ko‘rsatib o‘tish lozim? 
4)
Psixologiyaning 300dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi 
hozirgi 
kunda 
psixologiyaning 
fanlar 
tizimida 
yanada 
mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Bu haqida Sizning fikringiz 
qanday? O`z fikringizni bayon eting. 
5)
Hozirgi kunda kishining xotirasiga, tafakkuriga, idrokiga, temperament 
xususiyatlariga, reaktsiya tezligini hisobga olishga e‘tibor kuchaymoqda. Bu 


26 
haqida Sizning fikringiz qanday? O`z fikringizni bayon eting. 
6)
Psixologiya oldida turgan asosiy vazifalarga nimalar kiradi? 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Karimova V
.M.
Psixologiya: O‗quv qo`llanma. T. 2002. 
2.
Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O‗quv qo‗llanma - TDIU, 
2014. 
3.
G`ozuev E.
 
Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob. 
4.
Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- ―Voris nashriyot‖, Toshkent, 2012 y. 
270 b 
5.
www.expert.psychology.ru 
6.
www.psycho.all.ru 
7.
www.psychology.net.ru
 
1.3.
 
Kuzatish metodlari.
Test metodlari.
 
 
Tayanch so`z va iboralar:
Ilmiy o’rganish metodlari
psixologik tadqiqot, individual-psixologik xususiyatlar, ruhiy xususiyatlar, 
eksperimentning sifati, kuzatish metodi, odamlarning diqqati, tashqi kuzatish, 
o’zini o’zi kuzatish (introspeksiya),
 
test metodi,
proektiv testlar.
 
 
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining o‘ziga xos ilmiy o‘rganish metodlari 
mavjud. Kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining ilmiy o‘rganish metodlari («metod» 
grekcha so‘z bo‘lib, «biror narsaga borish yo‘li» degan ma‘noni anglatadi) soha 
egasining psixik jarayonlari, holatlari va individual xususiyatlari to‘g‘risidagi 
bilimlarni egallashda qo‘llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat 
qilish usullari va ularning yig‘indisidir. 
Psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan asosiy metodlar quyidagilardan iborat: 
-
soha ishi materiallarini psixologik tahlil qilish metodi; 
-
anamnestik (biografik) metod; 
- kuzatish va tabiiy eksperiment metodlari; 


27 
- soha egasining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganishning 
instrumental (test, anketa va boshq.) metodlari. 
Ushbu metodlarning qo‘llanishi ziddiyatli vaziyatlarda subyektning xatti-
harakati, emotsional holatlari, tafakkuri va shu kabilarni qayd etishning zamonaviy 
yo‘llarini bilishni, shuningdek, individual xatti-harakat fenomenologiyasini tahlil 
qilish ko‘nikmalarini talab etadi. 
Individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganishning instrumental me- 
todlariga, avvalo, eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har hil 
testlar o‘tkazish, anketalar, so‘rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni 
psixodiagnostikaga oid asosiy qo‘llanmalarda berilgan. 
Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining 
doimiyligi, yoki o‘zgaruvchanligi darajasi, to`zilishini aniqlash uchun nihoyatda 
katta ahamiyatga ega. Biroq, olinadigan ba`zi materiallarda ayrim xatolar ham 
bo‘lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini psixologik o‘rganishning o‘ziga 
xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment tadqiqotining barcha bosqichlarida 
maxsus o‘rganish va hisobga olishni talab qiladi. 
Har bir muayyan eksperimentning sifati ko‘p jihatdan tadqiqot 
metodlarining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Eksperimental, testga oid, 
anketalashtirish va boshqa metodlarni birgalikda qo‘llash, olingan ma‘lumotlarni 
o‘zaro solishtirish, ekspertiza predmetining har tomonlama tavsiflanishini 
ta‘minlaydi. Shu munosabat bilan asossiz tanqidga uchramaslik uchun, psixolog-
ekspertlar ushbu eksperiment aktlarida nafaqat ularning diagnostik (tashxis 
qo‘yish) imkoniyatlarini ko‘rsatishlari, balki turli psixik (ruhiy) hodisalarning 
yaxlit manzarasini tiklashga imkon beruvchi tizimli tavsiflar sohasida ham nazariy 
va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari zarur. 
Endi tajribada eng ko‘p qo‘llanadigan empirik metodlar haqida kengroq 
ma‘lumot beramiz. 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin