30
Test bu qisqa topshiriq bo‗lib, bajarilgan topshiriqqa sonlar va sifat jihatidan
berilgan baho ularning strukturasidagi asosiy psixik faoliyatlarning kamolot
darajasidan ko‗rsatkichi bo‗ladi. Testlar muayyan qobiliyat bilim, ko‗nikma,
malakalar bor yoki yo‗qligini aniqlash, shaxslar ba‘zi sifatlarini tavsiflash hamda
u yoki bu kasbga layoqatni bilish imkonini beradi.
Test psixodiagnostik va
ayniqsa psixoprognostik qiymati ma‘lum darajada ilmiy tajribaga hamda test
asosida qo‗yilgan psixologik faktlar ishonchliligiga bog‗liq. Yetarli darajada ilmiy
asoslanmagan, to‗g‗ri nazariyaga tayanmagan, ba‘zan
bu nazariyani
"moslashtirishga" urinish (soddalashtirish) g‗oyat jiddiy xatolarga olib kelishi
mumkin. Testlarga ancha asosli "qo‗llanilishi" va doimo asoslanmagan "testlashni"
farqlash kerak. Keyingisida doimo testlar yordamida olinadigan natijalardan
psixologik tahlil asossiz ravishda to‗g‗ri
yechimlar soni matematik
manipulyatsiyasi bilan almashtiriladi. Boshqa metodlar bilan olingan psixolgik
materiallar ishlashdan matematik metodi o‗zidan prinsipial yondashuviga ega bo‗la
turib, ko‗pincha, modellashtirish metodi bilan uyg‗unlashib ketadi va psixik
hodisalarning miqdoriy ifodasi bilan matematik model yaratish imkonini beradi.
Bu metodda u yoki bu psixologik hodisani o‗rganish
natijalari tekshirilayotgan
mehnat jarayonlari hamda shaxs xususiyatlari tahlilini osonlashtiradigan
diagramma, grafiklar, sxemalar tarzida ko‗rsatmali ifodalanadi.
Mehnat
psixologiyasiga oid konkret tadqiqotlar metodlaridan o‗zlashtirilishi tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: