16
beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi.
Psixoanaliz jinoiy xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy
sabablarini tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
Mamlakatimizda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish
jarayonining borishi ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga bir qator yangi
vazifalarni yuklaydi.
Kasbiy faoliyat psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning ichki his-
tuyg‘ularini o‘rganish, ish faoliyatida kelib chiqadigan
subyektiv va obyektiv
sabablarini o‘rganishdir.
Shu bilan birga, bu fanni o‘rganish jarayonida quyidagi omillarga alohida
e‘tibor muhimdir:
-
betartibsizlikning oldini olish;
-
betartibsizlikni batamom tugatish;
-
soha egalari o‘rtasida muloqot madaniyatini shakllantirish;
-
fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish;
-
inson omilini birinchi o‘ringa olib chiqish.
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fanini o‘qitishda quyidagilarga e‘tiborni
qaratish zarur:
-
bo‘lg‘usi kimyoviy tehnologiya soha egalarini kasbiy psixologik bilimlar
bilan qurollantirish;
-
kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohirona
foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga
tatbiq etish;
-
mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama
shakllantirish;
-
kimyoviy tehnologiya soha yo‘nalishida ta‘lim olayotgan mutaxassislarning
kasbiy qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish;
-
kasbiy sezgirlik, xotira, tafakkur, fuqarolar bilan muloqotda bo‘lish va
psixologik aloqa o‘rnatish mahoratiga ega bo‘lish.
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fani ana shu
vazifalarning maqsadi va
17
ko‘lamidan kelib chiqqan holda quyidagi bir qator vazifalarni bajaradi:
1)
kimyoviy va psixologik bilimlarni chuqur o‘rganish hamda ularni ilmiy
jihatdan sintezlash;
2)
kimyoviy tehnolologiya tushuncha va kategoriyalarining kimyoviy-
psixologik mohiyatini ochib berish;
3)
kimyo sohasi xodimlariga oid asosiy obyekt - inson xulq- atvorining ruhiy
jihatlarini tushuntirish;
4)
kimyo sohasi munosabatlarga kirishayotgan subyektlar o‘rtasidagi psixik
jarayonlarni o‘rganish va ularning ruhiy holatlarini ko‘rsatish;
5)
jamiyatning ijtimoiy holatini tartibga solishni yanada takomillashtirish
uchun tavsiyanomalar
ishlab chiqish;
6)
kimyo sohasi xodimlari uchun psixologik xizmat ko‘rsatish taktikasi va
metodikasini ishlab chiqish.
Shu ma‘noda, kimyo sohasi xodimlari uchun psixologik bilimlar ijtimoiy
kategoriyalar (motiv, maqsad, shaxs va boshq) ni va alohida ijtimoiy vazifalar,
ya‘ni psixologik ekspertizasini tayinlash, tarkibini klassifikatsiya
qilish muhim
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: