2.1.
Kasbiy layoqatni aniqlovchi testlarning ishonchliligi. Shaxs
psixodiagnostikasi.
Tayanch so`z va iboralar:
Kasbiy psixodiagnostika, individuallikning
moxiyati, kasbiy faoliyatni taxlil qilish, kasbiy faoliyat yuzasidan ma’lumotlar,
kasbiy faoliyat muvaffaqiyati, kasbiy layoqat, kritik incident, muayyan qoidalarga
rioya qilish, test - retest ishonchliligi, parallel shakllar, konseptual validlik,
mehnat metodi.
39
Psixologiya fanida kasbiy layoqatni aniqlash sohasida muayyan ilmiy
izlanishlar olib borilgan, o‗ziga xos yondashishlar amalga oshirilgan. B.V.
Kulaginning fikricha kasbiy psixodiagnostika deganda odamning individual
xususiyatlarini tadqiq etish va baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga
yo‗naltirish, nomzodlarni (da‘vogarlarni) ixtisoslikka oqilona taqsimlash, kasbiy
tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy
masalalari tizimini yechish tushuniladi.
Individuallikning moxiyatini tushunishga umumiy yondashish kasbga
saralash muammosini xal qilishda bevosita ahamiyatga ega. Ma‘lumki, kasbga
layoqatlilikni tashxis (prognoz) qilish insonning kasbiy xislatlarini xisobga olishga
asoslanadi. Mazkur jarayonda qiyosiy taxlil orqali shaxsning xususiyatlari
ko‗rsatkichlari bilan kasbiy faoliyat muvaffaqiyatining mustaqil mezoni darajalari
aniqlanadi. Xozirgi zamon psixologiyasining ma‘lumotlariga qaraganda, tashxis
(prognoz) qilish modeli muayyan matematik algoritmga asoslanadi. Guruh uchun
o`rtamiyona shaxs imkoniyati tanlanganligi faqat statistik samaraga ega, xolos.
Bunday model tashxis (prognoz) qilishda cheklanganlikka ega bo`lib, tashxisning
mutlaq aniqlik darajasidan quyiroqdir.
Kasbiy faoliyatni taxlil qilmasdan turib, professional psixodiagnostika
(kasbiy psixologik) muammolarini hal qilish mumkin emas, ya‘ni professiografiya
moxiyatiga va uning tuzilishiga e‘tibor qilish zarur. Faqat shundagina faoliyatli
yondashuv amalga oshirilib, uning xarakatlari va operatsiyalari testlar yordamida
baholanishi mumkin. Chunki xarakatlar va operatsiyalar mazkur faoliyatning
tarkibini tashkil qiladi, ularning qiyosiy tavsifi egallash jarayonini osonlashtiradi,
unga layoqatli odamlarni tanlashga negiz yaratadi. Faoliyat samaradorligini tashxis
qilish va baholash uchun testlarni saralash, asoslash, uning muvaffaqiyati o`lchovi
mezonini aniqlashga imkon beradi. Professiografiya, (professiogramma)
natijalarini umumlashtirish natijasida kasblarni tasniflash (klassifikatsiyalash)
imkoni vujudga keladi.
Kasbiy faoliyatning taxlili maqsadga yo‗naltirilgan va tashkiliy jarayon
xisoblanib, u uch bosqichdan tashkil topgan bo‗ladi: a) kasbiy faoliyat yuzasidan
40
ma‘lumotlar to`plash; b) olingan ma‘lumot va axborotlarni qayta ishlab chiqish
hamda umumlashtirish, ularning negizida professiogramma tuzish; c) amaliy va
nazariy masalalarni yechish uchun professiogrammadan foydalanish (kasbiy
faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlovchi mezonlar tanlash, uni baholash (tashxis
qilish) uchun testlar saralash, kasblarni tasniflash va boshqalar.
Kasbiy faoliyat yuzasidan ma‘lumotlar (axborotlar) turli manbalardan
olinishi mumkin:
1. Muayyan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini kuzatish katta ahamiyat
kasb etadi.
2. Kasbiy faoliyat to‗g‗risida ma‘lumotlar to`plashning asosiy metodlaridan
biri bo`lib suxbat - intervyu xisoblanadi. Mutaxassislar bilan standart yoki
nostandart tarzda intervyu uyushtirish samarali natija beradi.
3. Ba‘zan kasbiy faoliyatning u yoki bu qirralari (jabxalari) ni qayd qiluvchi
kundaliklar yoki varaqlardan ham foydalaniladi.
4. Kasb - hunar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar (axborotlar) umumlashtiriladi va
xar hil shakllarda mutaxassislar xukmiga xavola qilinadi.
Kasbiy faoliyat shaxsning munosabat va motivlaridan iborat bo`lib,
xarakatlar va operatsiyalarni nazorat qilish hamda boshqarishni qamrab oladi.
Faoliyatning dinamik xususiyatlarini o‗rganish uchun unga ko‗p yoqlama
yondashishni amalga oshirish zarur. Faqat motivatsion va regulyativ jabxalarini
xisobga olish bilan kasbiy faoliyat moxiyatini tavsiflab bo`lmaydi, modomiki
shunday ekan, uning shaxsga oid, emotsional, kognitiv va operatsional, irodaviy
jixatlar bilan bog`liq tomonlarini ham tadqiqot predmetiga kiritish lozim.
Kasbiy faoliyatning taxlili uning muvaffaqiyatini baholashga xizmat
qiluvchi mezonlarni aniqlashga imkon beradi. Bu narsa testlarning barqarorligi va
validligini tekshirish uchun mutlaqo zarur.
Kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlovchi mezonlar sifatida shaxsning
maqsadga erishuvini tavsiflovchi xar hil ko‗rsatkichlardan foydalanish mumkin.
Mezonlar tariqasida kasbiy bilimlarga va malakalarga nisbatan o‗quvchanlik,
mutaxassis faoliyatining bevosita va bilvosita ko‗rsatkichlari uning hamkorlik
41
faoliyatiga qo`shgan xissasi qo‗llanilinadi. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyati
mezonlari qatoriga quyidagilar kiritiladi:
1) samaradorlikning to‗g‗ridan to‗g‗ri ko‗rsatkichlari: sifat, ishlab chiqarish
salmog`i;
2) kasbiy tayyorgarlikni aniqlovchi testlar;
3) kasbiy layoqatni ifodalovchi ma‘muriy tadbir va choralar: intizomga
taalluqli choralar mukofotlash, xizmat lavozimida ko`tarilish, safarga yuborish,
namuna tariqasida stenda joylashtirish;
4) kadrlar ko`nimsizligi;
5) noxush xolatlar (kechinmalar) va shikastlar (xaloqatlar);
6) faoliyat samaradorligini eksperimental tekshirish va o`zini o`zi baholash
kabilar.
Yuqorida bayon qilingan mezonlar ma‘lum talablarga javob berishi shart.
Mezonlarning relevantlikligi (adekvatliligi, validliligi) deganda samaradorlik
ko‗rsatkichi sifatida muxim ahamiyat kasb etishi tushuniladi.
Tanlab olingan mezonlar kasbiy faoliyatning barcha nufuzli tomonidan aks
ettirish lozimligi, ya‘ni mezonlar to`laqonligidir. Ular mutaxassislarning kasbiy
layoqatining yuksakligi va qo`yiligi darajalarini farqlashga xizmat qilishi joiz
(mezonlar diskriminativligi). Mezonlar xislatini ochishga yordam beruvchi uning
omilkorligi, ya‘ni amaliy jixatdan qulayligi muxim o`rin egallaydi va u o`zining
soddaligi, kam mehnat talab qilishligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kasbiy layoqatni (yaroqlilikni) aniqlashda odatda nazorat, sinash natijalari
qo‗llaniladi (masalan, duradgorning ish sifati, tezkorligi, vaziyatni payqashligi va
boshqalar). Ko‗pincha mutaxassisning layoqati ma‘muriy xujjatlarda o`z ifodasini
topadi (muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qayd qilinadi). Ba‘zan kasbiy
layoqatni o‗rganishda baxtsiz xodisalar (xaydovchi, uchuvchi, mashinist, operator
va boshqa kasb egalarida) xisobga olinadi va shaxsning individual xususiyatlari
baholanadi.
42
Kasbiy layoqatni aniqlashda o‗quvchanlik kategoriyasidan (bilim olishga
nisbatan zexnlilik) foydalaniladi va o`zlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi,
erishgan natijasi mezon rolini o‗ynaydi.
Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat, maxoratning qirralari ekspert
baholash metodi yordami bilan o‗lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft (kuch)
taqqoslash, tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo‗llaniladi.
Shkalaning sodda ko‗rinishi ball bilan baholashga mo`ljallangan. Shkalani
baholash o‗ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani qamrab oladi. Miqdorning kamligi
uning differensiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar aniqligini ta‘minlaydi.
Ba‘zi xollarda balli baholash grafik shkala tarzida ham uchraydi (kesma,
shakl, parametrik ko‗rinish va xokazo). Lekin balli shkala kasbiy muvaffaqiyatni
baholashda ayrim nuqsonlarga ham ega. Ayniqsa, chet el psixologiyasida
qo‗llanilib kelinayotgan "galo - effekt" metodikasiga bunga yaqqol musoldir.
Baholanuvchi bilan baholovchi munosabati bir nechta mustaqil shkalalar negizida
umumiylikka
bog`liq
tarzda
baholanadi.
Natijada
shaxsning
hilma-hil
xususiyatlarini differensiyalash imkoni yo`qoladi, yuzaki baholanish jarayoni
yuzaga keladi. Buning oqibatida orttirilgan va pasaytirilgan baholash tiplari,
ko‗rinishlari namoyon bo‗ladi.
Ammo balli shkala baholash tizimini takomillashtirish uchun uning bir
necha bosqichlardan, tarkiblardan tuzish ma‘qul. Faqat shundagina yaqqol
misollar, namunalar negizida kasbiy faoliyatning turlicha samaradorligi namoyon
bo‗ladi.
Jaxon psixologiyasida keng qo‗llanilib kelayotgan metodlardan biri - bu
kritik insidentdir. Muayyan o`lchamlarga asoslangan xolda ajratilgan insidentlar
tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi), ya‘ni taxlil qilish orqali insident xususiyati
aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda (u "pretranslyatsiya" deb ataladi) birinchi
bosqichdagi mezonlarga asoslanib yangitdan tasnif qilinadi.
Kasbiy layoqatni o‗rganishning yana bir metodi tartibga keltirish (ranjirovka
qilish) deyiladi. Xar hil vaziyatlarda kuzatilgan shaxslar kasbiy layoqati darajasiga
qarab muayyan tartibga solish, jixozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish
43
uchun kasb sub‘ekti kasbiy maxoratning maksimal ko‗rsatkichini namoyish qilishi
lozim. Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga o`tkaziladi.
Mazkur jarayonni osonlashtirish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
1) guruhning alifboviy ro`yxatini tuzish;
2) maksimal muvaffaqiyatga erishgan sub‘ektlarni aloxidalash;
3) minimal muvaffaqiyatga erishgan sub‘ektlarni guruhlash va boshqalar.
Tartibga solish (ranjirovka qilish) juft (kush) qiyoslash (taqqoslash) metodi
yordami bilan amalga oshiriladi. Buning negizida ikki sub‘ektning xislatlari,
imkoniyatlari o`zaro solishtirilib, umumiy va farqli tomonlari aniqlanadi.
Bundan oldingi saxifalarda metodlarning nuqsoni yuzasidan muloxaza
yuritilgan edi. Ulardan foydalanishda kamchiliklar miqdorini kamaytirish uchun
muayyan qoidalarga rioya qilish lozim:
1) baholanishga mo`ljallangan shaxsning xususiyatlari yetarli darajada aniq
va bir hil ma‘noli qilib aniqlanishi shart;
2) agarda bir guruh sinaluvchilarni bir necha xususiyatlar, fazilatlar bo`yicha
baholash zaruriyati vujudga kelsa, u taqdirda yaxlit guruhning xar qaysi xislat
bo`yicha baholash tavsiya qilinadi;
3) gala - samara moxiyatini ekspert tomonidan tushuntirish va uning bartaraf
qilish zaruriyatini ta‘kidlash tavsiya qilinadi;
4) bir nechta mustaqil ekspertlar baholashini umumlashtirishda o`lchovning
aniqlik darajasi (ishonchliligi) ortadi;
5) maxsus tayyorlangan va o`qigan ekspertlar ishonchliroq baholashga
qodirdirlar;
6) turli vaziyatlar va xolatlarni uzoq muddat kuzatishda baholanishning
aniqligi yuqori bo‗ladi.
O`lchashda xatoga qabul qilingan omillarning farqlanishiga qarab testlar
ishonchliligini baholashga nisbatan uch hil yondashuv xukm suradi:
I. Test - retest ishonchliligi. Test bo`yicha ayni bir hil odamlarni takroriy
o‗rganishning natijalari korrelyatsiyasi ishonchlilik koeffitsientiga teng.
O`lchashdagi nuqsonlar sinaluvchilar xolatlarining tafovuti, takroriy sinovning
44
sharoitlari va tashkiliy daqiqalari, javoblarni esda olib qolish, matn bilan ishlash
ko‗nikmalarini egallash jarayonlari bilan tavsiflanadi.
II. Testning parallel shakllarining ishonchliligi. Testning parallel
shakllarining korelyatsiyasi ishonchlilik koeffitsientiga teng. O`lchashdagi
nuqsonlar yuqorida ta‘kidlab o`tilganlardan tashqari, testning parallel shakllarini
ijro etish bilan aloqador operatsiyalar va xarakatlar xususiyatlaridagi farqlar bilan
tavsiflanadi.
III. Ishonchilik testlarining gomogenliligi sifatida qo‗llanilishi mumkin.
Mazkur xolatda metodikaning qismlari o`rtasidagi interkorrelyatsiyasini xisoblash
vositasi bilan ishonchlilik baholanadi, ularning xar qaysisi aloxida test sifatida
qaraladi. Olingan korrelyatsion ma‘lumotlar yaxlit testning ishonchlilik darajasini
xisoblashda aniq formulaga asoslanib foydalaniladi.
Ishonchlilikdan farqli ularoq, validlik testlarini baholash bilan ularning u
yoki bu faoliyatdagi xususiyatlari va roli to‗g‗risidagi tasavvurlar o`rtasidagi
muvofiqlik o`lchovidir. Validlik kriteriaviy, konseptualli va ma‘noviy turlarga
ajratiladi hamda ular xos talqini bilan o`zaro tafovutga egadir.
Kriteriaviy validlik testning korrelyatsiya ko‗rsatkichi, aloqalar ko‗lami,
uning tashqi mezonlari bilan o`lchanadi. Tashqi mezon testga bog`liq bo`lmagan
ma‘lum faoliyatning o`lchami xisoblanadi. Kriteriaviy validlik test baholari bilan
qay yo`sinda faoliyatli xususiyati aloqaga kirishganligini ko‗rsatadi. Kriteriyaviy
validlik ko‗pincha korrelyatsiya koeffitsienti bilan baholanadi, vaxolanki boshqa
metodlardan foydalansa bo‗ladi.
Konseptualli validlik test ko‗rsatkichi bilan o`lchanayotgan xususiyat
moxiyati to‗g‗risidagi nazariy tasavvurlar muvofiqligi o`lchovi bo`lib xisoblanadi.
Konseptualli validlik biron bir statistik ko‗rsatkich bilan o`lchanishi mumkin emas
chunki u test to‗g‗risidagi nazariy va emperik ma‘lumotlar umumlashmasini taxlil
qilish yo‗li o`rnatiladi. Konseptualli validlik metodikasi test bo`yicha tekshirish
natijalari bilan nazari Dostları ilə paylaş: |