Kasbiy faoliyat psixologiyasi


Shaxs shakllanishiga ta‘sir etuvchi omillar, psixologik shart-



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

7.2. Shaxs shakllanishiga ta‘sir etuvchi omillar, psixologik shart-
sharoitlar. Tarbiyasi ―qiyin‖ bolalar psixologiyasi.
 
 
 
Tayanch so`z va iboralar:
 
Shaxs dunyoqarashi, milliy va ma’naviy 
qadriyatlar, oila davlat himoyasida, mustaqillik ruhlari, ijtimoiy ustanovkalar, 
pedagogik va psixologik sabablar, shaxsning biologik o‘sishi, tarbiyasi qiyinlarni 
o‘rganish, alohida-alohida suhbat o‘tkazish, o‘smirlarning tipologik xususiyatlari.
 
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko`p qo`llaniladigan tushunchalar 
sirasiga kiradi. Kasbiy faoliyat psixologiyasida o`rganadigan barcha fenomenlar 
aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan 
qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan 
jamiyat bilan bo`lgan aloqasi masalasini chetlab o`tolmagan. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, 
«Homo sapiens» — «aqlli zot»
tushunchasini o`zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo`lganiga taxminan 40 ming 
yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e‘tirof etishlaricha, 16 ming avlod 
almashgan emish. Darvin ta‘biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer 
yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti 
ko`proq biologik omillardan ko`ra, ijtimoiy omillar ta‘sirida ro`y bermoqda. 
Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o`rganish masalasi uning 
bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o`rganishni taqozo 
etadi. 
Sotsial yoki ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida 
faoliyat ko`rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam 
bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan 
ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo`ladi. Psixologiya 
ilmining namoyondalari bo`lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va 
jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va 
kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Forobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, 
Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o`zaro bog`liqlikning falsafiy va 


148 
ijtimoiy sirlarini ochishga o`zlarining eng durdona asarlarini bag`ishlaganlar. 
Barcha qarashlarga umumiy bo`lgan narsa shu bo`lganki, odamni, uning 
mohiyatini anglash uchun, avvalo, uning shu jamiyatda tutgan o`rni va mavqeini 
bilish zarur. Shaxsni o`rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan 
holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o`rni bilan 
belgilanishi kerak. 
Shaxs

ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarining mahsuli, ongli 
faoliyatning sub’ekti bo`lmish individdir.
Shaxsga taaluqli bo`lgan eng muhim 
tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita 
aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob‘ekt, ham sub‘ekt bo`lishlikdir. 
Shaxsga taalluqli bo`lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy 
ta‘sirlarni o`z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob‘ektni), so`ngra shu ta‘sirlarning 
sub‘ekti sifatida faoliyat ko`rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk 
yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi. 
Bu muhit o`sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, ahloq olamidir. 
Bu muhit — kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an‘analar, udumlar, turli xil 
tillar olami bo`lib, undagi ko`plab qoidalarga ko`pchilik mutloq qo`shiladi, ba‘zilar 
qisman qo`shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo`ysinmaslik 
jamiyat tomonidan qoralanadi, ta‘qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa 
shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib - qoidalarni qabul qiluvchi sub‘ekt 
bo`lsa, 
jamiyat-ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal 
ko`rinishidir.
Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta‘sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, 
iqtisodiy, ma‘naviy, ahloqiy va boshqalar. Bu ta‘sirotlar mohiyatan aslida jamiyat 
a‘zolari bo`lmish shaxslar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning ayrim alohida 
yo`nalishlarini belgilab beradi. 
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta‘sirida bo`ladi va 
ko`plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o`quv maskanlari, mehnat kollektivlari, 
norasmiy tashkilotlar, din, san‘at, madaniyat va boshq.) bilan bog`liq bo`ladi. 
Masalan, shaxsdagi turli g`oyalar, fikrlar va mafkuraviy munosabatlar tizimi 


149 
ta‘sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog`cha, maktab va boshqa o`quv va tarbiya 
muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta‘sir uning e‘tiqodi darajasida 
ko`tarilsa, va unda yangidan-yangi fikrlar va g`oyalarning paydo bo`lishi va 
o`sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini 
tanlaydiki, u o`z qobiliyatlari, malaka va ko`nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli 
sifatida yoki o`qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muxandis bo`lib, elu-
yurtiga xizmat qiladi. 
Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlarining 
shakllanishida katta rol o`ynaydi. Masalan, bosqichma-bosqich bozor 
munosabatlariga o`tayotgan O`zbekiston sharoitini oladigan bo`lsak, yangicha 
iqtisodiy o`zgarishlar, bozor, raqobat, legalizatsiya, liberalizatsiya, ya‘ni 
erkinlashtirish va shunga o`xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar 
va ularga bo`lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri 
va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi. 
Hayotda shaxs bajaradigan ijtimoiy rollar ko`pligi sababli ham, turli 
vaziyatlardagi uning mavqei - statusi ham turlicha bo`lib qoladi. Agar biror rol 
shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida uning o`zi uchun o`ta ahamiyatli bo`lsa 
(masalan, talaba roli), u boshqa rollarni unchalik qadrlamasligi va oqibatda, o`sha 
vaziyatda boshqacharoq, noqulay va noboproq mavqeni egallab qolishi mumkin. 
Qolaversa, rollarning ko`pligi ba‘zan rollar ziddiyatini ham keltirib chiqarishi 
mumkinki, oqibatda-shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishi 
mumkin. Masalan, sirtdan taxsil olayotgan talaba sessiya paytida ishlab turgan 
korxonasiga komissiya kelishi va uning faoliyatini tekshirayotganligini bilib, ruhiy 
azobga tushadi: bir tomondan, talabachilik va uning talablari, ikkinchi tomondan - 
kasbdoshlar oldida uyalib qolmaslik uchun har kuni ishxonaga ham borib kelish. 
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi 
raqobat muhiti shaxsdan bir vaqtning o`zida qator qobiliyatlar va malakalarni talab 
qilmoqdaki, ayniqsa, yoshlar o`zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish uchun 
ba‘zan bir-biriga zid hislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur 
bo`lishmoqda. Masalan, yosh oila boshlig`i, talaba, ota-onalarga moddiy jihatdan 


150 
qaram bo`lmaslik uchun, bir vaqtning o`zida ham itoatkor, intizomli talaba va 
ishdan keyin esa-chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan 
shug`ullanishga majbur bo`lishi mumkin. Bu holat tabiiy, shaxsdan kuchli iroda, 
doimiy intiluvchanlik va o`z ustidan muttasil ishlashni talab qiladi. 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin