Birinchidav,
inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli
«Homo Sapiens»
sifatida o`rganiladi.
Ikkinchidan,
tarixiy jarayonning ham ob‘ekti, ham sub‘ekti tariqasida shaxs
tadqiq etiladi.
Uchinchidan,
individ muayyan ko‗lamda o‗zgaruvchan, taraqqiyotning
genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jihatdan
tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishining yetakchi tarkibi, bilish,
kommunikatsiya va boshqaruv sub‘ekti, tarbiya predmeti sifatida tadqiq etilishi
muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq bilan ko‗p qirrali munosabatga
139
hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo‗lishi mumkin:
-
tabiatning biotik va abiotik omillari - inson;
- jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti - inson;
j
-
inson - texnika;
-
inson - madaniyat;
- inson va jamiyat - yer va fazo.
XXI asrda ham odam individ, shaxs, sub‘ekt, komil inson sifatida talqin
qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha mohiyatida sifat o‗zgarishlari
yuz berishi mumkin.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-
tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davr sifatlari ontogenetik evolyutsiya
bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo‗ladi va takomillashuv jarayonida o‗z
ifodasini topadi jinsiy dimorfizm xususiyati esa, ularga mos tushadi. Individning
individual-tipologik
xususiyatiga
konstitutsion
(tana
tuzilishi,
bioximik
individuallik) holatlar, simmetriya va assimetriya juft retseptorlari, effektorlari
funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va
molekulyar tuzilishining barcha darajalarida ishtirok etadi.
Yosh, jinsiy va individual tipologik xususiyatlar sensor, mnemik, verbal va
mantiq psixofiziologik funksiyalari dinamikasi hamda organik ehtiyojlar tuzilishini
aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, ularning
integratsiyasi temperamentida va tug`ma mayllarda ifodalanilishini ta‘kidlab o‗tish
joiz. Yuqoridagi sifatlar rivojining muhim shakli ontogenetik evolyutsiyadan iborat
bo‗lib, ular filogenetik dasturga asoslanib hukm suradi. Yosh va individual
o`zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta‘siri ostida har xil
ko`rinishda namoyon bo`ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning
ijtimoiy sifatlari ta‘sir etib, uning individual o`zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi.
Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik
xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy,
mafkuraviy, ya‘ni uning jamiyatda egallagan o‗rni) orqali ifodalanadi. Status
negizida doimiy o‗zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi
140
muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo‗nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status,
rol, qadriyatga yo`nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va
uning tuzilishida asos bo‗lib xizmat qiladi. Shaxsning ta‘rifi xulq motivatsiyasi
xususiyati va ijtimoiy fe‘latvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi
alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining
o‗zaro ta‘sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari
yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl - uning
jamiyatdagi hayot yo‗li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi.
Individ, shaxs va sub‘ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga
e‘tibor berish zarur:
- inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari);
- insoning o‗ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari,
mexanizmlari, evolyutsiya bosqichi, barqarorlashuvi va involyutsiya;
- inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning o`zaro aloqalari,
shaxsning tashqi ta‘sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning
takomillashuvi kabilar.
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va
nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yashash muhiti
tarixiy tajribani egallash interiorizatsiya va eksteriorizatsiya amalga oshadi.
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati protsessida hayotiy
deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional tizimi protsesslari
yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko‗nikma va malakalarni,
kishining sotsial tajribalarini o‗zlashtiribgina qolmay, balki o‗zining idroki,
tafakkuri, xayoli, hissiyotlari va irodasini bir so‗z bilan aytganda, voqelikka
bo`lgan ongli munosabatini hamda o‗z harakatlari va xulq-atvorining motivlarini
tarkib toptiradi.
Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti-harakatlari shaxsning
hayoti faoliyatida ma‘lum rolni bajaruvchi va har biri murakkab qurilmadan iborat
bo‗lgan hamda shartli ravishda to‗rtta o‗zaro mustahkam bog‗langan funksional
141
bosqichlarga birlashtiriladi:
Birinchisi - boshqaruv tizimi;
Ikkinchisi - stimullashtirish tizimi;
Uchinchisi - stabilizatsiyalash tizimi;
To‘rtinchisi
-
indikatsiyalash tizimi.
Shaxsning ana shu sotsial ahamiyatga ega bo‗lgan barcha sifatlari ijtimoiy
taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning hulq-atvori va xatti-
harakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizim
hosil bo‗lishida analizatorlar o`rtasidagi doimiy tabiiy aloqani
aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o‗ynaydi. Biroq, bu ilgari yuqorida
ta‘kidlab, o‗tganimizdek ontogenez protsessida filogenetik analizatorlar o‗rtasidagi
aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qo‗shilib keladilar. Bunda mazkur
tizimning
ichida
perseptiv
tizimiga
o`tib
ketadigan
yuksak
darajada
integratsiyalashgan ma‘lum ichki sensor komplekslarni hosil qiladi. Bunday
komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko`rish hamda sensomotor komplekslarni
kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning hayot-faoliyati
jarayonida o‗zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sensorperseptiv
uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratadi. Insonning sensor-
perseitiv jihatlari rivojlanib, doimo takomillashib boradi.
Ikkinchi tizim
barqaror psixik holatlarni o‗z ichiga oladi. Bu holatlar bolaning
aniq maqsadni ko‗zlovchi va foydali faoliyatining ongli sub‘ekti sifatida bola
boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament,
intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.
Uchinchi
tizim
-
shaxsni
arbob
sifatida
stabilizatsiya
tizimidir.
Yo‗naltirylganlik, qobiliyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini tashkil
etadi.
Yo‘naltirilganlik -
shaxsning
integral
va
generalizatsiya
qilingan
xususiyatidir.
Dostları ilə paylaş: |