V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

Huquqiy layoqat 
— fuqarolarning huquq va burchlarga ega bo‘lish 
layoqati. Fuqaroning huquqiy layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga 
keladi va butun hayoti davomida saqlanadi. 
Muomala layoqati 
— shaxsning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga 
ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga 
keltirish va ularni bajarish layoqati. Bu ruhiy va yosh cheklanishlari bilan bog‘liq. 
Muomala layoqati quyidagicha bo‘ladi: 

to‘la hajmdagi (18 yoshdan boshlab); 

voyaga yetmaganlar (14 yoshdan 18 yoshgacha); 

kichik yoshdagi voyaga yetmaganlar (7 yoshdan 14 yoshgacha). 
Fuqarolik kodeksiga voyaga yetmaganlar emansipatsiyasi tushunchasi ki- 
ritildi. Lotin tilidan tarjima qilinganda «emansipatsiya» so‘zi «tobelikdan ozod- 
likka chiqish, huquqlarda tenglashish» ma’nosini anglatadi. Voyaga yetmagan- 
lar quyidagi hollarda to‘liq yuridik salohiyatga ega deb tan olinadi: 

16 yoshga yetganidan so‘ng; 

yovaga yetmagan shaxs tomonidan mehnat shartnomasi tuzish yoki tadbir- 
korlik faoliyati yuritishga ham otasi, ham onasining roziligi olinganida. 
14 yoshga yetmagan (voyaga yetmagan — kichik yoshdagi bolalar) mayda 
maishiy bitimlarni bajarishga (masalan, do‘kondan non xarid qilish, shuning- 
dek ota-onasi yoki uchinchi shaxslardan olgan pul mablag‘idan foydalanish- 
ga) haqli. Bundan tashqari, kichik yoshdagi bolalar evazsiz (badalsiz) manfaat 
ko‘rishga qaratilgan ba’zi bitimlarni (tug‘ilgan kunda sovg‘a qilish) amalga 
oshirishlari mumkin. Kichik yoshdagi bolalar bajargan bitimlar uchun ularning 
ota-onasi javobgar bo‘ladi. 
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar bitimlarni o‘z ota-
onalarining yozma roziligi bilan tuzishga haqlidirlar. Ular mustaqil ravishda o‘z 
ish haqi, stipendiyasi, bankdagi omonatini tasarruf etish, mualliflik huquqi- dan 
foydalanishlari mumkin. 
Fuqaroning muomalaga layoqatliligi nafaqat uning yoshiga (olti yoshga- 
cha bolalar muomalaga layoqatsizdir), balki ruhiy sog‘ligining holatiga ham 
bog‘liqdir. Fuqaro o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki 
ularni boshqara olmaydigan ruhiy kasallik (aqli zaiflik) fuqaroni muomalaga 
layoqatsiz deb topishga asos bo‘lib, fuqaro, shuningdek, o‘z harakatlarining 



Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin