V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

Fuqarolik huquqi 
deyilganda huquqning me’yorlari mul- 
kiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni 
(sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni) tartibga soladigan 
sohasi tushuniladi. 


55 
FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR ISHTIROKCHILARI 
Fuqarolar, yuridik shaxslar, shuningdek davlat fuqarolik huquqi subyektla- 
ri hisoblanadi. 
Huquqiy munosabatlar subyektlarining yakka tartibdagi va jamoa turlari 
mavjud. 
Yakka tartibdagi subyektlar (jismoniy shaxslar)ga: 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; 

fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; 

ajnabiy fuqarolar kiradi. 
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deyilganida O‘zbekiston Respublikasi fuqarola- 
ri, boshqa davlatlar fuqrolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushunila- 
di. Bunda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va ajnabiy fuqarolar O‘zbekiston Respub- 
likasi fuqarolari singari fuqarolar huquq munosabatlariga kirishishi mumkin. 
Qonunda belgilanadi: 
Fuqarolar: 

mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; 

mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldi- 
rishlari; 

bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; 

tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda 
qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan 
shug‘ullanishlari; 

yollanma mehnatdan foydalanishlari

yuridik shaxslar tashkil etishlari; 

bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; 

yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari

mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari; 

fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun 
bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat nati- 
jalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. 
Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga 
ham ega bo‘lishlari mumkin. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin