54
Huquq tarixidan
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi O‘zbekis-
ton Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi va 1996-yil 29-
avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston
Respub-
likasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan
amalga joriy etilgan. 6 bo‘lim, 71 bob va 1199 moddadan ibo-
rat. Hozirgi paytga qadar ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi manbalariga
quyidagilar kiradi:
—
Konstitutsiya;
—
Fuqarolik kodeksi;
—
amaldagi qonunlar;
—
qonun kuchiga ega hujjatlar (Prezident Farmonlari, Oliy
Majlis qaror-
lari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, mahalliy hokimiyat hujjatlari);
—
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
—
ish muomalasi rasm-rusumlari (qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar);
—
mahalliy odat va an’analar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK KODEKSI
Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarining
huquqiy holatini, mulk huquqi va
boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual
faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ular-
ni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga maj-
buriyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomul-
kiy munosabatlarni tartibga soladi.
Dostları ilə paylaş: