49
Ma’muriy jazo
javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan
shaxsni qonunlarga rioya
etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash,
shuningdek
ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham,
boshqa shaxslar
tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini
olish maqsadida qo‘llaniladi.
7-
§. MA’MURIY JAZO VA UNING TURLARI
MA’MURIY JAZONI ANIQLASHNING HUQUQIY ASOSLARI
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo
choralari qo‘llanilishi mumkin:
1)
jarima;
2)
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita
shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
3)
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita
shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
4)
muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini
boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
5)
ma’muriy qamoqqa olish;
6)
chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston
Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.
Ushbu modda birinchi qismining 2-6-bandlarida sanab o‘tilgan ma’mu-
riy jazo choralari faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari
bilan belgilanishi
mumkin.
Ma’muriy qamoqqa olish 3 sutkadan 15 sutkagacha muddatga, favqulodda
holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o‘ttiz
sutkagacha muddatga qo‘llaniladi va sudya tomonidan tayinlanadi.