Fuqarolarning
qonun oldida
teng huquqliligi
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil
huquqqa va erkinlikka egadirlar hamda qonun oldida
teng huquqlidirlar.
3
Demokratiya
Fuqarolarning jamoat va davlat ishlarini boshqarishda
ishtirok etish imkoniyatlari va huquqlarini bildiradi.
4
Gumanizm
(insonparvarlik)
Insonning eng yuksak qadr-qimmatini tan olish va uning
obro‘-e’tiborini hamda huquqi va erkinligi daxlsizligini
hurmat qilishdir.
5
Adolat
Inson shaxsiga, uning jinsi, irqi, millati va ijtimoiy kelib
chiqishidan qat’i nazar, xolis va beg‘araz munosabatda
bo‘lish.
6
Ayb uchun
javobgarlikning
muqarrarligi
Ma’muriy qonunbuzarlik qilgan bironta shaxs javobgar-
likka tortilmay qolmaydi.
Ma’muriy huquq
– huquq tizimining mustaqil tarmog‘i
sifatida davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish
jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat.
43
Ma’muriy huquq manbalari sirasiga:
—
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
—
Konstitutsiyaviy qonunlar;
—
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari;
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
—
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazir-
liklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining yo‘riqnomalari, nizomlari;
—
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi.
MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTLARI
Ma’muriy huquq ijtimoiy sohaning turli sohalarini tartibga soladigan
davlat hukumat organlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Jamiyatning
hayoti boshqaruvga muhtoj, chunki sanoat ham, qishloq xo‘jaligi ham, mada-
niyat va ma’rifat ham o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi.
Prezident, davlat boshqaruvi organlarining xizmatchilari, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari, 16 yoshga
to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lma-
gan shaxslar, jamoat birlashmalari ma’muriy huquq subyektlari hisoblanadi.
44
Davlat hokimiyatining oliy idorasi — Oliy Majlis qanday qonunlar qa-
bul qilmasin (harbiy majburiyat, ta’lim tizimini isloh qilish, qo‘shma korxo-
nalar, ijara yoki onalik va bolalikni muhofaza qilish va hokazo), ularning har
biri ro‘yobga chiqarilishi kerak. Davlat boshqaruvining mahalliy va markaziy
idoralari buning uchun shart-sharoit yaratadi. Davlat boshqaruvining markaziy
idoralariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston
Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari kiradi.
Ularning har biri iqtisodiyot, madaniyatning alohida tarmoqlarini boshqa-
radi. Masalan, Ichki ishlar vazirligi mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlash bi-
lan bog‘liq masalalarni hal etadi, Xalq ta’limi vazirligi esa ta’lim muassasalari
faoliyatiga rahbarlik qiladi va hokazo.
Mahalliy hokimiyat idoralariga hokim boshchiligidagi hokimliklar kira-
di, ular viloyat, shahar yoki tumanda ijroiya va farmoyish chiqarish hokimiyati
bo‘lib, kundalik tezkor ishlarni bajaradi.
Ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoat tashkilotlari ham ishtirok etadi.
Mahalliy muammolarni hal etishda o‘zini o‘zi boshqaruvchi mahalliy idoralar,
masalan, fuqarolar yig‘inlari va oqsoqollar, kasaba uyushmasi qo‘mitalari va
hokazolar katta ahamiyatga ega. Ular o‘z vazifalarini ko‘ngillilik asosida ba-
jaradilar. Jamoat tashkilotlarining qarorlari faqat ana shu tashkilotga kiruvchi
fuqarolar uchun majburiydir.
|