V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

nib ko‘ring: 


89 
Mualliflik shartnomasi — 
tayyor asar yoki muallif 
belgilangan muddatda yaratishni o‘z zimmasiga olgan asardan 
foydalanish uchun muallif (hammualliflar) va 
nashriyot 
o‘rtasida tuzilgan shartnoma. 
MUALLIFLIK HUQUQINING AMAL QILISH MUDDATI 
Mualliflik huquqining amal qilish muddati muallifning butun hayoti va u 
vafotidan so‘ng 70 yil davomida saqlanadi. Mualliflik ism-sharifiga bo‘lgan 
huquq va muallif obro‘sini himoya qilish huquqi bundan mustasno, bular mud- 
datsiz muhofaza qilinadi. Hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik 
huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va ular orasida eng uzoq umr 
ko‘rgan shaxs vafotidan keyin 70 yil davomida amal qiladi. 
Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy 
mulkka aylanadi. Ijtimoiy mulk hisoblangan asardan har qanday shaxs mual- 
liflik haqini to‘lamagan holda erkin foydalanishi mumkin. 
MUALLIFLIK SHARTNOMASI 
Muallif asarini tugatgach, uni keng ommaga tanishtirishga qaror qiladi va 
uni nashr qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan korxona bilan shartnoma 
tuzadi. 
Mualliflik shartnomasi shartlarida noshirga beriladigan aniq huquqlar, 
shartnomaning amal qilish muddati va to‘lanadigan haq (qalam haqi) miqdori 
ko‘rsatiladi. Bu shartlardan tashqari, muallif va nashriyot zarur deb hisoblagan 
boshqa shartlarni ham shartnomaga kiritishlari mumkin. 
MUALLIFLIK HUQUQLARINING XALQARO MUHOFAZASI 
O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasidagi munosabatlar 
xalqaro huquq me’yorlariga asoslangan holda hamda quyidagi hujjatlardan ke- 
lib chiqib tartibga solinadi: 

Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konven- 
siyasi bitimlari (24.07.1971-yil); 

Mualliflik huquqi to‘g‘risida Butunjahon konvensiyasi bitimlari (1952); 

MDH doirasida tuzilgan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish 
haqidagi bitimlar (10.02.1995-yil). 


90 
Quyidagi elementlar mualliflik huquqlarini himoya qilish belgilari hisobla- 
nadi: 
1)
aylana ichiga olingan lotincha «C» harfi — ©; 
2)
alohida mualliflik huquqlari egasining ismi (nomi); 
3)
asar birinchi marta e’lon qilingan yil. 
Mualliflik huquqlari bo‘yicha agentlik (O‘zRMHA) qonun hujjatlari ijrosi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin