116
Ish haqi —
xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida
muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul
summasidir.
20-
§. MEHNATGA НАQ TO‘LASH VA INTIZOM
MEHNAT HAQI MIQDORINI BELGILASH
Mehnat shartnomasi shartlari va mehnat qonun hujjatlariga binoan har bir
xodimning mehnat haqi uning shaxsiy mehnat hissasi va sifatiga bog‘liq. Bun-
da jinsi, yoshi, irqi, millati va hokazolarga qarab mehnat haqi miqdorlarini har
qanday pasaytirish taqiqlanadi.
Ishlayotgan malakasi yoki uning lavozimi har bir kimsaning aniq hissasini
to‘liq qayd qila olmaydi. Shu sababli mehnat uchun mukofotlarning aniq indi-
vidual miqdorlari ish haqining turli tizimlari yordamida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning
ikki asosiy shakli
qo‘llanadi — vaqtbay va ishbay.
Vaqtbay tizimdan ko‘pincha ish haqi ishlagan vaqtidan kelib chiqib va la-
vozim maoshiga binoan yoziladigan xizmatchilar mehnatini baholashda foyda-
laniladi.
Ishbay tizimda ishchilar mehnatini baholashda har bir tayyorlangan mahsu-
lot birligining sifatiga binoan to‘lanadigan haq tushuniladi.
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga
binoan belgilanadi. Bunda muayyan davr uchun ish vaqti me’yorini ishlab ber-
gan va mehnat vazifalarini to‘liq bajargan xodimning mehnat haqi mehnat qo-
nunlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va eng
ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnatga haq to‘lash muddatlari mehnat shartnomasini imzolashda keli-
shib olinadi, biroq har yarim oyda bir martadan kam bo‘lmasligi shart.
Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo‘shimcha to‘lovlar
va ustamalar
hamda mukofotlar va rag‘batlantirish tarzidagi boshqa to‘lovlar qo‘shilmaydi.
117
№
Mutaxassislik
Haq to‘lash tizimi
Dalillar
vaqtbay
ishbay
1
O‘qituvchi
2
Ofitsiant
3
Quruvchi
4
Qorovul
5
Uchuvchi
6
Tadbirkor
7
Korxona rahbari
8
Oshpaz
9
Ichki ishlar xodimi
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning
mehnatiga ish vaqtining
qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash, xuddi ish vaqti davomiyligi to‘liq
bo‘lganda xodimlarning tegishli toifalari uchun to‘lanadigan miqdorda amalga
oshiriladi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq to‘lashda
har kungi ishning to‘liq davomiyligida tegishli toifadagi xodimlarning
mehnatiga haq to‘lash darajasiga qadar qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Ishbay ishlarga qo‘yilgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlar mehnatiga
katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishbay narxlar bo‘yicha haq
to‘lanib, bunda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti
davomiyligi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlarning
har kungi ish vaqti
davomiyligiga nisbatan qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo‘yicha
qo‘shimcha haq to‘lanadi.
O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘n sakkiz
yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga ishlagan
vaqtidan kelib chiqib yoki
ishlab chiqarish natijasiga qarab haq to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: