120
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar faqat qasddan yetka-
zilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki tok-
sik modda ta’siridan mastlik holatida yoki jinoyat sodir etish nati-
jasida yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladilar.
MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING
MODDIY JAVOBGARLIGI
Xodim quyidagi hollarda ish beruvchiga unga bevosita yetkazgan zararlar-
ni to‘liq miqdorda qoplashga majbur:
—
maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib
topshirilgan qimmat-
baho buyumlar saqlanishini ta’minlamaganligi uchun;
—
bir gallik hujjat asosida olingan qimmatbaho buyumlarning saqlanishi-
ni ta’minlamaganligi uchun;
—
qasddan zarar yetkazilganda;
—
alkogolli ichimliklar yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida za-
rar yetkazganda;
—
xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida za-
rar yetkazilganda;
—
tijorat sirlari oshkor etilganda.
MEHNAT UCHUN RAG‘ВATLANTIRISHLAR
Mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lganligi va ishdagi yuqori ko‘rsatkichlari
uchun xodimga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin:
—
tashakkurnoma e’lon qilish;
—
mukofot berish;
—
qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash;
—
davlat mukofotiga
taqdim etish;
—
mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa rag‘bat turlari.
Mehnat kodeksida nazarda tutilmagan
intizomiy jazolarni
qo‘llanish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,
Dostları ilə paylaş: