121 MEHNATDAGI YUTUQLAR UCHUN DAVLAT MUKOFOTLARI «Shuhrat» medali bilan respublika iqtisodiyoti, fani va mada-
niyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy
istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiya-
lash ishida o‘zining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respubli-
kasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar mukofotlanadilar.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 1994-yil 5-may «Mehnat shuhrati» ordeni bilan O‘zbekistonda iqtisodiyot va
madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va
barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mu-
kafotlanaditar.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1995-yil 30-avgust Vazifalarni bo‘lib oling: xodim, usta, ustaxona boshlig‘i, mehnat nizolari komissiyasi. Bir-biringizni taraflarning har birining qarori qonuniy ekanligiga ishontiring. Ustaning ruxsati bilan ishchi N. tushlik tanaffusdan keyin
ishga chiqmadi. U a’zo bo‘lgan ishlab chiqarish brigadasi o‘z
topshirig‘ini bajarmadi. Korxona buyrug‘iga binoan N. oy
yakunlari bo‘yicha mukofotdan mahrum etildi.
Mazkur holda mehnat qonunchiligi buzilganmi? Bilimingizni sinang! 1.
O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning qaysi asosiy ti-
zimlari mavjud? Ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
2.
Eng kam ish haqi miqdorini belgilashda qanday
cheklashlar mavjud?
3.
Dam olish va bayram kunlaridagi ishga haq qanday to‘lanadi?
4.
Mehnat
qonunlarida
mehnat
uchun
qanday
rag‘batlantirishlar nazarda tutilgan?
5.
Mehnat intizomini buzganda xodimga qanday jazo turlari
qo‘llaniladi?
122 Xodim uchun ish vaqtining normal davomiyligi 5 kunlik yoki 6
kunlik ish haftasida haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.