131
Kotib:
—
majlis bayonnomasini yuritadi;
—
mehnat nizolari komissiyasi majlisiga ishtirokchilar
kelgan-kelmagan-
ligini tekshiradi.
Da’vogar:
—
nizo mohiyatiga doir ko‘rsatmalar beradi;
—
buzilgan mehnat huquqini tiklash bo‘yicha talablar qo‘yadi.
Javobgar (ish beruychining vakili):
—
haqiqat qaror topishiga to‘sqinlik qilmaslikka majbur;
—
nizo mohiyatini va kelib chiqqan nizoni qonuniy hal etishga doir o‘z
nuqtayi nazarini bayon qiladi.
Advokat:
—
jarayon ishtirokchilariga savollar beradi;
—
haqiqatni aniqlash va nizoni adolatli hal
etish uchun qonunda nazarda
tutilgan barcha vositalardan
foydalanadi;
—
ishni ko‘rishgacha va uning davomida da’vogarga
zaruriy yuridik
yordamni ko‘rsatadi;
—
dalillar qalbakilashtirilganda g‘ayriqonuniy
harakatlar uchun jinoiy
javobgarlikka tortiladi.
Ekspert:
—
uning oldiga qo‘yilgan masala bo‘yicha yozma xulosa berishga majbur.
Mehnat jamoasi rahbari:
—
sudga mazkur nizo bo‘yicha jamoa fikrini bayon etadi;
—
ish vaziyatlarini oydinlashtirishga ko‘mak beradi.