V. А. Kostetskiy


Mazkur holda mehnat qonunlari A. ga nisbatan buzil-



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

Mazkur holda mehnat qonunlari A. ga nisbatan buzil- 
ganmi? 
 
MEHNAT SHARTNOMASINING BEKOR QILINISHI 
Mehnat kodeksiga binoan (160-modda,) xodim nomuayyan muddatga 
tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugagunga qadar muddatli 
mehnat shartnomasini o’n to’rt kalendar kun oldin ish beruvchini yozma 
ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati 
tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga 
mehnat daftarchasini beri- shi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. Agar 
shartnomada uni muddatidan oldin 


126 
Neustoyka (jarima) — 
qonun yoki shartnoma bilan 
majburdir. 
belgilangan pul summasi bo‘lib, uni qarzdor kreditorga o‘z 
zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaganida to‘lashga 
Mehnat shartnomasining bekor qilinishi korxona bo‘yicha 
buyruq bilan rasmiylashtiriladi. 
Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni 
mehnat daftarchani va mehnat shartnomasi bekor qilingani 
haqidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berishi shart. 
bekor qilganlik uchun neustoyka to‘lashi haqidagi o‘zaro majburiyatlari nazar- 
da tutilgan bo‘lsa, unda ish beruvchi xodimdan shartlashilgan pul summasini 
to‘lashini talab qilishga haqli. 
Arizani berish kuni bo‘lib uni ish beruvchi olgan kun hisoblanadi, mehnat 
shartnomasining bekor qilinishi to‘g‘risidagi ogohlantirish muddati ariza be- 
rilgan kundan keyingi kun hisoblanadi. Ogohlantirish muddati ish kunlarida 
emas, balki kalendar kunlarida hisoblanadi, ya’ni ikki hafta — bu 14 kundir. 
Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim ishni davom etti- 
raversa, unda mehnat shartnomasining bekor qilinishi to‘g‘risidagi ariza o‘z 
kuchini yo‘qotadi. Shu bilan birga xodim ogohlantirish muddati davomida 
o‘zi bergan arizani, jumladan oxirgi ish kunida ham qaytarib olishga haqli, ish 
beruvchi esa unga buni rad etishga haqli emas. 
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslariga quyidagilar kiradi: 

o‘z ixtiyoriga ko‘ra; 

shartnoma tuzilgan muddat tugashi; 

ishchi yoki xizmatchining harbiy (muqobil) xizmatga chaqirilishi

shartnomani ma’muriyat tashabbusiga ko‘ra bekor qilish; 

xodimni uning roziligi bilan boshqa korxonaga o‘tkazish; 

xodimning davlat boshqaruvi idorasidagi saylanadigan lavozimga о‘tishi; 

sud hukmining qonuniy kuchga kirishi. 



Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin