Bu vaziyatda kim haq? Ushbu holda mehnat qonunlari qanday buzilgan?
128 2-vaziyat .
16 yoshli ishchi U. muntazam ravishda korxonada belgi-
langan normani bajarmadi, shu munosabat bilan ma’muriyat ka-
saba uyushmasi tashkiloti oldiga uni ishdan bo‘shatish masalasi-
ni qo‘ydi. Kasaba uyushmasi yig‘ilishi U.ni ishdan bo‘shatishga
rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi va u korxona bo‘yicha
chiqarilgan buyruqqa binoan ishdan bo‘shatildi.
Mazkur holda mehnat qonunlari buzilganmi? 3-vaziyat. Meva-sabzavot bazasi ma’muriyati meva va sabzavotlarni
yalpi yig‘ib-terish davrida dam olish kunlariga voyaga yetmagan
S.ni yig‘ilgan mahsulotni ortish va tushirishga jalb etdi. Uchinchi
yakshanba kuni S. ishga chiqmadi va ishni sababsiz qoldirgani
uchun ishdan bo‘shatildi.
Mazkur holda mehnat qonunlarini buzishga yol qo‘yil- ganmi? Yol qo‘yilgan bo‘lsa, qaysi qoidalari buzilgan? Bilimingizni sinang! 1.
Ish vaqti va dam olish vaqti tushunchalariga nimalar kira-
di?
2.
Besh va olti kunlik ish haftalarida ish vaqti necha soatni
tashkil etadi?
3.
Voyaga yetmaganlar ishining xususiyati nimada?
4.
Respublikada qaysi kunlar bayram kunlari deb belgilangan?
5.
Kundalik dam olish necha soat davom etishi kerak?
6.
Navbatdagi mehnat ta’tili necha oy ishlanganidan keyin
beriladi?
7.
Voyaga yetmaganlarga mehnat ta’tilini berish xususiyati
nimadan iborat?
8.
Qaysi hollarda xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa
ishga o‘tkazish mumkin?
9.
Mehnat shartnomasining bekor qilinishiga nimalar asos
bo‘lib xizmat qiladi?
10.
Voyaga yetmaganlarni ishdan bo‘shatishning xususiyati
nimada?