MEHNAT NIZOLARI KOMISSIYASI ISHTIROKCHILARINING YAZIFALARI Komissiya raisi: —
majlisni boshqaradi;
—
ish mohiyatini ma’lum qiladi;
—
da’vogar va javobgardan ishga doir qo‘shimcha vaziyatlarni aniqlaydi;
—
guvohlarni so‘roq qiladi;
—
mehnat qonunlari hamda taraflar fikrini hisobga olib qaror qabul qiladi.
Topshiriq. Mehnat nizolarini hal etish bo‘yicha sudga berilgan da’vo
materiallari bilan tanishib, mehnat nizolari komissiyasi majlisini
o‘tkazing va qaror chiqaring. Yuqorida keltirilgan sxema asosi-
da sud majlisining imitatsiyasini o‘tkazish mumkin.
131 Kotib: —
majlis bayonnomasini yuritadi;
—
mehnat nizolari komissiyasi majlisiga ishtirokchilar kelgan-kelmagan-
ligini tekshiradi.
Da’vogar: —
nizo mohiyatiga doir ko‘rsatmalar beradi;
—
buzilgan mehnat huquqini tiklash bo‘yicha talablar qo‘yadi.
Javobgar (ish beruychining vakili): —
haqiqat qaror topishiga to‘sqinlik qilmaslikka majbur;
—
nizo mohiyatini va kelib chiqqan nizoni qonuniy hal etishga doir o‘z
nuqtayi nazarini bayon qiladi.
Advokat: —
jarayon ishtirokchilariga savollar beradi;
—
haqiqatni aniqlash va nizoni adolatli hal etish uchun qonunda nazarda
tutilgan barcha vositalardan foydalanadi;
—
ishni ko‘rishgacha va uning davomida da’vogarga zaruriy yuridik
yordamni ko‘rsatadi;
—
dalillar qalbakilashtirilganda g‘ayriqonuniy harakatlar uchun jinoiy
javobgarlikka tortiladi.
Ekspert: —
uning oldiga qo‘yilgan masala bo‘yicha yozma xulosa berishga majbur.
Mehnat jamoasi rahbari: —
sudga mazkur nizo bo‘yicha jamoa fikrini bayon etadi;
—
ish vaziyatlarini oydinlashtirishga ko‘mak beradi.