Mazkur holda mehnat qonunlari A. ga nisbatan buzil-
ganmi?
MEHNAT SHARTNOMASINING BEKOR QILINISHI
Mehnat kodeksiga binoan (160-modda,) xodim nomuayyan muddatga
tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugagunga qadar muddatli
mehnat shartnomasini o’n to’rt kalendar kun oldin ish beruvchini yozma
ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati
tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga
mehnat daftarchasini beri- shi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. Agar
shartnomada uni muddatidan oldin
126
Neustoyka (jarima) —
qonun yoki shartnoma bilan
majburdir.
belgilangan pul summasi bo‘lib, uni qarzdor kreditorga o‘z
zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaganida to‘lashga
Mehnat shartnomasining bekor qilinishi korxona bo‘yicha
buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni
mehnat daftarchani va mehnat shartnomasi bekor qilingani
haqidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berishi shart.
bekor qilganlik uchun neustoyka to‘lashi haqidagi o‘zaro majburiyatlari nazar-
da tutilgan bo‘lsa, unda ish beruvchi xodimdan shartlashilgan pul summasini
to‘lashini talab qilishga haqli.
Arizani berish kuni bo‘lib uni ish beruvchi olgan kun hisoblanadi, mehnat
shartnomasining bekor qilinishi to‘g‘risidagi ogohlantirish muddati ariza be-
rilgan kundan keyingi kun hisoblanadi. Ogohlantirish muddati ish kunlarida
emas, balki kalendar kunlarida hisoblanadi, ya’ni ikki hafta — bu 14 kundir.
Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim ishni davom etti-
raversa, unda mehnat shartnomasining bekor qilinishi to‘g‘risidagi ariza o‘z
kuchini yo‘qotadi. Shu bilan birga xodim ogohlantirish muddati davomida
o‘zi bergan arizani, jumladan oxirgi ish kunida ham qaytarib olishga haqli, ish
beruvchi esa unga buni rad etishga haqli emas.
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslariga quyidagilar kiradi:
—
o‘z ixtiyoriga ko‘ra;
—
shartnoma tuzilgan muddat tugashi;
—
ishchi yoki xizmatchining harbiy (muqobil) xizmatga chaqirilishi;
—
shartnomani ma’muriyat tashabbusiga ko‘ra bekor qilish;
—
xodimni uning roziligi bilan boshqa korxonaga o‘tkazish;
—
xodimning davlat boshqaruvi idorasidagi saylanadigan lavozimga о‘tishi;
—
sud hukmining qonuniy kuchga kirishi.
|