125
Quyidagi masalalarni hal eting.
1-vaziyat.
Ishchi A. tushlik tanaffusiga chiqmay ishlagani sababli ishdan
bir soat oldin ketdi. Korxona ma’muriyati unga hayfsan e’lon qildi
va mukofotdan mahrum etdi.
Mazkur holda ishchining huquqlari buzilganmi?
2-vaziyat
.
O‘quvchi N. ta’til vaqtida ishga qabul qilingan edi. Avtous-
taxona egasi bilan kelishuvga binoan
ishga qabul qilishni rasman
rasmiylashtirmadi. Faqat bir oy uchun ish haqi summasi to‘g‘ri-
sida kelishib olishdi. Bu haqda N.
va uning ota-onasi imzolari
bo‘lgan shartnoma tuzilgan edi.
Uch oy davomida,
shu jumladan
bayram va dam olish kunlari N. kattalar darajasida ishladi.
N.ning mehnat huquqi buzilgan edimi?
3-vaziyat.
Ishchi A. maktab-litseyga yordamchi ishchi qilib qabul qilin-
gandi. Tez orada maktab bo‘yicha buyruq chiqarilib, u 3 kun davo-
mida ishga sababsiz kelmagani uchun ishdan bo‘shatildi. A. sudga
murojaat qildi. Sud ishni ko‘rishi davomida shu narsa aniqlandiki,
A. ishga yordamchi ishchi sifatida olingan, haqiqatda esa qorovul
vazifasini
bajargan, unga smenadan
keyin ikkita dam olish kuni
berilishi kerak edi.
Dostları ilə paylaş: