V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

Haqorat qilish 
— kishining sha’ni va qadr-qimmatini qasddan, beodob shakl- 
da kamsitishda ifodalanadigan jinoyat. 
Hukm 
— sud tomonidan sudlanuvchining aybi borligi yoki yo‘qligi, unga nis- 
batan jazo qo‘llash yoki qo‘llamaslik masalasi bo‘yicha chiqarilgan 
qaror. 
Huquq 
— davlat tomonidan butun jamiyat miqyosida muhofaza qilinadigan 
umummajburiy me’yorlar tizimi. 
Huquq me’yori 
— davlat belgilaydigan va uning bajarilishini maxsus hoki- 
miyat idoralari (sud, ichki ishlar idoralari) yordamida ta’minlaydi- 
gan harakatlarning umummajburiy qoidasi. 


137 
Huquqbuzarlik 
— biror-bir huquq me’yorlarini buzadigan har qanday 
harakatlar. 
Huquqiy layoqat 
— shaxsning mazkur mamlakat huquqi yo‘l qo‘yadigan 
fuqarolik huquqlari va burchlarining ifodachisi bo‘lish layoqati. 
Immunitet 
(lot. 
immunitas 
— biror narsadan ozod qilish) — davlatda ularning 
daxlsizligida ifodalanadigan alohida mavqeni egallagan shaxslar- 
ga taqdim etilgan ba’zi umumiy qonunlarga bo‘ysunmaslik mutlaq 
huquqi (deputatlik, diplomatik immuniteti). 
Inson huquqlari 
— kishining davlatga nisbatan huquqiy ahvolini xarakterlay- 
digan tushuncha, uning jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy va ma- 
daniy sohalaridagi imkoniyatlari. 
Intellektual mulk 
— ijodiy faoliyat natijalariga doir maxsus huquqlarning 
majmuyi. 
Intizom 
— jamiyatda shakllangan axloq va huquq me’yorlariga muvofiq kishi- 
larning xatti-harakatlari muayyan tartibi. 
Ishsizlar 
— ish va ish haqiga ega bo‘lmagan, o‘zlariga to‘g‘ri keladigan ish- 
ni izlash maqsadida bandlik xizmatida ro‘yxatga olingan va ishga 
kirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli fuqarolar. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin