135
YURIDIK ATAMALAR LUG‘ATI
Advokat —
yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam
ko‘rsatuvchi fuqaro.
Affekt
(lot.
affectus
— qalb tug‘yoni, ehtiros) — kishining qisqa muddatli jahl-
dorlik holati, u kuchli va chuqur kechinma hamda o‘z harakatlari
ustidan nazoratning pasayishi bilan xarakterlanadi.
Amnistiya
(grekcha
amnestia
— unutish, kechirish) — jinoyat sodir etganlarni
jazodan ozod etish yoki uni yumshatish.
Apatridlar
(a... + grekcha
patris
(vatan) — vatansiz) — fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar.
Apellatsiya
— sud qarori ustidan shikoyat qilish shakllaridan biri, bunda ishni
ikkinchi instansiya sudi tomonlarning shikoyatlari bo‘yicha ko‘rib
chiqadi.
Aqli norasolik
— ruhiyatning kasallik holati yoki aqli zaiflik bilan shartlangan,
shaxsning o‘z harakatlariga baho bera olmasligi yoki ijtimoiy xavfli
qilmishni sodir etish paytida ularni boshqara olmasligi.
Aqli rasolik
— ruhan sog‘lom kishining normal holati bo‘lib, o‘z harakatlariga
baho bera olish va ularni boshqara olish qobiliyatida o‘z ifodasini
topadi.
Dostları ilə paylaş: