138
Konsensus
(lot.
consensus
— rozilik, birdamlik) — ovoz berishni o‘tkazmas-
dan umumiy rozilik asosida qaror yoki shartnoma matnini qabul qi-
lish usuli.
Konvensiya
(lot.
conventio
— kelishuv) — hukumatlar
darajasida tuzilgan
xalqaro shartnoma nomlaridan biri.
Korrupsiya
— siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat: man-
sabdor shaxslarning ularga ishonib topshirilgan huquqlardan shax-
siy manfaati uchun foydalanishi (poraxo‘rlik,
xizmat mavqeyini
suiiste’mol qilish).
Mol-mulk
— biror-bir shaxsning mulki bo‘lgan boyliklar (qimmatliklar).
Mulkka band solish
— mol-mulkni xatlash va uni
tasarruf etishni taqiqlab
qo‘yish.
Muomala layoqati
— fuqaroning o‘z harakatlari
bilan fuqarolik huquqlarini
olish va amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik
burchlarini yaratish
va ularni bajarish layoqati.
Naturalizatsiya
— xorijiy shaxsni uning arizasiga binoan fuqarolikka qabul qi-
lish.
Nojo‘ya harakat
— intizomiy yoki ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan
huquqqa qarshi harakat.
Oferta
(lot.
offertus
— taklif etilgan) — muayyan shaxsga bitim tuzish xususi-
da qilingan rasmiy taklif, bunda uni tuzish uchun zarur bo‘lgan bar-
cha zamr shartlar ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: