Международный научный журнал № 11(100), часть 2
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023
1005
ANALITIK REAKSIYALAR
Jumag’ulov Behruz Boysun o’gli
Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Kimyo texnologiya fakulteti Kimyo yo’nalishi
2- kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada anorganik va organik moddalarning xossalarini
tarkibini aniqlash ularning sonini ortirish asosida moddalarning miqdor va sifat analiz
yo’lga qo’yish va ularning qarama- qarshilik reaksiyalarini tuzish hamda kimyoviy analiz
qilish va ularni talabalarga analitik reaksiyalarni chuqurroq o’rgatish haqida fikr va
mulohaza yuritildi.
Kalit so’zlar:
Ionlarning reaktivlari , reagentlar , gaz , cho’kma , neytrallash, analitik
reaksiyalarning borishida ho’l va quruq , rangining o’zgarishi , oksidlar (asosli, kislotali,
amfoter va indeferent ) , kislotalar, tuzlar va asoslar hamda oksidlanish va qaytarilish
jarayonlari.
Analitik reaksiyalarning bajarilish usullari quyidagilardan iborat bo’lib , analitik
reaksiya «quruq» va «ho‘l» usullarda o‘tkazilishi mumkin. Agarda reaksiyalar qattiq
moddalar bilan olib borilsa u holda bu reaksiyalar quruq usulga kiradi. Quruq usulda
tekshiriladigan modda hamda reaktivlar qattiq holatda olinadi, reaksiya esa qizdirish yo’li
bilan amalga oshiriladi .Masalan, metall tuzlarining alangani bo‘yashi, natriy tetraborat
(bura) N a
2
B
4
O
7
∙ 10 H
2
O yoki natriy ammoniy gidrofasfat NaNH
4
HPO
4
• 4H
2
O lar ba’zi
metallarning tuzlari bilan qorishtirilganda rangli marvarid (shisha) hosil bo‘ladigan
reaksiyalar quruq usulda o‘tkaziladigan reaksiyalar qatoriga kiradi. Rangli shisha hosil qilish
va alangani bo‘yash pirokimyoviy usullarda amalga oshiriladi. Moddaning eritmalarda
o‘tkaziladigan analizi ho‘l usul deyiladi. Bunda tekshiriladigan modda oldindan eritilgan
bo‘lishi kerak. Odatda erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Agar modda suvda erimasa,
kislotalarda eritiladi [1].
Kislotada eritilgan modda kimyoviy o‘zgarishga uchrab, suvda oson eriydigan birorta
tuzga aylanadi. Masalan:
CuO +H
2
SO
4
→ CuSO
4
+ H
2
O
Fe(OH)
3
+ 3 HCl → FeCl
3
+ H
2
O
CaCO
3
+ 2 HNO
3
→ Ca(NO
3
)
2
+ H
2
O + CO
2
↑
Ni(OH)
2
+ 2 HNO
3
→ Ni(NO
3
)
2
+ 2H
2
O
Sifat analizda faqat biror tashqi omil, ya’ni reaksiyaning haqiqatda
borayotganligini ko‘rsatuvchi har xil o'zgarishlar bilan boradigan reaksiyalaridangina
foydalaniladi. Bunday kimyoviy reaksiyalarga analitik reaksiyalar deyiladi.
Odatda, bunday tashqi omil (effekt)lar: gaz ajralib chiqishi; eritma rangining
o‘zgarishi; cho‘kma tushishi (yoki erib ketishi)dan iborat bo'ladi. Anorganik moddalarni
Международный научный журнал № 11(100), часть 2
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023
1006
analiz qilishda ko‘pincha tuzlar, kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari bilan ish ko‘riladi.
Ma’lumki, bu moddalar elektrolitlardir, ya’ni ular suvdagi eritmalarida ionlarga
dissotsilangan bo‘ladi. Shu sababli ho‘l usul bilan o‘tkaziladigan reaksiyalar, odatda, oddiy
yoki murakkab ionlar o‘rtasida boradi. Binobarin, bu reaksiyadan foydalanib, to‘g‘ridan
to‘g‘ri elementlarni emas, balki ular hosil qilgan ionlari topiladi. Topilgan ionlarga qarab
tekshiriladigan moddada tegishli elementlar borligi haqida xulosa chiqariladi [ 2].
Masalan, HCl yoki xloridlarning eritm asidan xlorni topish uchun AgNO
3
ta’sir
ettiriladi. Bunda suzmasimon oq cho‘kma AgCl ↓ hosil bo‘ladi. Cho‘kmaga qarab xlor
borligi aniqlanadi:
HCl + AgNO
3
→A gCl↓+ HN O
3
CaCl
2
+ 2AgNO
3
→ 2AgCl↓ + Ca(NO
3
)
2
BaCl
2
+ 2AgNO
3
→ 2AgCl↓+ Ba(NO
3
)
2
(1)
va hokazo. Cho‘kmadan tashqari tuzlarning hammasi eritmalarda tegishli ionlarga
ajralgan bo‘ladi, ya’ni:
Ba
2+
+ 2Сl
-
+ 2Ag
+
+ 2 NO
3
~
= 2AgCl ↓ + Ba
2+
+ 2NO
3
-
(2)
Bir xil ionlar reaksiya tenglamasidan tushirib qoldirilsa, unda reaksiya tenglamasi
quyidagi ko'rinishda yoziladi:
2Сl
-
+ 2Ag
+
→ 2AgCl↓
Tenglamaning ikkala tomonini bir xil songa qisqartirish mumkin bo‘lgan hollarda
reaksiya tenglamasi ikkiga qisqartirib yoziladi:
2Сl
-
+ 2Ag
+
→ 2AgCl↓ (3)
( 1 ) — reaksiyaning molekular tenglamasi, ( 2 ) — reaksiyaning molekular ionli
tenglam asi, (3) — reaksiyaning molekular-ionli qisqartirilgan tenglamasidir.
Dostları ilə paylaş: |