Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 


209 
Nazorat uchun savollar 
1. Kreditning bahosi tushunchasini, nominal va real foiz 
stavkasini, oddiy va murakkab foizlar, ularni hisoblash tartibini 
tushuntirib bering?.
2. Ssuda kapitallari bozori va uning segmentlarini, qisqa 
muddatli pul bozorida kreditlar bahosining shakllanishini yoritib 
bering?
3. Kapital bozorida o`rta va o`zoq muddatli kreditlar bahosining 
shakllanishini ochib bering?
4.Kreditning bahosiga ta`sir qiluvchi omillarni mohiyatini 
yoritib bering? 
5. Markaziy bankning hisob (diskont) stavkasini, markaziy 
bankning lombard stavkasini iqtisodiy mohiyatini ochib bering? 
12-MODUL. BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA 
BANK TIZIMI 
 
12.1. Banklarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan tarixiy 
shart-sharoitlar.
12.2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o`ziga xos 
xususiyatlari. Bank tizimi va uning elementlari.
12.3. O`zbekiston Respublikasining bank tizimi.
12.4. Pul va kredit xo`jaliklarining barqaror shakllarining 
yuzaga kelishi. Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va 
shart-sharoitlari. 
 
12.1. Banklarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan tarixiy shart-
sharoitlar.
Banklar paydo bo`lishining asosi bo`lib tovar-pul munosabat-
larining rivojlanishi xisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo`lishi
va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy to`zumlarda 
banklarning xam bo`lishini takozo kiladi. 
Banklar o`rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va 
boshqda davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib 
chiqqan. Keyinchalik puldorlar o`z bo`sh turgan mablag’laridan


210 
foyda olish maksadida ularni vaktincha foydalanishga mablag’ 
zarur bo`lgan korxonalarga ssudalar berishgan. Bu pul almashtiruvchi 
puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. 
Bank so`zi ital’yancha “banca” so`zidan olingan bo`lib “stol”, 
banknota “pullik stol” degan ma`noni anglatadi. Urta asrlarda 
italiyalik puldorlar xamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol 
ustida kuyib xisob-kitob kilganlar. 
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancherii” deb 
atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oklamasa va ishiga 
ma`suliyatsizlik kilsa, u utirgan stol sindirib tashlangan
 va
uni “Vapso 
rotto”, ya’ni bankrot deb atashgan. YA’ni, bizga ma`lum bo`lgan 
“bankrot” so`zi xam “banca” so`zidan olingan. 
Banklar paydo bo`lishining boshlangich nuktasi bo`lib XVI asrda 
Florentsiya va Venetsiyada tashkil tsilingan kichik jirobanklar 
xisoblanadi. 
Bu banklar asosan o`z mijozlari-savdogarlarga xizmat kilgan, ular 
urtasida nakd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o`z 
mijozlarini monetalar tarkibi buzulishidan zarar ko`rishdan ximoya 
qilishgan. Ular zxisoblarni ma`lum summadagi Kimmatbaxo metallni 
ifodalovchi maxsus pul birligida olib borishgan o`zlarining bo`sh pul 
mablag’lariny jirobanklar davlatga karzga, shaxarlarga, chet el 
savdogarlariga ssuda bergan. Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga 
kelgan va rivojlangan birinchi davlat xisoblanadi. Angliya bankirlari 
oltin (oltinni saqlab berish) bilan shug’ullanuvchilar (masalan, biz
Londonda bank ishini ilk bor rivojlantirgan CHayl’d nomli puldorni 
aytish mumkin) va savdogarlardan kelib chiqqan. 
Qadimgi Gretsiyada pul almashtiruvchi odamlarni “
trapezida

(grekcha-stol), Qadimgi rimda “
mensarilar” 
(
 
lotincha-stol) deb 
atashgan. 
Dastlabki banklar valyuta ayirboshlash operatsiyalaridan tashqari, 
odamlarning pul boyliklarini saqlash va omonatchilarga hisob-kitob 
xizmatlari ko`rsatish bilan ham shug’ullanganlar. Keyinchalik 
bankerlar shu narsani tushindiki , bankda harakasiz yotgan pullarni 
ma`lum foiz evaziga berib daromad olish mumkin. SHu tariqa 
banklarning kredit operatsialari paydo bo`lgan. 
Banklarning kelib chikishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan 
bog’liq xarajatlar va talablarning oshishi, savdo kapitali aylanishining 
tezlashuvi bilan bog’liq bo`lgan. Natural xujalik munosabatlarining 


211 
tugashi savdo-sotik munosabatlarining rivojlanishi pullik xisob-
kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo`l ochdi. Ishlab 
chiqarishni rivojlantirish yollanma mexnatni jalb kilishga olib kelgan. 
YOllanma mexnat uchun xaqning pul shaklida to`lanishi, doimiy pul 
aylanishini yuzaga keltirdi. Pul aylanishini esa bank tomonidan 
boshkarish zarur edi. SHunday kilib, banklar faoliyat ko`rsata boshladi 
va ular mablag’larni yig’ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali 
xarakatini boshqara boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli o`laroq 
bankir tadbirkor sifatida ish olib borgan. 
Agar sanoat sohasidagi puldor o`z kapitalini sanoatga, savdogar 
o`z mablag’ini savdoga qo`ysa, bankir o`z kapitalini bank ishiga 
qo`yadi. Ssuda kapitalisti asosan o`zining bo`sh kapitalini qarzga 
bersa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larga tayanadi. 
Ssudaga mablag’ beruvchi puldorning daromadi ssuda foizi bo`lsa, 
bankirning daromadi bank foydasi hisoblanadi. Banklar korxona, tash-
kilot, davlat muassasalari, aholi bo`sh pullarini jalb qilish orqa-li katta 
hajmdagi kapitalni o`z qo`llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi 
kapital harakatini boshqarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va 
ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar – kredit 
muassasalariga aylanishiga olib keladi.
SHunday qilib, bank faoliyati xalq xo`jaligi mavjud bo`lgan 
bo`sh mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o`z 
ichiga oladi. Bank o`z faoliyati davomida ma`lum daromadga ega 
bo`ladi. Bu daromad bank jalb qilgan resurslarga yo`naltirilgan foiz va 
joylashtirgan resurslar bo`yicha oladigan foiz o`rtasidagi farqdan 
iborat bo`ladi. 
Banklar faoliyati rivojlanishiga quyidagi omillar ta`sir 
ko`rsatadi: 

Davlat va aholi tomonidan banklarga bo`lgan ishonchning 
ortishi ularning ixtiyoridagi vaqtincha bo`sh pul mablag’larni bankka 
jalb qilish imkonini beradi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchi koxonalar 
ham o`z pul mablag’larini depozit sifatida banklarga joylashtira 
boshladi 

XVI asrda Amerikadan Evropaga juda katta miqdorda oltin 
va kumushning kirib kelishi Italiya va Gollandiya banklarining 
monopoliyasiga barham berdi. Natijada Evropada banklararo raqobat 
shakllandi. 


212 

Banklar faoliyati rivojlanib borishi bilan ular endigna 
qimmatli qog’ozlar bzorida paydo bo`lgan. SHu tariqa banklarning 
yangi operatsiyalari paydo bo`ldi. 

Banklar o`zining spitsifik ya`ni “o`ziga xos” xususiyatiga 
ko`ra milliy to`lov tizimining tayanchiga aylantirildi. endi 
iqtisodiyotdagi barcha to`lovlar banklar orqali o`tadigan bo`ldi. Bu 
banklarning iqtisodiyotdagi mavqeini keskin oshirdi. 
Birinchi Markaziy bank 1650-yilda SHvetsitaning 
Riks banki;
1694-yilda Angliya Markaziy banki; 
1800-yilda Fransiya Markaziy bani; 
1893-yilda Italiya Markaziy banki ; 
1913-yilda AQSH federal zaxira tizimi tashkil etildi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin