Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Banklarning turlari va ular faoliyatining o`ziga xos



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
12.2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o`ziga xos 
xususiyatlari. Bank tizimi va uning elementlari.
Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit 
munosabatlarni tashkil kiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar 
yigindisiga aytiladi. Kredit tizimi orkali xukukiy va jismoniy 
shaxslaryaing vaktincha bo`sh mablag’lari yig’iladi va korxona, 
tashkilotlarga, davlatga vaktincha foydalanishga beriladi. Kredit tizimi 
bir necha bo`g’inlardan iborat bo`lishi mumkin. Mablatlarni jalb 
kilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo`g’inlari o`z 
xususiyatlariga ega kiladi. Jahon amaliyotida kredit tizimi o`zinikg 
tashkil qilinish turiga qarab quyidagi guruxlarga bo`linadi. 
• Markaziy bank 
• Tijorat banklar 
• maxsus-kredit institutlar 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog’onali kredit bank tizimi 
ko`p mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, 
bank institutlari va nobank kredit muassasalaridir. 
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi: 
– tijorat banklar; 
– investitsiya banklari; 
– jamg’armalar jalb qiluvchi banklar (O`zbekistonda Xalq 
banki); 
– ipoteka banki; 
– savdo banklari; 


213 
– tashqi iqtisodiy aloqalar bo`yicha banklar;
– tarmoqlar bo`yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. 
Nobank kredit tashkilotlarga: 
– investitsiya kompaniyalari; 
– sug’urta kompaniyalari; 
– nafaqa va boshqa fondlar kiradi. 
O`zbekiston Respublikasi konunlariga asosan bank - tijorat 
muassasasi bo`lib, jismoniy va xukukiy shaxslarning bo`sh turgan pul 
mablag’larini jalb kilish va ularni o`z nomidan, tulovlilik, muddatlilik, 
kaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshka 
bank operatsiyalarini bajaradi. 
Banklar - tovar-pul xujaligining ajralmas atributidir. Tarixan 
bular yonma-yon rivojlanib keldilar. SHuning uchun kiymatning pul 
shaklining muomalasining boshlanishi bank ishining boshlanishi deb 
hisoblash, xamda bank faoliyatining rivojlanishidagi etukligi doimo 
iqtisodiyotdagi tovar-pul alokalarining rivojlanish darajasiga mos 
kelgan. 
Banklar-moliyaviy bozorning tashkiliy tuzilishining bir 
qismi bo`lgan kredit tashkiloti bo`lib, jismoniy va yuridik shaxslarning 
vaktinchalik bo`sh turgan pul mablag’larini jamg’rish, yig’ish, 
jamlangan (akkumultsiya kilingan) mablag’larni o`z nomidan kaytarib 
berishlilik, 
muddatlilik 
asosida 
berish 
xamda 
mijozlarning 
topshirig’iga ko`ra, to`lovlarni amalga oshirish vazifalarini amalga 
oshiradilar. 
Bu «bankning ilk» belgilari bo`lib, ular aslida tarixan 
banklarning shakllanishidagi 3 asosiy yo`nalishni o`zida aks ettiradi. 
Ma`lum bir shartlar asosida ushbu yo`nalishlarga cherkovlarning 
o`zlariga topshirilgan pul mablag’larini saqlab berishni ta`minlash 
faoliyatini, sudxurlik kreditlarini, keyinchalik ularning tijorat kreditiga 
aylanishini, almashtiruv (menyali) «stollarining» idoralarining «xisob-
kitob» va valyuta bilan faoliyatlarini mumkin. Xaqiqatda esa oxirgi 
yo`nalish bu tashkilotlarga nom berish uchun asos bo`lib xizmat kildi. 
Banklar ma`lum belgilariga qarab quyidagi turlarga bo`linadi. 
• mulk shakliga qarab: aktsioner, noaktsioner, kooperativ, 
kommunal, davlat, aralash, xalkaro banklarga bo`linadi; 
• kredit beruvchi banklarga; 
• milliy mavkei bo`yicha: milliy va xorijiy banklarga; 


214 
• faoliyat ko`rsatishi va bajaradigan funktsiyalariga qarab: 
depozit, universal, ixtisoslashgan banklarga bo`linadi. 
Aktsioner banklar aktsioner kompaniyalar sifatida yuzaga 
kelgan banklar bo`lib aktsiyalar chiqarish xisobidan ular kapitalining 
asosiy qismi yuzaga keltiriladi. Ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda 
bank tizimining asosiy qismini aktsioner banklar tashkil qiladi. 
Noaktsioner banklar paychilar mablag’lari xisobidan tashkil 
kilingan banklar bo`lib, ular bir yoki bir necha shaxs ixtiyorida 
bo`lishi mumkin. 
Mayda ishlab chikaruvchilar, xunarmandlarning faoliyatini 
qo`llab-quvvatlash maqsadida kooperativ banklar tashkil kilinadi. Bu 
banklarning mablag’lari ishtirokchilarning mablag’lari xisobidan 
vujudga keltiriladi va mijozlarga ularning faoliyatini rivojlantirish 
uchun 
engil 
sharoitda 
kredit 
beriladi. 
Kommunal 
banklar 
ixtisoslashgan kredit tashkilotlar bo`lib, kommunal xujalik va uy-joy 
qurilishini kreditlash
 va 
moliyalashtirish bilan shug’ullanadi. 
Davlat banklari davlat ixtiyorida bo`lgan kredit muassasa bo`lib, 
o’zining birinchi kurtaklari kadimiy Rimda, Egipetda, keyinchilik 
XVI-XVII asrlarda Evropada vujudga kelgan.
Ixtisoslashtirilgan banklarning turdagi sifatida investitsiya
jamg’arma, rivojlanish va taraqqiyot banklarini keltirish mumkin. 
Kredit tizimining yana bir kismi nobank kredit muassasalari bo`lib, 
davlat va korxonalarni moliyashtirishi, uzoq muddatli kreditlash
bilan shug’ullanadi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin