280
Bank tomonidan qimmatli qog’ozlarning
xarid qilinishidan
maqsad – bu qimmatli qog’ozlarni keyinchalik qayta sotish yoki
kapitalning o`zoq muddatga qo`yilishi yo`li bilan foyda olishdan
iborat.
17.2. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari. Tijorat banklari
passivlarining barqarorligi.
Passiv operatsiyalar bu bank resurslarini shakllantirilishi bilan
bog’lik operatsiyalardir. Passiv operatsiyalar aylanmadagi bo`lgan,
yangi resurslar jalb qilish (orqali) natijasida
banklarning aktiv
operatsiyalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratiladi.
Tijorat bank faoliyatini tashkil qilishning ilk bosqichi, ular passiv
operatsiyalarini amalga oshirish hisobiga resurclarini shakllantirishdan
iborat. Tijorat banki mustaqil faoliyat yurituvchi sub`ekt sifatida o`z
faoliyatini boshlashi uchun zarur bo`lgan talablardan biri, bu bankning
talab darajasidagi o`z potentsiallariga ega bo`lishidir. SHu bois
banklar faoliyatini olib borish avvalo etarli miqdordagi bank
resurslarining mavjud bo`lishini taqozo etadi. Har qanday tijorat
banklarning passiv operatsiyalarining samarali
boshqarib borilishi
bank resurslarining mukammal tashkil qilinishi va tejamli
ishlatilishiga zamin yaratadi. Hosil qilingan resurslar tijorat
banklarning tijorat va xo`jalik faoliyatini ta`minlash uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining passiv
operatsiyalari, uning tarkibi va hajmini
oshirishda uni samarali
boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining resurs
bazasini shakllantirish nafaqat yangi mijozlarni jalb etish, balki
resurslar manbalari to`zilmasini doimiy ravishda o`zgartirib
turishni
ham o`z ichiga olgan holda, bank aktivlari va passivlaridan oqilona
foydalanishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Tijorat
bank
passivlaridan
samarali
foydalanish
passiv
operatsiyalarini asosini tashkil qiluvchi, xususan,
kapitalini oshirish,
depozit siyosatining oqilona yuritish, asosiy strategik va taktik
yo`nalishlarini belgilashdan iborat bo`ladi.
Tijorat bank resurslari bizga ma`lumki passiv operatsiyalarni
natijasida shakllanadi. Bankning passiv operatsiyalari – bankning o`z
va jalb qilingan mablag’larini ustida amalga
oshirilgan amaliyotlarda
yuzaga keladi. Moliyakredit lug’atlarda berilishicha, banklarning
passiv operatsiyalari bu – «Banklar kredit va boshqa aktiv
281
amaliyotlarni
bajarish
uchun
o`z
resurslarini
shakllantirish
operatsiyalari»
1
dir.
Xalqaro bank amaliyotida passiv
operatsiyalarning quyidagi
to`rtta shaklidan keng foydalaniladi:
а)
banklarning foydasidan fondlarni shakllantirish va ularni
ko`paytirishga ajratmalar;
б)
depozit operatsiyalar;
в)
yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar;
г)
qimmatli qog’ozlar, pul biletlar va tangalarni muomalaga
chiqarish (emissiya).
д)
Tijorat banklarining passiv operatsiyalari deganda, ularni resurs
bazasini shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalari tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: