1. Tovar moddiy boyliklar.
2. Ishlab chiqarish xarajatlari.
3. Hisob kitoblar uchun zarur bo`lgan mablag’lar.
Qurilish uchun "oraliq" kreditlari bino va inshootlar, offislar,
savdo markazlari va shu kabilarni qurish uchun beriladi. Aniqrog’i
kredit, bino va inshootlarni qurishda kerak bo`ladigan qurilish
286
materiallari, qurish jihozlarini sotib olishga, quruvchi ishchilarni
yollashga beriladi. Bu kabi kreditlar kredit oluvchining boshqa bir
o`zoq muddatli ta`minoti ostida beriladi.
Qimmatli qog’ozlar dilerlariga kreditlar, davlat qimmatli
qog’ozlari va xususiy qimmatli qog’ozlar dilerlari ba`zi vaqtlarda
qisqa muddatlarda yangi qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun
mablag’ga ehtiyoj sezadilar. Bu kabi kreditlarni ko`pgina banklar
"jon" deb taqdim etadilar. Sababi, bu kreditlar davlat qimmatli
qog’ozlari bilan ta`minlangan bo`ladi. Bundan tashqari, bu kreditlar
juda qisqa muddatlarga beriladi.(bir kundan bir necha kungacha).
CHakana
tovaroborotga
kreditlar.
Banklar
avtomobillar,
elektrmaishiy
jihozlar,
mebellar
va
boshqa
o`zoq
muddat
ishlatiladigan tovarlarni qarzga sotib olishni, dilerlar qarzga sotish
shartnomasini imzolaganidan so`ng paydo bo`ladigan debitorlik
qarzini moliyalashtirish orqali kredit beradi. Bu kabi kreditlashni
debitorlik qarzini sotib olish deb ham izohlash mumkin.
Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning
kredit portfelida o`z ifodasini topadi.
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy
o`rni va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini
tasniflash mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy
valyutada olib boradilar va ba`zi hollarda qayta moliyalashtirish va
xususiy mablag’lari hisobidan beriladigan kreditlar, masalan, Milliy
bank va shunga o`xshash banklarda qattiq valyutada ham ifodalanishi
mumkin.
Hozirgi
vaqtda
markazlashtirilgan
kreditlar
davlatning
qarorlariga asosan ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy
valyutada beriladi. Qayta moliyalashtirish va bankning o`z mablag’lari
hisobidan beriladigan kreditlar mijoz kreditga layoqatli bo`lganda
milliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasida berilishi mumkin.
O`zoq muddatli kreditlar quyidagi kreditlash ob`ektlariga
yo`naltirilishi mumkin:
•
ishlab chiqarish ob`ektlarini qurish uchun;
•
ishlab chiqarish ob`ektlarini qayta ta`mirlash, texnik
qurollantirish va kengaytirish uchun;
•
texnikalar, asbob uskunalar va transport vositalarini sotib
olish uchun;
287
•
yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish
uchun;
•
noishlab chiqarish sohasidagi ob`ektlarni qurish va hokazo.