Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Nazorat uchun savollar 
1. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari va ularni amalga 
oshirish asoslarini yoritib bering?
2. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari va ularning 
barqarorligini iqtisodiy mohiyatini tushuntiring?.
3. Tijorat banklarining kredit operatsiyalarini tushuntirib bering?
4. Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan 
investitsion operatsiyalarini tushuntirib bering? 
5.Tijorat banklarining komission-vositachilik operatsiyalarini 
ochib bering?
6. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan amalga 
oshiriladigan emission operatsiyalarini, banklarning ssuda kapitallari 
bozoridan resurslar jalb etish operatsiyalarini yoritib bering?


293 
18-MODUL. NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA 
ULARNING TURLARI 
 
18.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi. 
Nobank kredit tashkilotlarining aktiv va passiv operatsiyalari.
18.2. O`zbekistonda nobank kredit tashkilotlari. Nobank 
kredit tashkilotlarining turlari va ular faoliyatining zarurligi. 
Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllanishi.
18.3. Nobank kredit tashkilotlari ustav kapitalining eng 
kam 
miqdoriga 
qo`yiladigan 
talablar. 
Nobank 
kredit 
tashkilotlarining aktiv operatsiyalari.
18.4. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish 
tizimi. O`zbekistonda nobank kredit tashkilotlari va ular 
faoliyatining yo`nalishlari. 
 
18.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi. Nobank 
kredit tashkilotlarining aktiv va passiv operatsiyalari.
Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va 
alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo`lgan kredit 
tashkiloti tushuniladi. 
Biroq, nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini 
amalga oshira olmaydi. Masalan: ular tijorat banklari amalga 
oshiradigan quyidagi muhim operatsiyalarini amalga oshirish 
huquqiga ega emas: 
1.
Yuridik va jismoniy shaxslarga hisob –raqam ochish va yuritish 
2.
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini depozit 
hisob-raqamlariga jalb etish 
3.
Mazkur pul mablag’larini o`z nomiga joylashtirish 
Har qanday mamlakatning kredit tizimining asosiy bo`g’ini bo`lib 
tijorat banklari hisoblanadi. Ammo tijorat banklari harqanday 
operatsiyani yuksak darajada bajara olmaydi. SHu sababli alohida 
bank operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashgan kredit tashkilotlari 
paydo bo`ldi . 
Xalqaro amalyotda nobank kredit tashkilotlariga quyidaglar 
kiradi: 


294 
1.
Kredit uyushmalari. Ular faqat o`z-o`zlariga depozit qabul 
qiladi va o`z- o`zlariga kredit beradi. 
2.
Mikrokredit tashkilotlari. Mikrokredit tashkilotlar aholining 
iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan aktiv ammo kam ta`minlangan 
qatlamlariga kredit beradi. Ular depozit va omonatlar qabul qilish 
huquqiga emas. 
3.
Lombardlar oltin va tilla taqinchoqlarni garovga olish yo`li 
bilan kredit beradi. 
4.
Lizing kompaniyalari 
5.
Faktoring kompaniyalari. 
Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan 
tovarlarni to`la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi. 
a)
Moliyaviy lizing 
b)
Operativ lizing 
Faktoring kompaniyalari tovarlar bilan bog’liq hujjatlarni sotib 
olish, ularni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida yuritish bilan 
shug’ullanadi. 
Kliring muassasalari. Kliring palatalari banklar o`rtasida to`lov 
instirumentlari bo`yicha o`zaro hisob-kitioblarni amalga oshiradi. 

Kredit koperativlari ma`lum bir sohada faoliyat yuritayotgan 
subektlarni kreditlash maqsadida tashkil etilgan. 

Pensiya fondi 

Inkossatsiya tashkilotlari. Bu tashkilotlar naqd pullardan va 
to`lov hujjatlarini inkossatsiya qilish bilan shug’ullanadi. Lekin 
O`zbekistonda bunday tashkilotlar yo`q. Respublikamizda naqd 
pullarni inkassatsiya “Respublikamiz inkasatsiya birlashmalari” 
tomonidan amalga oshiradi. 

Sug’urta kompaniyalari. 
Nobank 
kredit 
tashkilotlari 
faoliyatidagi 
quyidagi 
xos 
xususiyatlariga ega: Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan
bank operatsiyalarini amalga oshirdi. Nobank kredit tashkilotlari 
faoliyati 
tor 
doirada 
ixtisoslashgan 
bo`ladi. 
Bu 
ularni 
raqobatbardoshligini ta`minlash imkoniyatini beradi. CHunki nobank 
kredit tashkilotlari bitta sohada sifatli va arzon bitta mahsulot yarata 
oladi. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati past riskli hisoblanadi. 
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy Bank tomonidan Tijorat 
banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi 


295 
Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi 
manbalardan tashkil topadi: 
a)Ustav kapitali 
b)Boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam 
c)O`zining a`zolaridan jalb qilingan pul mablag’lari 
d)Tijorat banklarining kreditlari 
e)Sof foyda 
f)Foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar 
g)O`tgan yillarning taqsimlanmagan goydasi 
Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari ularning 
faoliyati yo`nalishlariga mos ravishda shakllanadi. Masalan: Kredit 
uyushmalari o`zlariga a`zo bo;lgaan subektlarni kreditlash maqsadida 
tashkil etiladi. SHu sababli kredit uyushmalari bitta aktiv operatsiyaga 
ega. U ham bo`lsa kredit operatsiyasidir. 
Mikrokredit tashkilotlari aholining iqtisodiy lekin kambag’al
qatlamlariga kredit beradi. Mikrokredit tashkilotlarining asosiy aktiv 
operatsiyasi bu kichik summada, past foiz stavkasida kredit berish 
operatsiyasidir. 
Faktoring kompaniyasi jo`natilgan tovarlar va ko`rsatilgan 
xizmatlar bo`yicha debitor qarzdorlarini inkassatsiya qilish bilan 
shug’illanadi. Ular Tovar hujjatlarini 2 ta shart asosida regress 
huquqi bilan va regress huquqisiz sotib oladi . 
Tovar hujjatlari regress huquqi bilan sotib olingan to`lovchi 
to`lovga noqobil bo`lib qolganda faktoring kompaniyasiga to`lovni
mol etkazib beruvchiga undirish huquqi saqlanib qoladi. 
Agar tovar hujatlari regress huquqisiz sotib olinsa , to`lov riski 
to`liq ya`ni 100 % faktoring kompaniyasining zimmsida qoladi. 
CHunki to`lovchi to`lovga noqobil bo`lib qolganda factoring 
kompaniyasi to`lovni undirish bo`yicha mol etkazib beruvchiga 
murojat qila olmaydi. 
O`zbekiston Respublikasida faktoring kompanyalari mavjud 
emas. Faktoring operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi. Ammo ular 
tovar hujjatlarini regress huquqi bilan sotib olish mumkin emas. 
Bundan tashqari, O`zbekiston bankalari faktoring operatsiyalarini 
amalga oshirilayotganda bu operatsiyalarning buxgalteriya hisobini 
yuritmaydi. Xolbuki taraqqiy etgan mamlakatlarda factoring 
kompaniyalari faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobini ham 
yuritadi. 


296 
Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat 
banklari bilan raqobat qila oladi . Ular bahosi yuqori va uzoq muddat 
faydalaniladigan tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradi. Lizing 
shartnomalarining o`rtacha muddati 3-5 yilni tashkil qiladi. Ammo 
lizing kompaniyalarining zaif jihati bor , ya`ni lizing kompaniyalarida 
resurslar etishmaydi. Ular faoliyatini asosan o`z mablag’lari hisobidan 
moliyalashtirishga majbur.SHu sababli ular tijorat banklarining uzoq 
muddatli kreditlarini keng ko`lamda jalb qiladilar. 
O`zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat 
banklari va lizing kompaniyalari shug’illanadi. Asosiy muommo 
shundaki, to lizing obekti lizing-oluvchi tomonidan qabul qilib 
olinmagunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga foiz hisoblay 
olmaydi. 
Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va
ular chek va hosilaviy qimmatli qog’ozlar bo`yicha o`zaro hisob-
kitoblarni amalga oshiradi. 
Kliring palatasi har bir ishtirokchi bankka schyotlar ochadi. Bu 
schyotlar mazmuniga ko`ra aktiv-passiv schyotlar hisoblanadi, ya`ni 
bu schyotlar debitli qoldiqqa ham ega bo`lishi mumkin, kreditli 
qoldiqqa ham ega bo`lishi mumkin. Kliring palatasi bir ish kuni 
mbaynida barcha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va ish kuni 
so`ngida har bir bankka uning hisob-raqamidan ko`chirma beradi. 
Agar bank ko`chirmani debitli qoldiq bilan olgan bo`lsa , demak unga 
to`la berishadi. 
Ko`pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati 
markaziy bank Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat 
qilinadi. 
Ammo 
Angliya, 
Germaniya, 
Lyuksenburg 
kabi 
mamlakarlarda nazorat funktsiyasiga ega emas. SHu sababli ushbu 
mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlarining faoliyati moliya 
bozorining rugulyatori tomonidan nazorat qilinadi. Nazorat 
jarayonida nobank kredit tashkilotlarining ustav kapitalining minimal 
miqdoriga nisbatan talablar qo`yiladi. 
O`zbekiston Respublikasida Lombard ochish uchun minimal ish 
haqining 40 baravarining miqdorida pul mablag’lari kerak. 
Mikrokredit tashkiloti uchun 100 ming evro ekvivalenti miqdorida pul 
mablag’lari kerak. Iqtisodiy adabiyotlarda olimlarnig bir guruhi 
“Mikrokredit tashkilotlarining faoliyati nazorat qilinmasligi kerak” 
degan fikrni ilgari surishadi. Kredit uyushmalari taraqqiy etgan 


297 
mamlakatlarda tijorat banklari bilan raqobat qila oladigan darajada 
shakllangan kredit muassasalari hisoblanadi. Ular o`z a`zolaridan 
depozitlar qabul qilish huquqiga ega. SHu sababli ularning faoliyati 
nazorat organlari tomonidan qattiq nazorat qilinadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin