Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
 


347 
21.3. Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar: tashkil topishi, 
maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. 
Mintaqaviy rivojlanish banklari.
XMKga a`zolikka kirishda quyidagi shartlarga amal qilinadi:
 

XTTBa`zoligi;
 

XMK kelishuv moddasini imzolash.
 
XMK turli xil tarmoqlardagi loyihalarni moliyalashtiradi
ularga, qishloq xo`jaligi, tog’ sanoati, ishlab chiqarish, turizm va 
boshqalarni kiritish mumkin. Ammo birinchi navbatdagi yo`nalish, 
xususiy sektor bo`lib hisoblanadi. XMK faoliyatining to`rtta asosiy 
yo`nalishini ajratib ko`rsatish mumkin:
 

xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirish;
 

rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi 
tashkilotlarga 
xalqaro 
moliya bozorlaridan kapital jalb qilishda yordamlashish;
 

ta`lim, sog’liqni saqlash va infratuzilmani rivojlantirishga 
yo`naltirilgan xususiy investitsiyalar yo`lidagi to`siqlarni bartaraf 
etish, shuningdek, innovatsion moliyaviy mahsulotlardan foydalanish 
va salohiyatni oshirish orqali ichki moliya bozorlarini rivojlantirish;
 

xukumatlarga maslahat va texnik yordam ko`rsatish.
 
XMKning xususiyati shundaki, uning mablag’laridan investitsiya 
olish uchun korxona va tashkilotlarga kredit berilganda, JTTB va 
XRA talab qilgandek a`zo mamlakatlarga hukumat kafolatlari talab 
qilinmaydi. Bu xususiy kompaniyalar uchun ular faoliyati ustidan 
davlat nazoratidan saqlaydi, va rivojlanayotgan mamlakatlar 
iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish manfaatlariga xizmat qiladi. 
Demak, xalqaro moliya institutlari jahon iqtisodiyotini barcha 
jabxalarini iqtisodiy oshirish, ijtimiy va iqtisodiy muammolarni xal 
etishda ularni mablag’lari hal qiluvchi rol o`ynaydi.
 
Hozirgi kunda Respublikamizda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi 
(XMK), Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va 
Taraqqiyot banki (XTTB), Evropa Tiklanish va Taraqqiyot banki 
(ETTB), Osiyo tarraqqiyot banki (OTB), Islom taraqqiyot banki 
(IsTB), Germaniya tiklanish va taraqqiyot banki KfW Development 
Bank (KFW) singari chet el banklari va boshqalar tomonidan ochilgan 
hamda respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo`lgan milliy 
iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o`zgarishlarni ta`minlaydigan investitsiya 
loyihalarini kreditlashga mo`ljallangan kredit yo`nalishlari xizmat 
qilmoqda.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin