Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
Mintaqaviy rivojlanish banki
 
Iqtisodiy geografik xududlar doirasida cheklangan xalqaro moliya 
institutlar
 
Xususiyatli belgilar 
 
1)Mintaqaviy rivojlanish banki tegishli iqtisodiy xududlarda faoliyat 


343 
olib boradilar va ushbu mamlakatning rivojlanish extiyojlaridan kelib 
chiqadigan maqsadlarni belgilaydilar:
 
2)Mintaqaviy banklar iqtisodiyot milliy iqtisodiy mustaqil 
mamlakatlarga nisbatan ularni iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko`ra 
tabaqalashgan kredit siyosatini olib boradilar;
 
3)Mintaqaviy banklar o`rtasida eng katta yirik ETTB hisoblanadi:
 
ETTB iga 56 ta mamlakat a`zo:
 
ETTB faoliyati a`zo mamlakatlarda ko`ppariyaviylik,plyuralizm va 
bozor islohotlarini mavjudligini nazarda tutuvchi siyosiy jixalariga 
ega:
 
4)Osiyo , Afrika va Lotin Amerikasining yirik mintaqaviy banklari 
Amerikalararo taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki Osiyos 
taraqqiyot bankilardan iborat.
 
-Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida yirik xalqaro banklarning tashkil 
etilishi mustamlaka tizimning tanazzulga yuz tutishi va ushbu 
xududlarga xos iqtisodiy muammolarni xal etish
 
21.8- rasm.Mintaqaviy rivojlanish banki
1
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotini rivojlantirishda 
mintaqaviy rivojlanish tashkilotlari ham muhim rol o`ynaydi. 
Mintaqaviy rivojlanish banklari o`z mintaqalariga boshqa xalqaro 
tashkilotlarga nisbatan imtiyozli kreditlar ajratish orqali uni 
rivojlantirishni nazarda tutadi. Bunday rivojlanish tashkilotlariga 
Evropa tiklani va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, 
Amerikaaro taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki, Islom 
taraqqiyot banklarini kiritishimiz mumkin. 
Evropa tiklanish va taraqkiyot banki ETTB — 1991 yilda 
tashkil topgan va unga 56 ta mamlakat a`zo. ETTB Markaziy va 
SHarkiy Evropa mamlakatlariga bozor iktisodiyotiga o`tish bo`yicha 
isloxotlarni o`tkazishda ko`maklashish maqsadida tuzilgan. 
 
ETTBning asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat: 
-
infratuzilmani rivojlantirish; 
-turli 
xususiy 
va 
xususiylashtirilgan 
korxonalarning 
loyihalarini moliyalashtirish va kreditlash. Bunda resurslarning 60% i 
xususiy sektorga, 40% i davlat sektoriga mo`ljallangan; 
- xususiy kapital qo`yilmalarga kafolatlar berish; 
1
Муаллиф томонидан мустақил ишлаб чиқилган 


344 
-
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan 
tavsiyalar ishlab chiqish; 
-
aniq loyihalarga maslahat-texnik yordam berish. 
Bank uchun xususiy sektor rivojlanishi, xususiylashtirish 
jarayoni, to`g’ridan-to`g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, moliya 
muassasalari hamda sanoat sektorini tashkil etish va mustahkamlash, 
kichik biznesni rivojlanishini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor 
loyiha 
va 
dasturlar 
bo`lib 
hisoblanadi. 
Bank 
xususiy 
va 
xususiylashtirilgan korxonalar taklifi homiylar salohiyati yuqori 
bo`lishi va biznes reja- larining ishonchli bo`lishini talab qiladi. 
Boshka rivojlanish banklaridan farqli ravishda ETTB siyosiy 
tuzilmalarni kreditlashda ishtirok etmaydi va xususiy sektorni qo`llab-
quvvatlash va loyihaviy moliyalashga ixtisoslashgan.
 
Bank takdim etadigan kreditining eng kam mikdori 5 mln. 
evroni tashkil etadi. Foiz stavkalari asosiy bozor stavkasi (odatda, 
LIBOR) va marjadan tashkil topadi. Kreditlar bo`yicha foiz suzib 
yuruvchi (svop operatsiyalarini qo`llagan xolda) yoki kat`iy 
stavkalarda belgilanadi. Marja miqdori kredit shartlaridan kelib 
chikadi.
 
ETTB tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar soni 200-2013 
yillarda 265 tadan 302 tagacha ortgan. 2013 yilda ETTB tomonidan 
amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 12,9 mlrd.evroni 
tashkil etgan.
 
2013 yilda ETTB tomonidan ajratilgan mablaglarning 38% i 
moliya sektoriga, 27% i korporativ sektorga, 17% i infratuzilma 
soxdsiga va 18% i energetika sohasiga yo`naltirilgan.
 
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966 yilda tashkil topgan va 
unga 57 tamamlakat (41 ta hududiy va 16 ta hududdan tashqari 
mamlakatlar) a`zo. OTB ga a`zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani 
bo`yicha iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo`iicha komissiyasidagi 
barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlari 
(agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a`zo 
bo`lsalar) uchun ochiq. A`zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar 
OTBda Osiyo mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga 
olib keldi, ularga bank aktsiyalarining qariyb 37% i va ovozlarining 
35% i to`g’ri keladi.
 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
(XTTB, ing. International 
Bank for Reconstruction and Development) - Jahon bankining asosiy 
kredit tashkiloti bo`lib keng miqyosda Jahon banki nomi bilan 


345 
tanilgan. Ushbu bankga a`zo bo`lish uchun ariza taqdim etgan 
mamlakat avvalo XVFga a`zolikka kirgan bo`lishi lozim. Bankning 
barcha qarzlari a`zo davlatlar hukumatlari tomonidan kafolatlanishi 
kerak. Qarzlar bo`yicha har olti oyda o`zgaruvchi foiz stavkasi 
belgilanadi. Hozirgi vaqtda mazkur stavka 6-7%ga teng. Qarzlar 
asosan 15-20 yil muddatga, asosiy qarz summasi bo`yicha to`lovlarni 
3-5 yilga uzaytirish tartibida beriladi. Qarz berish davlat xukumatining 
kafolati olingandan so`ng amalga oshiriladi
1
.
 
XTTB – 1944 yilda Bretton-Vudsdagi (AQSHning N’yu-
Xempshir shtatidagi shaharcha) Xalqaro valyuta – moliyaviy 
konferentsiyada XVF bilan bir vaqtda tuzilgan davlatlararo 
investitsiya institutidir. Bir vaqtning o`zida bankning nizomi ham 
bo`lib qolgan XTTB haqidagi Bitim 1945 yilda rasmiy jihatdan 
kuchga kirgan, bank o`zining faoliyatini 1946 yildan boshlagan. 
XTTBning shtab-kvartirasi – AQSHning Vashington shahrida 
joylashgan.
 
XTTB 2013 moliya yilida 20,6 mlrd.AQSH dollari hajmidagi 
kredit resurslarini zahira qildi, ushbu ko`rsatkich 2009 moliya yiliga 
nisbatan 52,8% oshgan.
 
XTTBning asosiy maqsadi – a`zo mamlakatlarga uzoq muddatli 
kredit va qarzlar berish hamda xususiy investitsiyalarni kafolatlash 
orqali 
ularning 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishga 
ko`maklashish 
hisoblanadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin