Ichki valyuta bozori tahlili 2018 yilning o`tgan davrida mamlakatimiz ichki valyuta
bozorida talab va taklif muvozanatining shakllanishiga mavsumiy
omillar, to`lov balansi holati, valyuta almashuv kursi bo`yicha
kutilmalar, foiz stavkalari o`rtasidagi tafovutlar, AQSH dollarining
ichki va jahon moliya bozorlaridagi kon`yunkturasi hamda boshqa bir
martalik omillar ta`sir ko`rsatdi.
2018 yilning 9 oyi davomida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar
tomonidan ichki valyuta bozorida sotib olingan xorijiy valyutalar
miqdori 7,1 mlrd. AQSH dollari (jami importning 52 foizi, jami
eksportning 75 foizi)ni tashkil etdi. Mazkur talabning 28 foizi (2
mlrd. AQSH dollari) Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga
interventsiyalari hisobiga qoplandi.
Markaziy
bank
tomonidan
ichki
valyuta
bozorida
interventsiyalar almashuv kursining fundamental trendiga ta`sir
etmagan holda, uning keskin tebranishlari oldini olish maqsadida
amalga oshirib borildi. Bunda oltin-valyuta rezervlari hajmini oshirish
yoki ulardan valyuta almashuv kursini ma`lum darajada ushlab turish
uchun
foydalanish
maqsadlari
ko`zlanmadi.
SHuningdek,
interventsiyalar hajmida ichki valyuta bozoriga kelib tushadigan
xorijiy valyuta tushumlarining mavsumiyligi ta`sirida oylar orasida
o`zgarishlar kuzatildi.
Xususan, 2018 yilning birinchi choragida Markaziy bank tomonidan
ichki valyuta bozoriga 600 mln. AQSH dollari (maqsadli sotish
miqdoriga yaqin ko`rsatkich) miqdorida interventsiya qilingan bo`lsa,
ikkinchi choragi davomida interventsiyalar hajmi birinchi chorakdagi
ko`rsatkichning teng yarmini tashkil etdi.
341
Марказий банк интервенциялари ҳажми ва АҚШ долларининг сўмга нисбатан ўртача ойлик биржа алмашув курси 20.4-Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari. SHuningdek, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo`lgan
talab va taklif orasida katta salbiy farq vujudga kelgan sentyabr’ va
oktyabr’ oylarida esa Markaziy bank interventsiyalari hajmining
o`tgan 8 oydagi o`rtacha sof interventsiyalar hajmiga (o`rtacha oylik
158 mln. AQSH dollari) nisbatan mos ravishda 615 va 318 mln.
AQSH dollariga oshishi keskin tebranishlarni yumshatuvchi omil
bo`ldi. Natijada oktyabr’ oyi oxiriga kelib so`m deval’vatsiyasi joriy
yil boshiga nisbatan 1,3 foizni tashkil qildi (-rasm).
Nazorat uchun savollar
1. Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni yuzaga kelish
asoslari hamda milliy valyuta tizimining elementlarini yoritib bering?
2. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari va valyuta
munosabatlarini tartibga solish tizimini tushuntirib bering?
3. Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmunini, erkin
almashinadigan valyutalar hamda halqaro zaxira valyutalar bo`yicha
tushunchalaringizni ayting?
4. Valyuta kursi rejimlari, milliy valyuta tizimi va uning
elementlarini hamda jahon valyuta tizimi va uning elementlarini
yoritib bering?