338
bandga tezlashishiga olib keladi.
2018 yilning sentyabr’ oyidan boshlab O`zbekistonning
asosiy
savdo
hamkor
mamlakatlari
moliya
bozorlaridagi
holatning
mo``tadillashuvini inobatga olsak, ichki omillar ta`sirida joriy yil
oxirigacha so`m almashuv kursining yil boshidagi darajasiga nisbatan
keskin o`zgarishi kutilmayapti.
Milliy valyuta almashuv kursining mavsumiy omillar ta`sirida
shakllangan ortiqcha baholanish tendentsiyasi (currency overvaluation)
makroiqtisodiy disbalansni yaratadi. Joriy hisob- kitoblar uchun ochiq
iqtisodiyot sharoitida foiz stavkalarining
qoplanmagan pariteti
(uncovered interest rate parity, UIP) buzilishi va foiz stavkasi
tafovutlari ortishi ma`lum bir muddatdan keyin ichki valyuta bozoriga
bosimni vujudga keltirishi mumkin.
Milliy valyutaning real almashuv kursi dinamikasi
2018 yildan boshlab milliy valyutamiz
real effektiv almashuv
kursi eng yirik savdo hamkorlarimiz bo`lgan 20 dan ortiq davlatlar
milliy valyutalaridan tuzilgan ko`p valyutali savatchaga nisbatan o`sish
tendentsiyasini namoyon etdi. Xususan, joriy yilning mart oyi
boshidan kuzatilgan milliy valyuta
effektiv almashuv kursining
mamlakat savdo hamkorlari valyutalariga nisbatan real o`sishi avgust
oyiga kelib yil boshiga nisbatan 19,2 foizni, sentyabr’ oyida esa 14,9
foizni tashkil qildi.
Bunda so`mning real almashuv kursi qadri yil boshidan Xitoy
yuaniga nisbatan 12,6 foizga, Qozog’iston tengesiga nisbatan 14,9
foizga, Rossiya rubliga nisbatan 20,7
foizga va Turkiya lirasiga
nisbatan 45,8 foizga oshdi.
Mamlakatimizdagi yuqori investitsion faollik sharoitida real
effektiv almashuv kursining o`sishi mahalliy mahsulotlarning ichki va
tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini pasaytirib,
import hajmining
ortishi va tashqi savdo balansining manfiyligiga ma`lum darajada ta`sir
o`tkazadi (-rasm).
Jumladan, joriy yilning yanvar’ oyida tashqi savdo balansi
sal’dosi ijobiy 270 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan bo`lsa, avgust
oyi yakunlariga ko`ra sof eksport –996 mln. AQSH dollarigacha
qisqardi. Import hajmining oshishida asosiy
drayverlar sifatida bir
tarafdan investitsion tovarlar (mashina, uskuna va transport vositalari)
va ikkinchi tarafdan, chegaradosh hududlar bilan tashqi savdo
aloqalarining liberallashuvi natijasida ayrim turdagi oziq-ovqat, tekstil’