Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Qonuniy me`yorlarga va amaliyotga mos holda birjada chet el 
valyutasining kursini, qimmatli qog’ozlar kursini yoxud tovarlar 
bahosining o`rnatilishi, qisqacha qilib aytganda, valyuta kursini 
o`rnatish 
kotirovkalash 
deb 
ataladi. 
Jahon 
amaliyotida 
kotirovkalashning 2 xil usuli mavjud; 

To`g’ri kotirovka. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi 
milliy valyutada ko`rsatilsa, ya`ni milliy valyutada xorijiy valyutaning 
bir birligiga to`g’ri keladigan miqdorda ko`rsatilsa, to`g’ri kotirovka 
deb ataladi. Masalan, 2006 yilning 30 sentyabrida 1 AQSH dollariga 
nisbatan o`zbek so`mining kursi 1250.00 so`mni, 1 Rossiya rubliga 
nisbatan 47.00 so`mni tashkil etdi. Bunday kotirovka hozirgi vaqtda 
jahondagi ko`pchilik mamlakatlarda qo`llanilib kelinmoqda. 

Egri (teskari) kotirovka. Bunda bir birlik milliy valyutaning 
xorijiy valyutalardagi miqdori o`rnatiladi, ya`ni bir birlik milliy 
valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko`rsatiladi, masalan; 
1
1 so`m =
AQSH dollari yoki 1 AQSH dollari 1250.00 so`m
1250.00


332 
1
1 so`m =
Rossiya rubli yoki 1 Rossiya rubli = 47.00 so`m
47.00
Buyuk Britaniyada funt sterling, Avstraliya dollari va 
eKYUning kursi teskari kotirovkalash yordamida o`rnatiladi. Agarda 
ikki valyuta o`rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan 
olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni «krosskurs» deb 
ataladi.
Masalan: 1 AQSH dollari = 30.00 Rossiya rubli 
1 AQSH dollari = 5.00 Ukraina grivna 
1 Ukraina grivnasi = 6.00 Rossiya rubli 
Ko`rinib turibdiki, (krosskurs) yuqorida keltirilgan nisbat 
Ukraina 
grivnasining 
Rossiya 
rubliga 
nisbatan 
aniqlangan 
krosskursidir. Ushbu misolda AQSH dollari uchinchi valyuta sifatida 
gavdalanadi. Jahon amaliyotida asosan uchinchi valyuta sifatida 
AQSH 
dollari 
qo`llaniladi, 
ya`ni 
barcha 
valyutalar 
jahon 
ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan kotirovka qilinadi. 
Krosskursdan foydalanish ancha og’ir va tavakkaldir. Ammo 
ularni qo`llash quyidagi 2 holatda zarur va foydalidir; 
– sizning talabingizdagi valyutaga ega bo`lgan sotuvchilarda 
sizning valyutangizga talab mavjud emas. (Masalan, so`mni 
YAponiya ienasiga almashtirish kerak. Bu erda uchinchi valyuta 
AQSH dollari bo`lsin. YAponiya ienasi sotayotganlar ichida sizning 
valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo`q).
Oldi sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida 
quyidagi valyuta kurslarining ko`rinishlaridan foydalaniladi; 
«Spotkurs» bu naqd (kassa) bitimlarning kursidir. Spotkurs bu 
bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o`rnatilgan 
baho bo`yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan 
bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 
ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» kurs–bu 
muddatli valyuta bitimlarining kursidir. 
Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga etkazib berish 
sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o`zida ifoda etadi. 
Forvard bitimlari, odatda, valyuta kurslarining o`zgarishi 
natijasida yuzaga keladigan xavfxatarlarni bartaraf qilish maqsadida 
ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana 


333 
shu kurs bo`yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma 
muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir 
tomon foyda ko`radi ikkinchi tomon esa zarar ko`radi. Masalan, siz 
2003 yil 1 yanvarda 1$=965 so`m kursida sotib olish bitimini 
tuzdingiz. Ammo 2003 yil 1iyun kuni 1$=970 so`mni tashkil etdi, 
natijada siz har bir dollarga 5 so`m miqdorida qo`shimcha foyda 
ko`rdingiz. 
Agar 1iyun kuni 1$=963 so`mni tashkil etsa, unda har bir 
dollardan 2 so`mdan zarar ko`rasiz. 
Muddatli bitimlar bo`yicha valyuta kurslari (report) ustama 
yoki dastxat metodi bo`yicha kotirovka qilinadi va «autrayt» kurslari, 
deb ataladi. 
Forvard kurs + Spot kurs + Ustama Forvard kurs + Spot kurs 
Diskont. 
Misol. 
Bitim summasi 1 mln 
Bitim muddati 90 kun 
Bitim valyutasidagi kreditning % stavkasi (USD) 3,5 % 
Baholovchi valyutadagi depozitlarga to`lanadigan % stavkasi (DEM)
5,5 % Cpot kurs 1 = 1,52101,5220 DEM 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin