Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Nazorat uchun savollar 
1. Kredit tizimining iqtisodiy mohiyati, tarkibi, uning elementlari 
va turlarini yoritib bering?
2. Kredit tizimining barqarorligiga ta`sir qiluvchi omillarni 
yoriting?


319 
3. Kreditlashni tashkil qilish printsiplarini, kredit tizimining 
turlari: markazlashgan kredit tizimi; bozor kredit tizimi; o`tish davri 
kredit tizimini yoritib bering?
4. Kredit tizimining holatini tavsiflovchi ko`rsatkichlar, Kredit 
tizimini tartibga solish va nazorat qilish hamda uning barqarorligiga 
ta`sir etuvchi omillarni iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering? 
 
 
20-MODUL. XALQARO VALYUTA 
MUNOSABATLARI VA ULARNI TARTIBGA SOLISH 
MASALALARI 
 
20.1. Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni yuzaga kelish 
asoslari. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari.
20.2. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari. Valyuta 
munosabatlarini tartibga solish tizimi. 
20.3. Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmuni. erkin 
almashinadigan valyutalar. Xalqaro zaxira valyutalar. 
20.4. Valyuta kursi rejimlari. Milliy valyuta tizimi va uning 
elementlari. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari. 
 
 
20.1. Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni yuzaga kelish 
asoslari. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari.
Xalqaro valyuta munosabatlari-bu valyutalarning davlatlararo 
harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir. 
Valyuta davlatlararo harakatlanishi uchun u xalqaro to`lov vositasi 
vazifasini bajara olishi va xalqaro valyuta bozorlarida oldi-sotdi 
qilinishi kerak. Xalqaro valyuta operatsiyalarining asosiy qismi (80 % 
dan ortiq)xalqaro rezerv valyuta maqomiga ega bo`lgan etakchi 
valyutalar orqali amalga oshiriladi. Bu maqomni Xalqaro Valyuta 
Fondi(XVF) beradi. Hozirgacha 5 ta valyuta rezerv maqomga ega.
XVF valyutaga Xalqaro rezerv maqomni berish uchun 4 ta 
omilni hisobga oladi: 
1. Bu valyuta XVF da emitent davlat katta rezerv pozitsiyasiga 
ega bo`lishi kerak.


320 
2. Bu valyuta xalqaro bozorlarda kotirovka(oldi-sotdi) qilinishi 
kerak.
3. 
Dunyo 
mamlakatlarining 
xorijiy 
valyutalardagi 
zahiralarining bir qismi mana shu valyutada shakillantirilishi kerak. 
4. XVF bu valyutada kreditlar berishi kerak. 
Xalqaro valyuta munosabatlarining asosi bo`lib quydagilar 
hisoblanadi: 
1. eksport-import operatsiyalarining mavjudligi. 
2.Investitsiyalarning 
davlatlararo 
oqimining 
mavjudligi. 
To`g’ridan to`g’ri investitsiyalar- bunda xorijiy investitsiyalar yangi 
ob`ektlarni qurish yoki texnikalarni sotib olish uchun jalb qilinadi. 
Portfelli 
investitsiyalar-bunda 
xorijiy 
investitsiyalar 
qimmatli 
qog’ozlarni sotish yo`li bilan jalb qilinadi.
3. Xalqaro kreditlarning mavjudligi. 
4. Davlatlararo pul o`tkazmalarining mavjudligi. 
5. Davlatlararo siyosiy va madaniy aloqalarning mavjudligi. 
Milliy valyuta tizimi bu mamlakatda valyuta munosabatlarini 
tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir. Milliy valyuta tizimi 
quydagi elementlardan tashkil topgan: 
1. Milly valyuta nomi (USD, UZS, eURO) 
2.Milly valyuta almashuv kursining rejimi. Amalyotda 3 xil 
kurs rejimi mavjud: 1) erkin suzish rejimi-bunda milly valyutaning 
kursi xorijiy valyutaga bo`lgan talab va taklifga qarab erkin 
shakillanadi. Markaziy Bank milly valyuta kursining ma`lum darajada 
tebranishi uchun javob bermaydi. 2)Qat`iy belgilangan kurs rejimi-
bunda milly valyuta kursi xorijiy valyutaga yoki valyuta savatiga 
nisbatan ma`lum nisbatlarda belgilab qo`yiladi. Markaziy Bank ana 
shu kursni ushlab turishi uchun javobgar hisoblanadi. 3) 
Boshqariladigan suzish rejimi-bu mamlakatlar valyuta qonunchiligida 
erkin suzish rejimi yozilgan bo`ladi lekin Markaziy Bank milliy 
valyuta kursiga ta`sir qilish uchun tez-tez valyuta intervensiyasini 
o`tkazadi. Valyuta intervensiyasi-bu milly valyuta kursining 
kutilmaganda yuzaga keladigan tebranishlariga barham berish uchun 
Markaziy Bank tomonidan xorijiy valyutaning sotilishi yoki sotib 
olinishi. 
3.Mamlakat valyutaviy cheklashlarining mavjudligi yoki 
yo`qligi. O`zbekiston 08.10.2003 da XVF nizomining 8-moddasi 
bo`yicha majburiyatlarni qabul qildi. SHu tariqa joriy valyuta 


321 
operatsiyalari bo`yicha cheklovlar bekor qilindi. Lekin, O`zbekiston 
kapitallar va kreditlarning harakati bo`yicha valyutaviy cheklovlar 
mavjud.
4. Milly valyuta kursi
5.Milly valyuta pariteti. Bu milliy valyuta qiymating xorijiy 
valyuta qiymatiga nisbatidir. Valyuta pariteti milly va xorijiy 
valyutaning harid qobilyatini taqqoslash yo`li bilan aniqlanadi.
6.Mamlakatning xalqaro valyutaviy to`lovga qobilligi. 1)Agar 
mamlakat 3 oylik importni to`lashga etadigan oltin zahiralariga ega 
bo`lsa u xalqaro valyutaviy to`lovga qobil hisoblanadi. 2) oltin 
zahiralari + xorijiy valyutadagi zahiralar / 1yillik tovar importi X 
100%. Agar bu 50% va undan yuqori bo`lsa mamlakat xalqaro 
valyutaviy to`lovga qobil bo`ladi.
7. Milly valyuta bozorining mavjudligi. 
8. Milliy oltin bozorining rejimi. 
9. Mamlakat xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi.
10. Valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi va nazorat 
qiluvchi davlat organlari. O`zbekistonda Markaziy Bank Valyutani 
tartibga soluchi organ hisoblanadi. 4ta valyutani nazorat qiluvchi 
organ mavjud: 
1. Markaziy Bank 
2. Moliya Vazirligi 
3. Davlat Bojhona Qo`mitasi 
4. Davlat Soliq Q`omitsi 
Davlatlararo valyuta munosabatlarini XVF tartibga soladi. 
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad xalqaro valyuta tizimida uzluksiz 
faoliyat 
ko`rsatishni 
ta`minlash 
orqali 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarni rivojlanishiga ko`maklashish hisoblanadi. 
Valyuta munosabatlarining ba`zi bir elementlari qadimiy Rimda 
veksellar asosida va bir mamlakat savdogarining pulini ikkinchi bir 
mamlakat savdogariga almashtirib berish zaminida vujudga kelgan. 
Valyuta munosabatlarining rivojlanishining keyingi bosqichi qadimiy 
London va boshqa G’arbiy evropa mamlakatlarida o`tkaziladigan 
tratta operatsiyalarining rivojlanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishi, jahon bozorining barpo bo`lishi, xalqaro 
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va jahon xo`jalik tizimining 
rivojlanishi 
xalqaro 
valyuta 
munosabatlari 
rivojlanishining 
asosidir.Valyuta munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir 


322 
bo`lagi hisoblanib, uning holati milliy va jahon iqtisodiyotining 
rivojlanish darajasiga, siyosiy ahvolga, mamlakatning iqtisodiy 
potentsialiga, uning jahondagi o`rniga va boshqa omillarga bog’liq 
bo`ladi.
Valyuta tizimi davlatlararo bitim yoki milliy qonunlarga 
muvofiq valyuta munosabatlarini tashkil qilish va boshqarish 
shakllarini o`z ichiga oladi. Valyuta tizimining quyidagi turlari 
mavjud. Bular – milliy, jahon va xalqaro (mintaqaviy) valyuta 
tizimlaridir. 
Sanoati 
rivojlangan 
davlatlar 
iqtisodiyotlari 
o`rtasidagi 
integratsiyaning chuqurlashuvi sharoitida valyuta tizimi jahon xo`jalik 
aloqalarida muhim va mustaqil o`rin tuta boshlayapti. Valyuta tizimi 
mamlakatning iqtisodiy holatiga bevosita ta`sir etadi (ya`ni ishlab 
chiqarish omillari, sur`atlariga, narxga, ish haqiga va boshqalarga). 
Milliy, jahon va xalqaro (mintaqaviy) valyuta tizimlari 
tushunchalari birbiridan farqlanadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin