Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Pulning paydo bo`lish sabablari. 
Tarixiy kategoriya sifatida pulning paydo bo`lishi va rivojlanish 
jarayonining boshlanishi miloddan avvalgi 7-8 ming yillarga to`g’ri 


21 
keladi. Keyinchalik, pulning tabiati ularning bajarish funktsiyalarining 
shakli, turlari va usullarida o`zgargan. 
Ma`lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning 
uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi

Pul paydo 
bo`lishining ob’ektiv zaruriyati tovar ayirboshlash ehtiyojlari bilan 
vujudga kelgan hamda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab 
chiqarish munosabatlarining rivojlanishi bilan bog’liq bo`lgan. Pul 
paydo bo`lishi mehnat taqsimoti bilan bog’liq. Birinchi yirik 
mehnat taqsimoti, ya`ni chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib 
chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo`jaligining rivojlanishi 
tufayli mahsulot qiymatining ifodasi bo`lmish pulni keltirib 
chiqardi. 
Ishlab 
chiqarishning 
rivojlanishi, 
tovar 
turlarining 
ko`payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo 
qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o`zaro muloqotda bo`lib, 
tovarning egasi o`z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash 
jarayoni biror o`lchov birligi bo`lishini taqozo qilgan. Tovar 
muomilasining 
ekvivalent 
rivojlanish 
jarayonida 
umumiy 
ekvivalent shaklini har xil tovarlar o`ynagan. Har bir jamoa o`z 
tovarini ekvivalent sifatida o`rtaga qo`ygan. Lekin jamiyat 
taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb 
e`tirof etgan. 
Pulning iste`mol qiymati shuki, u o`z funksiyasini bajarib 
iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). Pulning 
qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish 
qobiliyati, ya`ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish 
mumkinligi tushuniladi. 
Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib 
chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, 
balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga 
bog’liq, narxlar ko`tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va 
aksincha. 
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng 
tushunarli hamda eng murakkabi bo`lib hisoblanadi. 
Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan 
bog’liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi 
kuchlardan biri pul bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi. 


22 
Taniqli 
davlat 
arboblaridan 
biri 
ta`kidlaganidek, 
«Davlatning salohiyati uning harbiylari yoki zambaraklarining 
qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan 
belgilanadi. 
Bunga 
shuni 
qo`shimcha 
qilish 
mumkinki, 
korxonaning mavqei unda necha kishini ishlashi, ishlab 
chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy 
barqarorligi bilan belgilanadi». 
Yaxshi 
ishlayotgan 
pul 
tizimi 
jamiyatning 
barcha 
imkoniyatlaridan to`liq foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha 
yomon ishlayotgan pul tizimi pul muomilasini izdan chiqarib 
ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar, iqtisoddagi 
bandlikka va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga 
salbiy ta`sir ko`rsatadi. 
Tarixiy manbalarga ko`ra birinchi qog’oz pullar XII – asrda 
Xitoyda chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush 
tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qog’ozdan pul 
sifatida foydalangan. Umuman tarixda birinchi tangalar VII – asrda 
kichik Osiyodagi Lidiya mamlakatida zabt etilgan. K.Marks, 
A.Smit va D.Rekrdolarning tadqiqotlariga tayangan hoda pulni 
vujudga kelish jaryonini qiymatning quyidagi shakllari bilan 
bog’laydi: 
1. Qiymatni oddiy yoki tasodifiy shakli. 
Bu tovar ishlab chiqarishning dastlabki davriga to`g’ri kelib 
tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan. Bunda mahsulot 
ayriboshlash uchun ishlab chiqarilmagan, lekin uni ortiqchasi 
tasodifiy shaklda ayirboshlangan. Tasodifiy ayirboshlash mehnat 
mahsulotining tovarga aylanganligini ifodalaydi. Ayriboshlash 
natijasida tovar mahsuloti o`ziga teng qiymatli ekvivalent 
mahsulotga ayriboshlanadi. Ayriboshlash jarayonida iste`molni 
qondirish birinchi darajali masala, tovarlar qiymatini taqqoslash 
esa ikkinchi darajali masala sifatida qaralgan. Masalan, 1 bolta = 
20 kg don. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin