Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Inflyatsiyaning makroiqtisodiy o`sish sur`atlariga ta`siri



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

6.5. Inflyatsiyaning makroiqtisodiy o`sish sur`atlariga ta`siri.
Inflyatsiya asosan uch yo`nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi 
yo`nalishda mahsulotlar, ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan 
narxlarni asossiz ravishda o`sib ketishi tufayli pul qadrsizlana 
boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid qilish qobiliyati 
tushib ketadi. Ikkinchi yo`nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan 
milliy valyutanign kursi pasayib ketadi. Buning natijasida xo`jalik 
yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy 
valyutalari (AQSH dollari, evro, shveytsariya franki va boshqalarni) 
jamg’ara boshlaydi. Uchinchi yo`nalishda oltinga bo`lgan milliy pul 
birligida ifodalangan narx ko`tarilib ketadi. Buning natijasida 
mamlakat aholisi o`rtasida oltinning to`planib qolishi, ya`ni 
tezavratsiya amalga oshadi. 
Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari. 
Inflyatsiya yuzaga chiqish shakllari 
Mahsulotlar va 
xizmatlarga 
narxni o`sishi 
natijasida pulning 
qadrsizlanishi 
Milliy pul 
birligining 
xorijiy 
valyutaga 
nisbatan kursini 
tushishi 
Oltin va xorijiy 
valyutaning 
milliy 
valyutadagi 
narxini 
ko`tarilishi 
Milliy pul 
birligining 
xarid qilish 
qobiliyatini 
pasayishi 
Aholi va 
xo`jalik 
sub`ektlarida 
xorijiy 
valyutaning 
jamg’arilishi 
Mamlakat 
aholisida 
oltinning 
to`planishi 
(tezavratsiya) 
6.7.-rasm. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari
1
1
Чизма муалллиф томонидан ишлаб чиқилган


120 
2018 yilda inflyatsion jarayonlarning shakllanishiga ta`sir 
ko`rsatgan makroiqtisodiy sharoitlar o`tgan yillardagi sharoitlardan 
keskin farqlandi. 
Oldingi yillarda byudjetning ob`yektiv ahamiyatdagi xarajatlari 
(faqat profitsit bilan ijro etish maqsadida) qisqartirilishi yoki zarur 
darajada shakllantirilmasligi hal etilishi lozim bo`lgan ijtimoiy-
iqtisodiy muammolar to`planib qolinishiga va bugungi kunda ularning 
kechiktirmasdan echilishi zaruriyatini tug’dirmoqda. 
2018 yilda byudjet defitsiti YAIMga nisbatan 1,2 foizni tashkil 
etishi kutilmoqda va bu, o`z navbatida, ko`zda tutilgan barcha 
xarajatlarning to`liq hajmda amalga oshirilishini anglatadi. Bunday 
sharoitda byudjet siyosati iqtisodiyotda yalpi talabni oshirish orqali 
inflyatsiyaga bosimni vujudga keltiradi. 
6.8.Rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari 
asosida Markaziy bank hisob-kitoblari. 
Mazkur yilda ichki bozorda, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari 
bozorida raqobat muhitining birmuncha yaxshilanganligi ko`zga 
tashlandi va bu ma`lum bir mahsulotlarning mavsumiy etishmasligi 
natijasida yuzaga keladigan narxlar oshishining import hisobiga oldini 
olish imkonini berdi. Bunda almashuv kursining nisbatan barqarorligi 
hamda ba`zi yuqori talabga ega tovarlar uchun import bojlarining 
bekor qilinishi va respublikaning chegara oldi hududlarida savdo 
faoliyati erkinlashtirilganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, 


121 
2018 yilda shakar, kartoshka, o`simlik yog’i, shaxsiy gigiena va 
tozalash vositalari hamda maishiy texnika kabi tovarlar narxlari o`tgan 
yillarga nisbatan barqaror bo`lganligini keltirish mumkin. 
SHuningdek, 2018 yilda yuqori investitsion talab yoki qurilish 
ishlari hajmi ortishi natijasida qurilish mollari narxlari keskin oshishi 
kuzatildi. 2018 yilning sentyabr’ oyida qurilish mollari narxi yillik 
hisobda 25,8 foizga oshgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2017 yilning shu 
davrida 8,3 foizni tashkil etgan. 
Bundan 
tashqari, 
2018 
yilda 
inflyatsiya 
darajasining 
shakllanishida yangi sharoit sifatida davlat tomonidan ma`muriy 
tartibga solinadigan tovar va xizmatlar narxlarini erkinlashtirish 
siyosatining boshlanishi inflyatsiyaning joriy holati va o`rta muddatli 
istiqboldagi kutilmalarga tegishli ta`sirini ko`rsatdi. 
Narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida ma`muriy 
tarzda tartibga solinadigan tovar va xizmatlar narxlarini ularning 
ishlab chiqarish tannarxidan past bo`lmagan darajada oshirilishi talab 
etiladi. 
Bunda 
narxlar 
erkinlashtirilishi 
va 
raqobat 
muhiti 
shakllantirilishi natijasida inflyatsion bosim vaqt o`tishi bilan kamayib 
boradi. Misol tariqasida 2018 yil sentyabrida amalga oshirilgan 
birinchi navli bug’doy uni va undan tayyorlanadigan qolipli non 
(buxanka) narxlari oshirilishini keltirish mumkin. 
Markaziy bank pul-kredit siyosati bo`yicha qarorlar qabul qilishda 
va o`z maqsadlarini belgilashda iste`mol narxlari indeksi bo`yicha 
hisoblangan inflyatsiya darajasini tahlil va prognoz qilib boradi. 
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyani o`rganishda iste`mol narxlari 
indeksidan tashqari yalpi ichki mahsulot (YAIM) deflyatoridan ham 
keng foydalaniladi. 
YAIM deflyatori hisoblash metodologiyasi, qamrovi va 
shakllanish sabablari bo`yicha iste`mol narxlari indeksidan farq qilsa-
da, iqtisodiyot tarmoqlaridagi umumiy narxlar o`zgarishini o`zida aks 
ettirganligi va kelgusida mazkur omillarning iste`mol narxlari indeksi 
bo`yicha hisoblanadigan inflyatsiya darajasiga ta`siri yuqoriligini 
inobatga olib, Markaziy bank YAIM deflyatorini ham muntazam tahlil 
qilib boradi. 
2018 yilda YAIM deflyatori dinamikasida sezilarli o`sish 
kuzatildi. Xususan, 2017 yilning yakuni bo`yicha YAIM deflyatori 
inflyatsiya darajasiga yaqin bo`lgan bo`lsa, 2018 yilning 9 oyi yakuni 
bo`yicha inflyatsiyadan 2 barobarga yuqori bo`ldi. 


122 
Mazkur davrda valyuta almashuv kursi deval’vatsiyasi hisobiga 
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi sub`ektlarda mahsulot 
va xizmatlar nominal hajmining oshishi YAIM deflyatorining keskin 
o`sishiga sabab bo`ldi. Jumladan, oldingi chorakka nisbatan tog’-kon 
sanoati, 
qurilish, 
transport 
va 
aloqa 
sektorlarining 
YAIM 
deflyatoridagi hissasi 3 barobarga ortdi (2-rasm). 
6.9-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida 
Markaziy bank hisob-kitoblari. 
2018 yilning 3-choragiga kelib YAIM deflyatori 31,6 foizga teng 
bo`ldi. Uning pasayishiga asosan deval’vatsiya effektining kamayib 
borishi va almashuv kursining barqarorligi ta`sir ko`rsatdi. 
Deflyatorning YAIMning xarajatlar tarkibi bo`yicha tahlili 2018 
yildagi o`sish asosan yalpi qo`yilmalar deflyatori keskin oshishi 
evaziga 
shakllanganligini 
ko`rsatmoqda, 
bu, 
o`z 
navbatida, 
iqtisodiyotga xorijiy valyutadagi investitsiyalar hajmining ortishi va 
milliy valyuta almashuv kursining deval’vatsiyasi bilan izohlanadi (2-
rasm). Tahlillarga ko`ra, deval’vatsiyaning deflyatorga ta`siri 2019 yil 
birinchi choragiga qadar kuzatilishi kutilmoqda. 
YAkuniy xarajatlar deflyatorlarida ham sezilarli o`zgarishlar 
kuzatildi. Jumladan, 2018 yil boshidan davlat tashkilotlari xarajatlari 
deflyatori tez sur`atda ortib borib, sentyabr’ oxiriga 38 foizgacha 
ko`tarilishi 
kuzatildi. 
Bunga 
byudjet 
tashkilotlari 
oyliklari 


123 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin