Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 275
w www.oriens.uz February 2022 manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida ham korrupsiyaga qarshi
kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga
qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanganligi alohida
qayd etildi.
Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan
Prezidentimiz qarori bilan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika
idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va
ularning hududiy boshqarmalarida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda
korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish,
ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf
etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda [5,6].
Qonundan ko‘zlangan maqsad - korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion
huquqbuzarlik”, va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi “O‘zbekiston
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5729-sonli Farmoni asosida 2019 yil 1-avgustdan
boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy ta’lim sohasida “korrupsiyasiz soha”
loyihasini amalga oshirish belgilab qo‘yilganligi mamlakatda kechayotgan har
qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda ta’limga bog‘liqligini ko‘rsatadi
[3].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi “O‘zbekiston
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF–5729-son Farmoni bilan 2019-2020 yillarda
korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Bundan tashqari Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya
tuzildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida
muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va
huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni
shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.