Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 273
w www.oriens.uz February 2022 oqibatlari va oldini olish yo‘llari”) larning asarlari, monografiyalari, risolalari, ilmiy-
uslubiy maqolalarida o‘rganilgan.
Mazkur maqolada o‘rganilayotgan muammo ilmiy tadqiqotning siyosiy-huquqiy
tahlil, qiyosiy tahlil, mantiqiylik, ilmiylik va xolislik metodlari asosida yoritilishiga
harakat qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR. Barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va
manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati
ochiqligini,
jamoat
va
parlament
nazoratini
ta’minlash
mexanizmlari
takomillashtirildi.
Albatta, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi
mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Korrupsiyaga qarshi
kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3
martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy
faoliyat sohasidagi poraxo‘rlik, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste’molchiliklarga qarshi
kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi; 1994 yil 11 maydagi “Xususiy
mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa
ko‘rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi; 1997 yil
28 maydagi “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish
ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini
ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
2008 yilda BMTning 2003 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish»
Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu konvensiyaga O‘zbekiston
Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi katta ahamiyat kasb
etmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy
mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi
tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik
to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat
to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularning
bari tom ma’noda davlatimiz tinchligini va xalq farovonligining huquqiy garovidir.
Qonunchilik tahlili korrupsiya bilan bog‘liq qilmishlarga qarshi kurashish
faoliyatining huquqiy asoslari ko‘proq O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
Jinoyat kodeksida o‘z ifodasini topgan. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin.