33
5-§ TURKISTON JADIDCHILIK HARAKATIDA TA’LIM VA
TARBIYA
«Jadid»
sо‘zi arabcha sо‘z bо‘lib,
«yangi», «jadidchilik»
esa yangilik
tarafdorlari degan ma’noni bildiradi. 19 asr oxiri 20 asrning boshlarida Turkistonda
chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida о‘lkada jadidchilik xarakatining
vujudga kelishiga sabab bо‘ldi. Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va
boshqa о‘lkalarda siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar о‘z davrining eng
ilg‘or kishilaridir.Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan qat’iy
nazar, yangilik, taraqqiyot, ma’rifat va madaniyat tarafdori bо‘lib chiqdilar.
Turkistonlik jadidlar ona Vatanlarini mustaqil, ozod holda kо‘rishni
о‘zlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Milliy ozodlik kurashida qurol kuchi
bilan muvaffaqiyat qozonib bо‘lmasdi. Shu bois ular milliy istibdodga tushib
qolishlarining sabablarini tahlil qilib, bularning tub ildizlari yо‘q qilib tashlash
lozimligini anglab yetdilar. Natijada jadidlarining hamma narsadan oldin halqqa
ma’rifat berish lozim degan g‘oyasi yuzaga keldi. Jadidlar 1906 yildayoq
«Taraqqiyot» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, о‘z g‘oyalarini tarata
boshladilar. Turkistonning turli shaharlarida jadid maktablari ochilib, ularda diniy
ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar jumladan tabiat haqidagi bilimlar ham
targ‘ib qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bо‘lib, ular
shu qurol yordamida о‘lkada ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun
kurashmochi bо‘ldilar. Jadidlar о‘z ezgu orzularini, faqat maktab, ma’orif va ta’lim
tarbiyani tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish
mumkin, deb bildilar.
Jadidlar ma’rifati haqida gap ketganda dastlab qirimlik Ismoil Gaspirinskiyni
tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari orasida birinchi
Dostları ilə paylaş: