3- mavzu: Kasbiy motiv va motivatsiya. O’quv faoliyati motivlari. Asosiy savollar



Yüklə 152,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü152,19 Kb.
#167179
  1   2   3


3- mavzu: Kasbiy motiv va motivatsiya. O’quv faoliyati motivlari. 
Asosiy savollar 
1.Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
2.O’quv faoliyati va kasb motivatsiyasi.
3.O’quv faoliyati motivlari to’g’risida mulohazalar.
 
 
O’quv mashg`ulotining maqsadi:
kasbga yo’naltirish tushunchasining mazmun
mohiyati, kasbga yo’naltirish sohasidagi me`yoriy-huquqiy asoslarini ta`minlash, O’zbekiston 
respublikasida aholini kasbga yo’naltirish va kasb tanlash muammolari, kasb tanlash jarayonida 
psixologik qo’llab-quvvatlash haqidagi bilim, ko’nikma, malakalarini shakllantirish 
Kalit so’zlar: 
Kasb faoliyat, Kasbiy psixologiya, Ontogenez, Kibernetika, Genetik metodga, Tadqiqot 
ietodi haqida tushuncha. Tashkiliy metodlar guruhi. Kuzatish. Eksperiment. Sotsiometriya. 
So‘rovlar. Empirik metodlar. Suhbat. Anketa. Test metodi. Ma’lumotlarni qayta ishlash, izohlash 
 
1-savol bayoni 
Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Shaxsning 
jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqyiham sababsiz, o’z-o’zidan 
ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulqatvorini tushuntirish uchun 
psixologiyada “motiv” va “motivasiya” tushunchalari ishlatiladi.
“Motivasiya” tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. 
Motivasiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi 
psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish 
kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat 
yo’lida?” degan savollarga javob qidirish – motivasiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning 
motivasion tasnifini yoritishga olib keladi. 
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: ichki sabablar, 
ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, 
ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar); tashqi sabablar – faoliyatning 
tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab 
bo’ladigan tashqi stimullardir. 
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarishodatda shaxsiy 
dispozisiyalar ham deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. 
Ya’ni, ba’zan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga 
nisbatan shakllangan munosabatning xaqiqiy sababini o’zi tushunib yetmaydi, “Nega?” degan 
savolga “O’zim ham bilmay qoldim, bilmayman”, deb javob beradi. Bu anglanmagan 
dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning 


barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo’ladi, 
ya’ni, dispozisiya anglangan, ongli hisoblanadi. 
Shu nuqtai nazardan motiv – konkrketroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu hulq
–atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. 
Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari 
borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir dam 
o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi
ajablanarliki, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha
bo‘ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘ziga ham o‘zidagi holat, kayfiyatga bog‘liq holda bir 
xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham 
odamning ayni paytdagi real haarakatlarini o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi
stimullarga uning bergan bahosi yoki reaktsiyalari sifatida qaramay, balki unda shunga 
o‘xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik – dizpotsiyaning mavjudligi bilan
tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs hulqining motivatsiya turli sharoitlardan 
orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’siri 
shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida:
«Materiallarning qarshiligi» nomli kurs bor deylik. Shu kursni o‘zlashtirish va unday
sinovdan o‘tish ko‘pchilikka osonlikcha ro‘y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq yosh
talabalarga shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta,
bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o‘qituvchi o‘ta talabchan, qattiqqo‘l va hokazo degan.
Bunday motivatsiya mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret
shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va
tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o‘z vaqtida
darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin 
dars yo‘q va u qachon shu semetr tugashini kutib harakat qiladi. Har qanday motivlarning orqasida 
shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo 
bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‘ladi. 
Misol uchun talabaning o‘quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish,
qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida,
masalan, bog‘cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar,
daftar va boshqa o‘quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u 
yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o‘zi, bola uchun motiv o‘rnini bosadi. Yana
bir oddiy misol qo‘lingizda kitob bor. Siz holi uni o‘qishni boshlamadingiz. Lekin o‘qish
istagi bor, bu istakning ortida esa o‘sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji
turadi. Rus olimi R.Nemov. shaxsdagi motivatsion soxasi qo‘yidvagicha tasavvur qiladi.



Yüklə 152,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin