3-mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi zuluklar va mollyuskalar.
Parazit bo’g’imoyoqlilar.
Mavzu rejasi:
1.
Bo‘g‘imoyoqliklar tipiga kiruvchi parazitlarning umumiy tavsifi va tasnifi.
2.
Parazit qisqichbaqasimonlarning tuzilishi, ko‘payishi va baliqchilik
xo‘jaliklariga keltiradigan zarari.
3.
Parazit o‘rgimchaksimonlarning tuzilishi, ko‘payishi, tarqalishi va keltiradigan
zarari.
4.
Parazit kanalar, ularning tuzilishi, tarqatadigan kasalliklari va ularni oldini
olish choralari.
Tayanch so‘zlar: xitin, sklerit, tullash, gemolimfa, traxiya, xelitsera, pedipalplar,
malpigi, papulalar, nimfa, kopulyatsiya, stigmalar, imago, spiroxetoz, gnatostoma,
idnosoma.
Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi hayvonot olamida turlarining ko‘pligi
jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Ayni vaqtda ularning 1500000 ga yaqin
turi fanga ma’lum. Bo‘g‘imoyoqlilar evolyusiya taraqqiyoti jarayonida turli muhit
sharoitda yashashga moslashgan hayvonlar hisoblanadi. Ular dengiz va okeanlarda,
chuchuk suv havzalarida, tuproq usti va ichida, havoda yashaydi. Bir qancha turlari
esa odam va hayvonlarda parazitlik qilib yashaydi.
Bo‘g‘imoyoqlilarning eng xarakterli belgisi gavda va undagi o‘simtalarni
bo‘g‘imlarga bo‘linganligidir. Gavdasi xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikula
ularni mexanik shikastlanishdan saqlaydi va muskullar birikadigan tashqi skelet
vazifasini bajaradi. Bo‘g‘imoyoqlilarning gavdasi uch bo‘limdan, ya’ni bosh,
ko‘krak va qorindan iborat.
Ovqat hazm qilish organlari oldingi, o‘rta va orqa ichaklarga bo‘linadi.
Oziqlanish usullariga qarab og‘iz apparatlari har xil tipda tuzilgan. Nerv sistemasi
bosh miya va qorin nerv zanjiri tipida tuzilgan bo‘lib, funksional jihatdan yuqori
darajada ixtisoslashgan.
Bo‘g‘imoyoqlilar ayrim jinsli. Ular yashash tarziga qarab teri, jabra, o‘pka
va traxeya orqali nafas oladi.
Bo‘g‘imoyoqlilar
tipida
parazit
turlari
asosan
hasharotlar,
o‘rgimchaksimonlar va qisman qisqichbaqasimonlar sinflari ichida uchraydi.
Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata)
kenja tipining yagona sinfi bo‘lib, ularning deyarli hammasi suv hayvonlari
hisoblanadi. Gavdasi bosh, ko‘krak va qorin qismiga bo‘lingan, hamda ustki
tomondan xitinli kutikula bilan qoplangan. Bosh qismida 5 juft o‘simtasi bo‘lib,
birinchi jufti – antenulla, ikkinchi jufti – antenna deb ataladi. Keyingi 3 jufti og‘iz
oyoqlari hisoblanadi. Ko‘krak va qorin qismidagi oyoqlar soni turkumlariga qarab
har xil bo‘ladi.
Qisqichbaqasimonlar deyarli ayrim jinsli, ovqat hazm qilish, ayirish va qon
aylanish sistemalari mavjud. Jabralar yoki teri orqali nafas oladi.
Qisqichbaqasimonlarning ayirim turlari parazitlik bilan yashashga o‘tgan,
shunga ko‘ra ularda gavdasining ko‘rinishi va tuzilishi tubdan o‘zgarib ketgan va
tashqi ko‘rinishi bo‘yicha mutlaqo qisqichbaqasimonlarga o‘xshamaydi. Parazit
turlari ayniqsa kurakoyoqlilar (Copepoda, - 1000 dan ortiq turi bor), karpxo‘rlar
(Branchiura, 130 ta turi bor), mo‘ylovoyoqlilar (Cirripedia, 54 ta turi bor) va
tengoyoqlilar (Isopoda, 430 ta turi bor) turkumlari orasida keng tarqalgan.
Kurakoyoqlilar (Copepoda) turkumiga kiruvchi bir qancha turlari har xil
hayvonlarda, ko‘proq baliqlarda parazitlik qiladi. Parazitlik qilib hayot kechirishi
munosabati bilan bunday qisqichbaqasimonlarning tana tuzilishi turli darajada
o‘zgarishga uchragan. Baliqlarning jabralarida sikloplarga o‘xshaydigan Ergasilus
va tashqi ko‘rinishi boshqa qisqichbaqasimonlardan farq qiladigan Lamproglena va
Achteres parazitlik qiladi.
Parazit kurakoyoqlilar baliqlarda ektoparazitlik qilishdan tashqari,
ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlar (marjonpoliplar, xalqali chuvalchanglar,
mollyuskalar) va boshqa tur qisqichbaqasimonlarda va ninaterililarda ham
tekinxo‘rlik qilib hayot kechiradi.
Parazit kurakoyoqlilar parazitlik qilib yashash sharoiti ta’sirida o‘ziga xos
moslamalar hosil qilgan. Ularning antenulla va antennalari xo‘jayin organlarga
yopishib olish va uning to‘qimalaridan shiralarni so‘rib olishga turlicha
moslashgan. Parazit kurakoyoqlilarning ba’zi erkin yashovchi kurakoyoqlilarga
o‘xshashligi bir muncha saqlangan. Boshqa parazit kurakoyoqlilarda tanasining
tuzilishi shu qadar ko‘p o‘zgarganki, ularni kurakoyoqlilar emas, balki
qisqichbaqasimonlar sinfi vakillari ekanligini bilib bo‘lmaydi. Masalan, treska
baliqlarining jabralarida Lernaeocepa branchialis degan parazit yashaydi. Baliq
jabrasiga yopishib olgan parazit gavdasining shakli uzun xaltaga o‘xshaydi. Jinsiy
bezlarining rivojlanganligidan gavdasi shishib turadi. Oyoqlari bo‘lmaydi.
Gavdasining oldingi uchida esa yopishish organlari bor, bu organlar shoxlanib
ketgan ildizlarga o‘xshaydi. Bu hayvonning rivojlanishi o‘rganilgandan keyingina,
uning kurakoyoqli qisqichbaqalarga kirishi ma’lum bo‘ldi. Karp biti yoki karpxo‘r
qisqichbaqasimonlar karp balig‘ining ektoparaziti hisoblanadi. Gavda tuzilishi
tubdan o‘zgargan. Boshko‘kragi yaxlit. Faqat qorin qismining uchi erkin holatda.
Gavda o‘simtalaridan so‘rg‘ichlar va boshqa yopishuvchi organlar hosil bo‘lgan.
Parazitlikda hayot kechirish sharoiti karp bitining ichki tuzilishini
o‘zgarishiga ham olib kelgan. Jumladan, o‘rta ichak shoxlangan bo‘lib, unda faqat
oziq moddalarni zaxira qilib oladi. Karp bitining 60 dan ortiq turi baliqlardan
tashqari mollyuskalar va amfibiyalarda parazitlik qiladi.
Kurakoyoqlilar baliqlarning terisi, jabrasi, ko‘zlari va og‘iz bo‘shliqlarida
yopishib yashab, xilma-xil jarohatlarni hosil qiladi. Natijada baliqlarning teri, jabra
va muskullari shishib ketadi. Jabrada qon aylanish va nafas olish funksiyalari
buziladi. Jarohatlangan joydan qon oqishi yoki o‘sha joydan har xil mikroblarning
organizmga kirishi sodir bo‘ladi. Parazitlar bir necha yuztadan 3000 tagacha
uchraydi. Ular baliqlarni mexanik jarohatlashdan tashqari, o‘zlaridan har xil
toksinlar ajratib baliqlarni zaharlaydi. Kasallangan baliqlar ozib, ayniqsa, yosh
baliqlar qirilib ketadi.
Xelitseralilar (Chelicerata) kenja tipiga 40000 dan ortiq tur kiradi. Ularning
deyarli hammasi quruqlikda yashashga o‘tgan. Gavda tuzilishi bo‘g‘imoyoqlilarga
xos belgilarni saqlab qolgan. Odatda tanasi boshko‘krak va qorin qismlaridan
iborat. Boshko‘krak qismidan olti juft o‘simtalar chiqqan: jumladan, bir juft
xelitsera, bir juft pedipalp va to‘rt juft yurish oyoqlari. Qorin qismida o‘simtalar
bo‘lmaydi, uchragan taqdirda ham ular har xil rudiment organlar yoki teri
o‘simtalardan iborat bo‘ladi.
Xelitseralilar kenja tipi uchta sinfga bo‘linadi: qilichdumlilar (Xiphosura),
ulkan qalqondorlar (Gigantostraca) va o‘rgimchaksimonlar (Arachnida).
Parazit turlari asosan o‘rgimchaksimonlar sinfida uchraydi.
Œrgimchaksimonlar (Arachnida) sinfining deyarli hammasi quruqlikda
yashashga o‘tib, har xil sharoitlarda hayot kechirishiga moslashgan. Bu sinf ichida
kanalar turkumi vakillari xaqiqiy parazitlar hisoblanadi.
Œrgimchaksimonlar sinfining tasnifi hali uzil kesil hal etilmagan.
Adabiyotlarda bu sinfni 9-13 turkumga, jumladan kanalarni uchta turkumga
bo‘lishadi. Lekin ko‘pchilik tadqiqotchilar kanalarni bitta turkumdan iborat deb
e’tirof etishadi.
Kanalar (Acari) turkumi vakillarini o‘rganuvchi fan akarologiya deb ataladi.
hozirgi vaqtda kanalarning 30 mingga yaqin turi ma’lum. Kanalarning aksariyati
odam va har xil hayvonlarning ektoparazitlari bo‘lishi bilan bir qatorda, ular xilma-
xil havfli kasalliklarni ham tarqatadi. Parazitlik hayot sharoiti ularning tuzilishini
o‘zgarishiga olib kelgan. Jumladan, boshko‘krak qoringa butunlay qo‘shilib
ketgan, xelitseralari va pedipalplari sanchib so‘ruvchi xartumga aylangan va
gavdaning oldingi uchida bo‘rtib chiqib turadigan “boshcha”sini hosil qilgan.
Kanalar metamorfoz yo‘li bilan rivojlanadi, ya’ni tuxumdan to‘rt juft o‘rniga atigi
uch juft yurish oyoqlari bo‘lgan lichinga chiqadi. Lichinka rivojlanadi va tullab
to‘rt juft oyoqli nimfa davriga o‘tadi. Nimfa 1-3 marta po‘st tashlab, jinsiy yetuk
kana – imagoga aylanadi. Kanalar 6 oydan 25 yilgacha yashaydi.
Kanalarning 800 dan ortiq turi o‘simliklarda parazitlik qiladi. 50 dan ortiq
turi esa tasmasimon chuvalchanglarning rivojlanish siklida oraliq xo‘jayin
hisoblanadi.
Kanalar odam va hayvonlarning terisiga yopishib, qonini so‘radi, mexanik
jarohatlab, yaralar hosil qiladi, zaharli so‘laklarini organizmga yuborib zaharlaydi
va kuchli bezovtalanishga olib keladi. Qichima, ya’ni qo‘tir kanalari esa terida
kuchli qichishni vujudga keltirib, organizmni darmonsizlantiradi. Kanalar vujudga
keltirgan yaralar orqali har xil mikroblar ichkari kirib, boshqa kasalliklarni keltirib
chiqaradi. Ayniqsa chorva mollari va parrandalar kanalardan ko‘p azob chekib,
ularning mahsuldorligi pasayadi, rivojlanishdan orqada qoladi, yosh mollar
ko‘pincha qirilib ketadi.
Kanalar turkumi vakillari morfologik va biologik xususiyatlariga ko‘ra bir
nechta oilaga bo‘linadi. chorva mollariga, parrandalarga va odamlarga ziyon
yetkazuvchi parazit kanalarga asosan iksod kanalar, argaz kanalar va qichima
kanalar oilalari kiradi.
Iksod kanalar (Ixodidae) oilasi vakillari eng yirik kanalar hisoblanib, jinsiy
voyaga yetganlarining kattaligi 4-5 mm dan 2-3 sm gacha boradi. Tanasi
bo‘g‘imlarga bo‘linmagan. Oziqlanish darajasiga ko‘ra ularning katta-kichikligi,
gavdasining shakli va rangi o‘zgarib turadi. Och kanalar yassi va uzunchoq, oval
shaklida, ranglari esa och sariq, sariq-qo‘ng‘ir, qoramtir, hatto qora tusli bo‘ladi.
Qon so‘rib to‘ygan urg‘ochi kanalar kul rang va och sariq tusga kiradi.
Tanasining ustki qismi xitin qoplag‘ichi bilan qoplangan. Mazkur qoplag‘ich
erkagining tanasini ustki tomondan boshdan-oyoq qoplagan bo‘lib, unga dorzal
qalqoncha deyiladi. Urg‘ochilarida qalqoncha tananing faqat oldingi uchini qoplab
turadi. Shunga qarab erkak kanalarni urg‘ochilaridan oson farq qilish mumkin.
Iksod kanalarning gavdasi ikki qismdan: xartumli “boshcha” – gnatosoma va
haqiqiy tana – idiosomalardan iborat. Gnatosoma haqiqiy tanaga terminal
tutashgan va oldingi tomonga turtib chiqib turadi. Xartumning tarkibiy qismiga
gipostom, xelitseralar va boshqa bo‘g‘imli pedipalplar kiradi. Gipostom pastki
jag‘dan iborat bo‘lib, xartum asosining o‘rta qismidan oldinga qarab yo‘nalgan.
Uning yuzasi orqaga qayrilgan tishchalar bilan qoplangan. Gipostomning o‘tkir
tomoni xelitseralar bilan birga xo‘jayin tanasini teshishda ishtirok etadi.
Xelitseralar gipostomning uchida joylashgan. Xelitseralar yordamida kana
o‘z xo‘jaynining terisida jarohat hosil qiladi.
Pedipalplar sezish organlari vazifasini bajaradi. Kanalar u bilan teri ustini
paypaslab, xartumini qadaydigan joyni tanlaydi.
Idiosomada 4 juft olti bo‘g‘imli oyoqlar joylashgan. har bir oyog‘ining
oxirgi bo‘g‘imida qayrilgan bir juft o‘tkir tirnog‘i bor, ularning asosida esa so‘rish
yostiqchasi joylashgan. Qorin tomonida uchinchi juft oyog‘i bilan bir qatorda
ko‘ndalang jinsiy teshigi joylashgan bo‘ladi. To‘rtinchi juft oyoqlarining asosidan
har ikki tomonga stigma – nafas olish teshigi ochiladi. Ko‘pgina iksod kanalarda
ko‘zlari bo‘ladi. Shuningdek, maxsus hid bilish, eshitish organlari ham mavjud.
Iksod kanalarining individual rivojlanishi bir necha davrdan iborat: tuxum,
lichinka, nimfa va imago. Bu davrlar bir-biridan morfologik tuzilishi va biologik
xususiyatlariga ko‘ra tubdan farq qiladi.
Kanalar ayrim jinsli. Tuxum qo‘yib rivojlanadi. Bitta urg‘ochi kana 3-4
mingdan 10-17 mingtagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumlari mayda, ko‘pincha oval
shaklida va sariq tusli bo‘ladi. Iksod kanalarning tuxum qo‘yish faolligi va
urg‘ochilarining qon so‘rishi tashqi muhit omillari bilan bevosita bog‘liq. Faqat
qon bilan oziqlangandan keyingina tuxum qo‘yadi.
Urg‘ochi kana urug‘lanib, xo‘jayin qonini so‘rib to‘ygandan keyin tashqi
muhitga chiqib, tuxumlarini tuproqqa qo‘yadi. Iksod kanalarining urg‘ochilari
hayotida bir marta tuxum qo‘yadi va keyin halok bo‘ladi. Tuxumdan juda mayda
olti oyoqli lichinkalar chiqadi. U xo‘jayiniga yopishib qonini so‘rib tullaydi.
Tashqi ko‘rinishi ona kanaga o‘xshagan 8 oyoqli nimfaga aylanadi. Voyaga
yetmagan lichinka hamda nimfaning jinsiy teshigi, lichinkalarining esa nafas olish
organlari bo‘lmaydi, ular butun tanasi yuzasi orqali nafas oladi. Nimfa davrida esa
tanasining ikki yon tomonidagi 4-juft oyoqlarining yonida joylashgan stigma bilan
tugovchi traxeya orqali nafas oladi. Nimfalar ma’lum vaqtdan keyin oziqlanib
to‘ygach, tullab jinsiy voyaga yetgan erkak va urg‘ochi kanalarga aylanadi.
Rivojlanish sikli xilma-xil kanalarda bir necha oydan 3-4 yilgacha davom etadi.
Kanalar lichinka va nimfa davrlarida ko‘pincha kemiruvchilar,
hasharotxo‘rlar, qushlar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi. Jinsiy voyaga
yetgan davrida esa yirik hayvonlar, ya’ni har xil uy va yovvoyi tuyoqlilar, it, tulki
va quyonlarning qoni bilan oziqlanadi.
Kanalar har gal tullagandan keyin xo‘jayini qonini so‘rib yashaydi, shu
vaqtda kana gavdasini qoplab olgan xitin bir muncha qattiqlashadi.
Ayrim lichinkalar, och qolgan nimfa va imagolar o‘tlarga yopishib harakat
qiladi. Ular orqa oyoqlari bilan o‘tlarga yopishib oladi va oldingi bir juft oyoqlarini
yuqoriga ko‘tarib, tebranib turadi. Kanalar eshitish organlari yordamida o‘z
xo‘jayini yaqinlashayotganini sezadi va unga tashlanadi. Bunda u oyoqlari
yordamida teriga yopishib, xartumi bilan terini teshadi.
Kanalarda o‘z xo‘jayini qonini so‘rish muddati, ularning rivojlanishiga
qarab 3-10 kun davom etadi. Erkak kanalar urg‘ochilariga qaraganda kamroq qon
so‘radi.
Kanalar rivojlanish davrida xilma-xil tabiiy sharoitda yashab qishlashi
mumkin. Kuzda qo‘ygan tuxumlari qishlaydi, undan kelgusi yil bahorda lichinka
chiqadi. Ayrim tur kanalar jinsiy voyaga yetganda xo‘jayini tanasida qishlaydi va
shu organizmda rivojlanadi. Erkak kanalar urg‘ochilariga qaraganda xo‘jayini
tanasida uzoq yashaydi. Odatda erkak kanalar bir joydan ikkinchi joyga o‘tib
urg‘ochi kanalarni izlaydi va ularni topib urug‘lantiradi.
Kanalar rivojlanishi va oziqlanishiga ko‘ra bir, ikki va uch xo‘jayinli
bo‘ladi. Bir xo‘jayinli kanalar rivojlanishining hamma fazalarini yerga
tushmasdan, faqat o‘z xo‘jayini tanasida o‘tkazadi. Bir xo‘jayinli kanalarga
Boophilus calcaratus, Hyalomma scupense va boshqalar kiradi.
Ikki xo‘jayinli kanalar birinchi xo‘jayiniga lichinkalik davrida o‘tadi. Uning
tanasida tullab, nimfaga aylanadi. Nimfa qon so‘rib to‘ygandan keyin yerga tushib
tullaydi, so‘ngra imagoga aylanadi. Imago oziqlanish uchun ikkinchi xo‘jayinga
hujum qilib, qonga to‘ygandan keyin yerga tushadi. Ikki xo‘jayinli kanalarga
Rhipicephalus bursa, Hyalomma pulmeum, Hyalomma detrium va boshqalar
kiradi.
Uch xo‘jayinli kanalar uch turdagi hayvon organizmini almashtiradi.
Birinchi xo‘jayinga lichinkalik davrida o‘tib qonini so‘rib to‘ygandan so‘ng yerga
tushadi, tullaydi va nimfaga aylanadi. Nimfa ikkinchi xo‘jayinga o‘rmalab o‘tadi
va uning qonini so‘rib yerga tushadi, tashqi muhitda tullab, imagoga aylanadi.
Uchinchi xo‘jayinga hujum qilib uning qonini so‘radi, so‘ngra tuxum qo‘yish
uchun yerga tushadi. Bunday kanalarga Ixodes, Haemaphysalis, Dermacentop
avlodlari va Philicephalus tipanicus, Hyalomma anatolicum turlari kiradi.
Bir yoki ikki xo‘jayinli kanalarning lichinka va nimfalari mayda yovvoyi
sutemizuvchilar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisobiga yashaydi. Imago
davrida esa yirik uy va yovvoyi hayvonlarning qonini so‘rib oziqlanadi. Iksod
kanalarida rivojlanish sikli ancha mukammalashgan, ular bir fazadan ikkinchi
fazaga o‘tganda bir marta tullaydi. Shuningdek, evolyusion taraqqiyot jarayonida
ular ko‘p xo‘jayinlilikdan bir xo‘jayinlilikka o‘tgan, chunki ko‘p xo‘jayinlilik
kanalarning yashashi uchun noqulay bo‘lgan.
Iksod kanalari bir qancha og‘ir kasalliklarni, ya’ni tayga ensefaliti, toshmali
tif, tulyaremiya, gemorragik isitma, piroplazmoz, babezioz, anaplazmoz, teylerioz
va boshqa ko‘plab kasalliklarni yuqtiradi.
Mol kanasi (Ixodes ricinus)ning imago davridagi xo‘jayini qoramol, ot,
qo‘y, echki, bug‘u, tulki, bo‘ri, quyon, tipratikan va boshqalar hisoblanadi. Mol
kanasi lichinka va nimfa davrida asosan sichqonsimon kemiruvchilar, tipratikan,
sudralib yuruvchilar va parrandalarda parazitlik qiladi. Bu kanalar imago va nimfa
davrida odamga hujum qilishi mumkin. Mol kanasi asosan Yevropa va Osiyodagi
o‘rmon mintaqalarida tarqalgan.
Mol kanasining tanasi oval shaklda, tusi jigarrang. Erkagining tanasi usti
tomondan yaxlit qalin xitinli plastinka - dorsal qalqoncha bilan qoplangan.
Urg‘ochisida qalqoncha tananing faqat old qismini qoplab turadi. Yetilgan mol
kanasining boshko‘krak va qorin qismi bir-biriga bevosita qo‘shilib ketgan. To‘yib
qon so‘rgan kanalarning tanasi hajmiga kattalashishidan tashqari tashqi ko‘rinishi
ham o‘zgaradi. To‘ygan kana tanasining uzunligi 11-12 mm, eni 6-7 mm kelgani
holda, och kananing uzunligi 2-2,5 mm, eni 1-1,5 mm bo‘ladi. Tananing oldingi
uchida bo‘rtib chiqqan “boshchasi” ham bo‘ladi. Mol kanasida jinsiy dimorfizm
juda yaqqol ko‘rinadi. Urg‘ochisi och rangli. Uning dorzal qalqonchasi tanasining
oldingi qisminigina qoplaydi. Mol kanasi uch xo‘jayinli.
Mol kanasi birmuncha sovuqqa chidamli (-20
0
S), hamma rivojlanish fazalari
tabiiy muhitda o‘tadi. Bu kanalarning tabiiy rivojlanish sikli to‘rt yilgacha boradi.
Ular rivojlanish davrida ikki yilgacha ochlikka chiday oladi.
Tayga kanasi (Ixodes persulcatus) tana tuzilishi jihatdan it kanasiga yaqin
turadi. Lekin urg‘ochi it kanasining jinsiy teshigi to‘g‘ri yoki to‘lqinsimon bo‘ladi.
Tayga kanasi uch xo‘jayinli. To‘ygan va urug‘langan urg‘ochi kanalar
o‘rmonlardagi yerga to‘kilgan barglar orasiga kirib tuxum qo‘yadi. Taygada
odamga ham hujum qiladi. ¨sh kanalar mayda sutemizuvchilar va parrandalarda
parazitlik qiladi. Tayga kanasining kattaligi 2,5-4 mm keladi.
Tayga kanasi kana ensefaliti qo‘zg‘atuvchisini tarqatadi. Bu kana
Kamchatkadan janubiy Sibir o‘rmonlarigacha tarqalgan.
Ensefalit kasalligi kanalar orqali yovvoyi hayvonlardan odamga yuqishini
akademik Ye.N. Pavlovskiy va L.A. Zilber 1930 yilda aniqlagan. Kana ensefaliti
odamda juda og‘ir o‘tib, o‘limga olib keladi yoki tana qismlarining falajlanishiga
sabab bo‘ladi. Kana taygadagi sutemizuvchi hayvonlar va parrandalardan virusni
o‘ziga yuqtirib turadi. Virus kana tanasida uzoq vaqt saqlanadi va nasldan-naslga
o‘tadi.
Tayga kanasidan saqlanish uchun odamlar tayga hududlariga borganda uzun
etik, kombinzon kiyib, yengi uchlari rezinka tasma bilan bog‘lanadi. Badanga
kanalarni cho‘chitadigan surtmalar surtiladi.
Dermasentor kanalari (Dermacentor) avlodining MDhda 10 dan ortiq turi
uchraydi. Ular arbiy Sibirda keng tarqalgan.
Dermasentor kanalarning dorzal qalqoni kumush rangli yaltiroq bo‘lishi
bilan xarakterlanadi. Jinsiy voyaga yetgan kananing tanasi oval shaklda.
“Boshchasi” tananing oldingi uchida joylashgan, xartumchasi iksod avlodiga
kiradigan kanalar xartumchasiga nisbatan kaltaroq. Ko‘zlari bor, uch xo‘jayinli.
Imago davrida qoramol, ot, qo‘y, bug‘u, cho‘chqa, tulki, it va boshqa
hayvonlarning qoni bilan oziqlanadi. Lichinka va nimfalari sichqonsimon
kemiruvchilar, hasharotxo‘rlar hisobiga yashaydi. Imagolari 2-3 yilgacha och
yashashi mumkin.
Bu kanalar tulyaremiya, piroplazmoz, tayga ensefaliti, tepkili terlama,
gomosporodioz kabi kasalliklarni yuqtiradi.
ßylov kanalari (Hyalomma) ham iksod kanalarining eng yirik vakillari
hisoblanadi. Qonga to‘ygan urg‘ochi kananing uzunligi 2,5-3 sm ga boradi.
MDhda yaylov kanasining 10 dan ortiq turi tarqalgan.
Xialomma avlodiga kiruvchi kanalar bir, ikki va uch xo‘jayin ishtirokida
rivojlanadi. Urg‘ochilari 4 mingdan 15 minggacha tuxum qo‘yadi. Xialomma
avlodining quyidagi turlari veterinariyada muhim ahamiyatga ega.
Hyalomma scupence rivojlanish sikli bir xo‘jayinda o‘tishi bilan boshqa
turlardan farq qiladi. Bu kana asosan qoramol va qisman ot qoni bilan oziqlanadi.
Ular Shimoliy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida, Œrta Povolje va
Ukrainada tarqalgan. Ular qoramollarga teylerioz, anaplazmoz, otlarga nuttalioz,
cho‘chqalarga piroplazmoz kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradi. Bu kana
tanasida brusellyoz va o‘lat kasali qo‘zg‘atuvchilari ham bo‘lib, undan boshqa
hayvonlarga va odamga o‘tadi.
Hyalomma detritum boshqa yaylov kanalariga qaraganda yirikroq va ikki
xo‘jayinli. Urg‘ochi kana 5-7 mingtagacha tuxum qo‘yadi va bir ikki oydan keyin
ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinka bilan nimfa 10 kungacha qon so‘radi.
Kananing to‘liq rivojlanishi 4 oydan 13 oygacha davom etadi. Lichinkalari 7-8
oygacha, imagolari 6-8 oygacha yashashi mumkin. Bu kana Ozarbayjon, Sharqiy
Gruziya, Armaniston, Turkmaniston, Janubiy Qozog‘iston, Œzbekiston va
Tojikistonning cho‘l va chala cho‘l mintaqalarida uchraydi. Bu kana
qoramollarning teylerioz kasalligini yuqtiruvchilaridan biri hisoblanadi.
Hyalomma anatolicum uncha katta bo‘lmagan uch xo‘jayinli kana, asosan
qoramollarda parazitlik qiladi. Ayrim vaqtlarda ot va boshqa hayvonlarning qonini
so‘radi. Imago, nimfa va ba’zan tuxumlari qishlaydi. 8-10 kungacha yashashi
mumkin. Bu kana ham Markaziy Osiyo respublikalarida tarqalgan. Asosiy zarari
qoramollarga teylerioz qo‘zg‘atuvchisini yuqtiradi hamda listerioz, isitma
qo‘zg‘atuvchilarini o‘z tanasida saqlaydi.
Hyalomma plumbeum gavdasi birmuncha katta bo‘ladi, ikki xo‘jayinli kana.
Urg‘ochilari 10-16 mingtagacha tuxum qo‘yadi. Kananing imagolari qoramol, ot,
eshak, qo‘y, echki, buyvol, cho‘chqa, it, tovuq, va boshqa hayvonlarda parazitlik
qiladi. Lichinka va nimfalari har xil yovvoyi parrandalar, quyon, tipratikan, ba’zan
qoramollar va otlarni qonini so‘radi.
Bu tur kanalar Shimoliy Kavkaz, Qrim, Markaziy Osiyo respublikalarining
dasht va chala dasht mintaqalaridagi butazor o‘rmonlarida keng tarqalgan. Jinsiy
voyaga yetgan kanalar qoramollarga teylerioz, otlarga nutallioz va piroplazmoz
qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradi.
Argaz kanalari (Argasidae) oilasining deyarli hamma vakillari parazitlik
bilan hayot kechiradi. Argaz kanalarining tanasi yumshoq va cho‘ziluvchan.
Ularning dorzal va ventral qalqonlari bo‘lmaydi. Tanasining yumshoqligi kananing
tezda tortilib kichrayishi yoki katta bo‘lishiga imkon beradi. Och kanalarning
tanasi yassi, oval yoki ellips shaklida. Tanasining oldingi tomoni ancha tor va uchli
bo‘lib, orqa tomoni yoysimon kengaygan. Ko‘zlari yo‘q. Imago va nimfalarida
to‘rt juft oyoqlari bor. Argaz kanalarida jinsiy dimorfizm unchalik sezilmaydi.
Erkaklari urg‘ochilaridan birmuncha kichikroq. Bu kanalar molxona devorlarining
yoriqlarida, ya’ni berk joylarda yashashi bilan iksod kanalardan ajralib turadi.
Odam, turli sutemizuvchilar va qushlarga tashlanib, 2-5 minut qon so‘radi. 1000
tagacha tuxum qo‘yadi. Bir oy o‘tgach, tuxumlaridan lichinkalar chiqadi.
Lichinkalar faol oziqlanadi va nimfaga aylanadi. Argaz kanalarda nimfa 3-5 marta
tullab imagoga aylanadi. Argaz kanalari 20-25 yil yashab, 10-11 yil ochlikka
bardosh berishi mumkin.
Argaz kanalari ektoparazitlikdan tashqari odam va hayvonlarga har xil og‘ir
kasalliklarni ham yuqtiradi. Argaz kanalarining eng muhim turlariga persid kanasi
(Argas persicus) va ornitodorus (Ornithodorus papillipes) kanasi kiradi.
Persid kanasi asosan tovuqlar tanasida parazitlik qiladi, ayrim hollarda esa
o‘rdak, g‘oz, ot, qoramol, cho‘chqa va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi.
Ornitodorus kanasi (Ornithodorus papillipes) tanasi uzunchoq, bo‘limlarga
bo‘linmagan, yaxlit, to‘q kul rang tusda. Urg‘ochi kananing uzunligi 8-9 mm, eni
4-5 mm, erkagining uzunligi esa 4-5 mm, eni 2-3 mm keladi. Ornitodorus kanalari
juftlashgandan so‘ng yopiq joyga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan uch juft oyoqli
lichinka chiqadi. Nimfada to‘rt juft oyog‘i bo‘ladi. Jinsiy teshigi bo‘lmaydi.
Ornitodorus kanasi rivojlanishi davrida 3-5 ta nimfa davrini o‘taydi. U 20-25
yilgacha yashaydi, 12 yilgacha ochlikka chidaydi.
Ornitodorus
kanasi
issiq
iqlimli
mintaqalarda,
Markaziy
Osiyo
respublikalarida, Eron va hindistonda ko‘proq uchraydi. Bu kana qaytalama tifni
tarqatadi. Kanalar o‘z navbatida infeksiyali odam yoki hayvon qonini so‘rganda,
kasallik qo‘zg‘atuvchilarini o‘ziga yuqtirib oladi. Kana tanasida tif mikroblari
yillab saqlanadi va kanalarning qo‘ygan tuxumlariga o‘tadi. Odamga bu kasallik
kemiruvchilar yaqinida tunab qolganda yoki jayralar, ko‘rshapalaklar yashaydigan
g‘orlarga borib qolganda kanalar talanishidan yuqishi mumkin.
Ornitodorus kanalarining yuqumli kasalliklar tarqatishini rus olimlaridan
N.I. Latishev va V.A. Moskvinlar aniqlashgan. 1924 yilda N.I. Latishev kana
orqali qaytalama tifni o‘ziga yuqtiradi, natijada kananing kasallik tarqatishini
isbotlaydi.
Qichima (qo‘tir) kanalar (Sarcoptidae) oilasi vakillari ko‘zga
ko‘rinmaydigan, juda mayda. Ular odam va har xil sutemizuvchilar: ot, tuya, qo‘y,
bug‘u, qoramol, quyon, it, eshak, bo‘ri, tulki va boshqalarning teri epidermisida
parazitlik qilib yashaydi. Ular terini qattiq jarohatlab, kuchli qichishni vujdga
keltiradi.
Qichima kanalarining tana tuzilishi boshqa kanalar kabi boshko‘krak va
qorin qismlariga bo‘linadi, lekin ular yaxlit bo‘lib qo‘shilib ketgan, tana shakli,
yumaloq, yassi. Usti ko‘ndalangiga ketgan yumshoq yo‘lli xitin bilan qoplangan.
Imago va nimfalarida to‘rt juft oyoqlari bor, ularning shakli konussimon.
So‘rg‘ichlari urg‘ochi kananing birinchi va ikkinchi, erkagining esa birinchi,
ikkinchi va uchinchi juft oyoqlarining panjasida bo‘ladi. Bu kanalarning maxsus
nafas olish organi yo‘q, ko‘zi ham bo‘lmaydi. Kattaligi 0,2-0,5 mm ga boradi.
Qichima kanalar metamorfoz yo‘l bilan rivojlanadi: tuxum, lichinka, birinchi
nimfa, ikkinchi nimfa va imago davrlarini o‘taydi. Erkak kana voyaga yetgan
urg‘ochi kana bilan emas, balki ikkinchi nimfa davridagi urg‘ochi kana bilan
qo‘shiladi. Urg‘ochi kana ikki qavat parda bilan qoplangan oval shakldagi tuxum
qo‘yadi. Tuxumlarining uzunligi 0,1-0,2 mm. Bitta urg‘ochi kana 20-50 tagacha
tuxum qo‘yadi.
Shunisi xarakterliki, teridagi yo‘lakchalarining aksariyatini urg‘ochi kanalar
kovlaydi. Bu teshiklar orqali kanalar hamma rivojlanish davrida atmosfera
kislorodi bilan nafas olib turadi. Erkak kanalar urg‘ochilari kovlagan tayyor
yo‘llari orqali harakat qiladi.
Qichima kanalarining rivojlanishi 2-3 hafta davom etadi. Kanalar juda tez
ko‘payadi. Ular 21 kungacha och yashay olishi mumkin.
Qichima kanasi bilan zararlangan hayvon akarioz, ya’ni qichima-qo‘tir
kasalligining manbai hisoblanadi. Kasallik sog‘lom hayvonlarga yaylovda va
ko‘proq molxonalarda yonma-yon turishi, surkalishi, hayvonlarni tozalaydigan
buyumlar, yopqich, cho‘tka, taroq, kiyim va nihoyat molboqarlar orqali o‘tishi
mumkin.
Qichima-qo‘tir kanalarining juda ko‘pchiligi odamda parazitlik qiladi.
Shundan eng ko‘p tarqalgani Sarcoptes scabiei turi hisoblanadi.
Bu
tur
kana
odamda
uchraydigan
qichima-qo‘tir
kasalligining
qo‘zg‘atuvchisidir. Bu kana juda kichkina bo‘lib, urg‘ochisining uzunligi 0,2-0,5
mm, erkaginiki 0,2-0,3 mm keladi. Tanasi ovalsimon ko‘rinishda, rangi xira oq,
xitini ko‘proq bo‘lgan yerlari bir oz jigar rangli. Ularning embrional rivojlanishi 2-
4 kun davom etadi. Kananing tuxum qo‘yishdan imagogacha bo‘lgan rivojlanish
davri 9-12 kun davom etadi. Voyaga yetgan kana bir yarim oyga yaqin yashaydi.
Qichima-qo‘tir kanalari teri epidermisining shoh qavatida yashaydi. Qo‘tir
kanalari terining nozik joylarida, ya’ni barmoqlar orasida, bilak bilan tirsak
o‘rtasida, qo‘ltiq ostida va boshqa joylarda parazitlik qiladi. Qo‘tir odamga ko‘p
azob berib, darmonini quritadi, ish qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bundan
tashqari, terining shikastlanishi va qichishidan turli mikroblarning organizmga
kirishi uchun yo‘l ochiladi.
Qichima kanalardan – Sarcoptes equi – ot va eshaklarda, Sarcoptes suis -
cho‘chqalarda, Sarcoptes caprae - echkida, Sarcoptes ovis - qo‘yda, Sarcoptes
bovis - qoramolda, Sarcoptes cameli - tuyada, Sarcoptes cani - itda va boshqa
hayvonlarda ham parazitlik qiladigan turlari bor.
Qichima kana bilan kasallangan odam qichigan joylarini qashiganda kanalar
tirnoq orasiga kiradi, odam bu kanalarni badanining boshqa joylariga yuqtiradi.
Kasal odam bilan qo‘l orqali ko‘rishganda yoki uning kiyimlaridan foydalanganda
ham yuqadi.
Qo‘tir kasalligi kishilar o‘rtasida sanitariya-gigiena, avvalo, shaxsiy gigiena
qoidalariga amal qilmaslik natijasida paydo bo‘ladi.
Odam terisidagi yog‘ bezlari va soch xaltasida xusinbuzar kanasi (Demodex
folliculorum) parazitlik qiladi. Bu kananing ta’sirida ayrim odamlarning yuzida va
terisining turli joylarida ba’zan bezlarning ko‘payishi natijasida xusnbuzar toshib
ketishiga sabab bo‘ladi.
Gamaz kanalar (Gamasoidea) katta oilasi vakillari iksod va argaz
kanalaridan farq qilib, juda mayda bo‘ladi. Tanasi 0,2-2,5 mm kattalikda. Gamaz
kanalar katta oilasiga 20 dan ortiq oilalar kiradi. Bu kanalar ichida erkin
yashaydiganlari va parazitlari bor. Ularning teri qoplami kuchsiz xitinlashgan,
rangi sarg‘ish va bir oz qo‘ng‘ir. Tanasi gnatosoma va idiosomalardan iborat. Unda
sezgi organi vazifasini bajaruvchi har xil shakldagi tukchalar joylashgan. Xartumi
va oyoqlari uzun. Xelitserasi ingichka, uzun ignaga o‘xshash, terini teshib, qon
so‘rishga moslashgan. Xaqiqiy tanasi oval shaklda, ba’zan uzunchoq. Jinsiy
dimorfizm yaxshi seziladi. Erkaklari urg‘ochilarga nisbatan ancha kichkina.
Gamaz kanalar tuxum qo‘yib ko‘payadi, ammo tirik tug‘adiganlari ham bor.
Tuxumdan chiqqan olti oyoqli lichinka tullab, birinchi va ikkinchi nimfaga va
undan keyin imagoga aylanadi.
Gamaz kanalar tuproqda, o‘rmon, yaylov, hayvon uyalari va molxonalarda
yashaydi.
Ularning
xo‘jayinlari
xilma-xil
hayvonlar:
kemiruvchilar,
hasharotxo‘rlar, mayda yirtqichlar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisoblanadi.
Gamaz kanalaridan tovuq gamaz kanasi (Dermanyssus gallinae) tovuq va boshqa
uy parrandalari hamda yovvoyi qushlarda parazitlik qiladi. Tovuqlar bu kanalardan
katta zarar ko‘radi, oriqlab ketadi, kam tuxum qo‘yadi, ayrim vaqtlarda halok
bo‘ladi.
har xil kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi viruslar, bakteriyalar, spiroxetalar, parazit
bir hujayrali hayvonlar, kanalar yoki hasharotlar orqali yuqadigan kasalliklar
transmissiv deyiladi. Tabiatda transmissiv kasalliklarning tabiiy manbai mavjud.
Lekin yovvoyi hayvonlar organizmida odatda shunday kasalliklarga qarshi
immunitet paydo bo‘lishi tufayli ularga kasallik katta ziyon yetkazmaydi. Tabiiy
manbaga tushib qolgan odam yoki uy hayvonlari bu kasalliklarni kanalar yoki
hasharotlar orqali yuqtirishi mumkin. Transmissiv kasalliklarning oldini olish
uchun kanalar va hasharotlardan saqlanish choralariga rioya qilish lozim.
Kanalarga qarshi kurash murakkab kompleks tadbirlardan iborat bo‘lib,
buning uchun birinchi navbatda, kanalar butunlay rivojlanish davrida mexanik
usulda qirib tashlanadi. Mol terisiga yopishib turgan kanalar terib olib kuydirib
yuboriladi. ¨pishib yotgan kanalarni terib olishdan oldin tanaga benzin, kerosin
yoki boshqa yog‘lar surtiladi.
Ma’lumki, kanalar mol boqiladigan binolarda, shuningdek yaylovlarda
yashab ko‘payadi. Kanalarga qarshi kurash uchun qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish,
yaylov va eski qo‘tanlar o‘rniga har xil ekinlar ekish, begona o‘tlarni yo‘q qilish va
boshqa agrotexnik hamda meliorativ tadbirlarni amalaga oshirish lozim. Shunday
qilinganda kanalarning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan bioekologik sharoit tubdan
o‘zgaradi.
Kanalarga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar – akaritsidlar deyiladi.
Akaritsidlardan ikki yo‘nalishda foydalaniladi.
Birinchidan mollarning tanasidagi kanalarni yo‘qotish uchun akaritsid
preparati mol badaniga purkaladi yoki surtiladi.
Ikkinchidan esa akaritsidlar molxonalar, qo‘tanlar va yaylovlarda
uchraydigan kanalarni yo‘qotishda ishlatiladi.
Kanalarga qarshi kurashda mollarni beton yoki temir-betonli maxsus
vannalarda cho‘miltirish samarali natija beradi. Bunda xlorofos, geksaxloranning
kreolinli emulsiyasi va polixlopinen eritmalari ishlatiladi. Mol boqiladigan
binolarga kanalarga qarshi dori sepib turiladi. Ayniqsa, devorlardagi tirqish va
yoriqlarga ko‘proq dori sepiladi, chunki bunday joylarda kanalar tez urchib
ko‘payadi.
Topshiriqlar: 1.Bo‘g‘imoyoqlilar tipiga kiruvchi parazitlarning asosiy
xarakterli xususiyatlari va tasnifini bayon eting. 2.Baliqlarda parazitlik qiluvchi
qisqichbaqasimonlarning o‘ziga xos tuzilish xususiyatlari va ularning keltiradigan
zarari nimalardan iborat? 3.Odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi
kanalarning tuzilishi, ko‘payishi va tarqalishini tushuntirib bering? 4. Kanalar
parazit yashashga qanday moslashgan? 5.Kanalar turkumining tasnifini bayon
eting? 6.Iksod kanalarning o‘ziga xos tuzilish xususiyatlari, ko‘payishi va ularning
mahsuldor hayvonlarga hamda odamga zararini tushuntiring? 7.Argaz kanalarining
tuzilishi, ko‘payishi, tarqalishi va ularning parrandalarga hamda chorva mollariga
keltiradigan zarari qanday? 8.Qichima kanalarining tuzilishidagi asosiy xarakterli
belgilarini va ularning zararini tushuntiring? 9.Gamaz kanalarining tuzilishi,
ko‘payishi va zararini bayon qiling? 10. Kanalarga qarshi qanday kurash choralari
olib boriladi?
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar
Mavzu rejasi:
1.
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlarning umumiy tasnifi.
2.
Patxo‘rlar turkumi vakillarining tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi va ularning
parrandachilik hamda chorvachilik xo‘jaliklariga keltiradigan zarari.
3.
Bitlar turkumi vakillarining tuzilishi, ko‘payishi va ularning odam hamda
chorva mollariga keltiradigan zarari.
4.
Odam va hayvonlarda uchrovchi parazit qandalalarning tuzilishi, ko‘payishi,
zarari va ularga qarshi kurash choralari.
5.
Burgalar turkumi vakillarining tuzilishi, ko‘payishi, zarari va ularga qarshi
kurash choralari.
6.
Ikki qanotlilar turkumi vakillarining tuzilishi, ko‘payishi, zarari va ularga
qarshi kurash choralari.
Tayanch so‘zlar: reduksiya, rudiment, metamorfoz, maksillalar, gipofarinks,
ftirioz, imago, pedikullyoz, koltun, tif, in’eksiya, obligat, gematofag, stigmalar,
rezervuar, kon’yuktivit, poliomielit, fakultativ, transmissiv, sinantrop.
hasharotlar (Insecta) sinfi vakillari yer yuzida juda keng tarqalgan bo‘lib,
xilma-xil tabiiy sharoitlarda hayot kechirishga moslashgan. hasharotlar sinfi
traxeya bilan nafas oluvchilar (Tracheata) kenja tipi, bo‘g‘imoyoqlilar
(Arthropoda) tipiga kiradi.
hasharotlar sinfiga 1,5 mln.dan ortiq tur kiradi. hasharotlar orasida odam va
hayvonlarda parazitlik qiluvchi hamda turli kasalliklar tarqatuvchi turlari ham
ko‘plab uchraydi.
hasharotlar orasida ayniqsa bitlar, burgalar, ko‘pchilik ikki qanotlilar,
qandalar turkumlari vakillari odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qilib, har
xil xavfli kasalliklarni qo‘zg‘atadi va tarqatadi.
Quyida ana shunday hasharotlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
Parxo‘rlar (Mallophaga) turkumi vakillari qanotsiz bo‘lib, qushlarning va
qisman sutemizuvchilarning parazitlari hisoblanadi. Parxo‘rlarning tanasi bir oz
yassilashgan, ko‘zlari o‘z navbatida reduksiyaga uchragan. Og‘iz apparati
kemiruvchi tipda, parazitlik hayotiga maxsus moslashgan. Oyoq panjalari 1-2
bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, bitta yoki ikkita “tirnoqcha” bilan tugallanadi. Parxo‘rlar
o‘zlarining tuzilishi bilan bir tomondan pichanxo‘rlarga o‘xshasa, ikkinchi
tomondan bitlarga o‘xshab ketadi.
Parxo‘rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida yoki terida parazitlik qilib
hayot kechiradi. Ularning ayrim turlari hatto yirik qushlarning og‘iz bo‘shlig‘ida
uchrab, ularning endoparazitlariga aylangan. Parxo‘rlar soch, tuk, jun, pat va parlar
orasida erkin harakat qilish qobiliyatiga ega. Tuxumlari qopqoqchali bo‘lib,
patlarga, sochlarga, junlarga yopishtirib qo‘yiladi.
Bunday tuxumlardan tez muddat ichida lichinkalar paydo bo‘ladi.
Lichinkalar o‘z tuzilishiga ko‘ra voyaga yetganlariga o‘xshab ketadi, faqat
o‘lchamlari va teri pigmentlari bilan farq qiladi. Parxo‘rlarning umumiy
rivojlanishi 3-4 haftani o‘z ichiga oladi. Ular asosan teri epidermisi, patning ayrim
qismlari, teridan ajraladigan mahsulotlar hisobiga, shuningdek, yaralardan
ajraladigan moddalar hisobiga yashaydi. Ular o‘zlari yashayotgan organizmni juda
ham bezovta qiladi, buning evaziga hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi. It va
mushuklarning parxo‘rlari jun ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga, ba’zan
ayrim tur parazit chuvalchanglarning tuxumlarini ham tarqatadi.
Parxo‘rlarning 2600 ga yaqin turi ma’lum, shulardan 300 yaqin turi
sutemizuvchilarning, qolganlari esa qushlarning parazitlari hisoblanadi. Ulardan
taxminan 400 ga yaqin turi MDh mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan.
Parxo‘rlar turkumi o‘z navbatida ikkita kenja turkumni va bir necha oilani
o‘z ichiga oladi. haqiqiy parxo‘rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo‘rini misol
qilib olish mumkin. Pat va sochxo‘rlar kenja turkumiga esa tovuqlarning bosh
parxo‘ri va kaptar parxo‘rini misol qilib keltirish mumkin.
Shuningdek, ularga kattaligi 4-5 mm keladigan yirik o‘rdak parxo‘ri, it,
mushuk va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan parxo‘r turlarini ham ko‘rsatish
mumkin.
Kimyoviy preparatlardan foydalanib parxo‘rlarga qarshi kurash olib boriladi.
Bitlar (Anoplura) turkumining vakillari faqat sutemizuvchilar sinfi
vakillarida parazitlik qilib yashaydigan qon so‘ruvchi ektoparazitlardir. Bitlarning
300 ga yaqin turlari bor. MDhda 40 ga yaqin turi uchraydi. Bitlarning tanasi
dozoventral tomonga qarab yassilangan. Bosh qismida og‘iz apparati, sezgi
organlari joylashgan. Ko‘zlari oddiy, ayrimlarida esa ko‘zlari umuman bo‘lmaydi.
Bir juft 3-5 bo‘g‘imli kalta mo‘ylovlari sezish a’zolari vazifasini bajaradi.
Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Bir juft maksillalar,
gipofarinks va pastki lab uzun nina shaklida bo‘lib, xartumchaning ichida
joylashgan. Bit chaqqanda og‘iz a’zolari xartumchadan tashqariga chiqib, terini
jarohatlaydi va qonni so‘radi. So‘lak bezlarining mahsuloti qon ivishiga qarshilik
ko‘rsatadi. Tananing ko‘krak qismi bir-biriga qo‘shilib ketgan uchta segmentdan
tuzilgan bo‘lib, uch juft yurish oyoqlariga ega. Qanotlari bo‘lmaydi. Oyoqlari
tirnoqlari bilan tugaydi. hasharotning jinsiga qarab oxirgi qorin segmentining
shakli turlicha bo‘ladi. Urg‘ochi bit qornining oxirida o‘roqqa o‘xshagan bir juft
o‘simtasi bo‘ladi. Jinsiy teshigi sakkizinchi qorin segmentida joylashgan.
Erkaklarining jinsiy teshigi to‘qqizinchi segmentda joylashgan. Demak, bitlarda
jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘rinadi. Urug‘lanishi ichki, rivojlanishi chala
metamorfozli. Tuxumdan chiqqan lichinka uch marta tullab imagoga aylanadi.
Bitlarning tuxumi sirka deyiladi. Bitlar ixtisoslashgan parazitlar hisoblanadi. har
bir tur hayvonning o‘ziga xos biti bo‘ladi. Bitlar turkumiga uchta oila kiradi:
1. Gematopidlar (Heamatopidae) oilasi vakillarining ko‘zi yo‘q, tanasi
tukchalar bilan qoplangan, faqat quruqlikdagi sutemizuvchilarda (primatlardan
tashqari) parazitlik qiladi. Fil, cho‘chqa, qoramol, quyon va bug‘u bitlari shular
jumlasiga kiradi. Bu bitlar parazitlik qilish bilan birga kuydirgi, cho‘chqalarda
o‘lat kasalligini ham tarqatadi.
2. Tikanli bitlar (Echinophthizidae) oilasiga faqat dengiz sutemizuvchilarida
parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Ularning tanasi tikanchalarga o‘xshagan tukchalar
bilan qoplagan bo‘ladi. Tyulenlar burun teshiklarining oldida tyulen biti parazitlik
qiladi.
3. Pedikulidlar (Pediculidae) oilasiga faqat odam va odamsimon
maymunlarda parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Odamda bitlarning uch turi
yashaydi, ya’ni bosh biti, kiyim biti va qov biti uchraydi.
Qov biti odam badanining tukli joylarida (qovda, qo‘ltiq tagi junida, soqolda
va hatto qosh hamda kipriklar orasida) uchraydi.
Qov biti boshqa bitlardan farq qiladi. Uning boshchasi aniq ko‘rinib turadi.
Ko‘krak va qorin qismi bir-biridan aniq ajralmagan. Bitlar ichida eng kichigi
(erkagi – 1 mm, urg‘ochisi – 1,5 mm) hisoblanadi. Qov biti 26 kungacha yashaydi.
Qov biti ftirioz kasalligini qo‘zg‘atadi. U o‘zining yassi tanasi bilan odam
terisiga mahkam yopishib oladi. Ular xartumini teriga sanchib bitta joyda
qimirlamasdan uzoq vaqt davomida qon so‘radi, chaqqan joyi tinimsiz kechayu-
kunduz qichiydi va ko‘karib qoladi. Uning so‘lagi gemoglabinni parchalaydi,
shuning uchun chaqqan joyi ko‘karib qoladi. U jinsiy aloqa vaqtida, umumiy o‘rin-
ko‘rpadan foydalanilganda, ichki kiyimlar orqali bir odamdan boshqa odamga
o‘tadi. Qov biti kasallik tarqatish-tarqatmasligi isbotlanmagan. Aksincha, odamda
yashaydigan bitlarning boshqa turlari – bosh biti va kiyim biti turli kasalliklarni
tarqatuvchilar sifatida xavflidir.
Kiyim biti (Pediculus humanus vestimenti) va bosh biti (Pediculus humanus
capitis) bir-birlari bilan chatishib serpusht nasl beradi, shuning uchun ular bitta
turning (Pediculus humanus) tur xillari deb hisoblanadi.
Bosh biti sochlarda bo‘lib, o‘z tuxumini (sirkalarni) sochga yopishtirib
qo‘yadi. Tanasining kattaligi erkaginiki 2-3 mm, urg‘ochisiniki esa 4 mm atrofida
bo‘ladi. Rangi to‘q kulrang.
Kiyim biti kiyim-kechaklarning choklarida yashaydi va shu joylarga sirka
qo‘yadi. Uning tanasi och kulrang bo‘lib, urg‘ochisining kattaligi 4-5 mm ga
boradi. Qorin segmentlarini ikki yonidagi pigment dog‘lar och rangda, tanasini
qoplab turgan xitinli qoplamasi juda yupqa bo‘lib, hatto so‘rilgan qon ko‘rinib
turadi. Bitlar hayotining hamma rivojlanish davrida odam qoni bilan
ovqatlanadigan, doimiy ektoparazitdir. Bir kunda ikki-uch marta 3-10 minut
davomida qon so‘radi, ovqatsiz o‘n kungacha yashashi mumkin. Kiyim biti
harakatchan, 27
0
S li haroratda 1 minutda 35 sm harakat qiladi. Otalangan
urg‘ochilari bir kunda 6-14 tadan tuxum (sirka) qo‘yadi. Kiyim biti umri davomida
300 taga yaqin, bosh biti esa 150 tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumdan bir haftada
yosh bitchalar chiqadi. Umuman, tuxum qo‘yishidan boshlab, voyaga yetgan bitga
aylanguncha rivojlanish davri 16-20 kunga to‘g‘ri keladi. Voyaga yetgan bitlar 1,5-
2 oy yashaydi. Ancha tez rivojlanadigan bo‘lgani uchun parazitlarning soni qisqa
vaqt ichida ko‘payib ketishi mumkin. Bitlar qon bilan ovqatlanganda, odam
terisiga o‘z so‘lagini tushiradi. chaqqan joylar qichishadi, qashiganda terida
jarohatlar paydo bo‘ladi. Bitlab ketgan odam (qarovsiz qolgan bolalar, qariyalar)
pedikullyoz kasalligiga uchrashi mumkin. Pedikullyoz avj olishi natijasida
organizmni umuman quvvatsizlantirib, koltun degan kasallikka sabab bo‘lishi
mumkin. Bu kasallikda jarohatlangan teridan qon chiqib, jarohatlar yallig‘lanadi,
yiringlaydi va sochlar bir-biriga yopishib qoladi.
Bitlar shuningdek og‘ir kasalliklarni (toshmali va qaytalama terlama (tif))
tarqatuvchilar hisoblanadi. Toshmali tif bilan og‘rigan bemorning tana harorati
ko‘tariladi, badanida shu kasallikka xos bo‘lgan toshmalar paydo bo‘ladi, boshi
og‘riydi, hatto hushidan ketishi mumkin. Bu kasallikdan birinchi va ikkinchi jahon
urushlarida qanchadan-qancha odamlar qirilib ketgan. Toshmali terlama
kasalligining chaqiruvchisi Provachek rikketsiyalari bo‘lib, bemorlarni qonida
bo‘ladi. Birinchi marta 1910 yilda amerikalik olim G.T.Rikkets tomonidan
kasallikning chaqiruvchilari toshmali tif bilan og‘rigan bemorlarning qonida va
ularda parazitlik qilayotgan bitlar ichagida aniqlangan. Lekin olim o‘zining bu
tajribasini oxiriga yetkaza olmay o‘ziga yuqqan toshmali tifdan o‘ladi. Bir yildan
keyin kasallik chaqiruvchilari to‘liq o‘rganilib, olim sharafiga Provachek
rikketsiyasi deb nomlanadi. Toshmali tif qo‘zg‘atuvchilarining bemor qonida
bo‘lishini aniqlashda rus shifokori O.O.Mochutkovskiy (1845-1903) fidoiylik
ko‘rsatadi. U toshmali tif bilan og‘rigan bemor qonini o‘ziga in’eksiya qiladi va
18 kundan keyin ushbu kasallikning og‘ir ko‘rinishiga uchraydi. Bit bemor qonini
so‘rar ekan, o‘zi bilan kasallik chaqiruvchilarini olib ketadi. Rikketsiyalar bitlar
oshqozonida ko‘payadi va axlati bilan birga tashqariga chiqadi. Rikketsiyalar bit
orqali ikki yo‘l bilan sog‘lom odamga o‘tishi mumkin:
1.
Qonni so‘rganda, ya’ni rikketsiyalar bilan ifloslangan bitning og‘iz apparati
orqali (ayrim ma’lumotlar asosida xulosa qilingan, lekin zararlangan bitlarning
so‘lak bezlarida kasallik chaqiruvchilarni topishmagan).
2.
Badanning bit axlati qolib ketgan joyi qashilganda.
Ma’lumki, bit qon so‘rayotgan paytda axlatini chiqarib turadi. Bitlar axlatida
rikketsiyalar bo‘lib, chaqqan joylar qashilganda, jarohatlangan teri orqali yuqadi.
Qaytalama terlama kasalligining tarqatuvchisi ham bitlardir. Qaytalama
terlama kasalligining meyer spiroxetasi bo‘lib, bemor qoni bilan birga bit
oshqozoniga va u yerdan bit tanasi bo‘shlig‘iga tushadi.
Spiroxetali bitlar odamni chaqqanda unga kasallik yuqtirmaydi. Bit ezilganda
uning tanasidagi suyuqlik (gemolimfa) qashlangan joyga tushgan taqdirdagina
odamga kasallik o‘tadi. Bitning bitta mo‘ylovi ezilsa kifoya, bir tomchi gemolimfa
tushgan joyidagi teri orqali spiroxetalar yuqadi.
Bitlar og‘ir sharoitda, odamlar bir joyda to‘planib antisanitar holatda
yashashlari natijasida, yuvinish, kiyim-kechaklarni almashtirish imkoniyati
bo‘lmaganda ko‘plab uchraydi. Ayniqsa, ocharchilik va urush yillarida bitlar keng
tarqalgan. hozirgi sharoitda ham odamlar g‘uj bo‘lib yashaydigan joylar, ya’ni
bog‘cha, maktab, harbiy xizmat joylari va qamoqxonalar bitlarning tarqalishi
uchun qulay joylardir.
Kasallikning oldini olish pedikullyozni yo‘qotishdan iborat. Ichki kiyimlar va
o‘rin-ko‘rpalarga issiqlik yoki bug‘ bilan ishlaydigan kameralar bilan (100
o
S da)
ishlov berilsa, bitlar tamomila qirilib ketadi. Shu bilan birga shaxsiy gigiena
qoidalariga ham qat’iy rioya qilish kerak. ßna shuni ham eslatib o‘tish kerak-ki,
rikketsiyalar o‘lib, qurib ketgan bitlar tanasida ham ancha vaqt tirik holda
saqlanishi mumkin, hatto qurib ketgan bitlarning axlatida ham uzoq vaqtgacha
o‘zining yuqumliligini yo‘qotmaydi. Demak, kasallik tarqalishi uchun bitlar tirik
bo‘lishi shart emas, balki bemor kiyimlarida saqlanib qolgan zararlangan bitlarning
axlati yoki o‘ligi ham kasallikning yuqishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Qandalalar (Hemiptera) turkumiga 40 mingga yaqin tur kiradi. Ular orasida
o‘simlik zararkunandalari bilan bir qatorda yirtqich va parazit turlari ham uchraydi.
100 dan ortiq turlari qushlar va sutemizuvchilarda ektoparazitlik qilib yashaydi.
Shularning ichida to‘shak qandalasi (Cimex lectulazius) muhim o‘rin tutadi.
To‘shak qandalasi kosmopolit tur hisoblanib, yer yuzida keng tarqalgan.
Uning kattaligi 4,5-8,4 mm keladi. Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan.
Parazitlik hayotiga moslashishi tufayli ularning qanotlari qisqarib, tanasi
yassilashgan. Oyoqlari yuruvchi tipda bo‘lib, tez harakatlanadi. 1 minutda 1 metr
masofani bosib o‘tadi. To‘shak qandalasining ham tanasi 3 qismdan, ya’ni bosh,
ko‘krak va qorin bo‘limlaridan tashkil topgan. Bosh qismida bir juft mo‘ylov, bir
juft ko‘z va sanchib-so‘ruvchi og‘iz apparati joylashgan. Ko‘krak qismi 3 ta
bo‘g‘imdan iborat. har bir bo‘g‘imdan bir juftdan oyoq chiqqan. 10 ta segmentdan
iborat qorin qismi shaklan bargga o‘xshaydi. Ularda hid bilish organi yaxshi
rivojlangan. Qandalalar uzoq masofada turib o‘z xo‘jayinining hidini sezadi.
To‘shak qandalasi, asosan, tunda hayot kechiradi, kunduzi esa devorlarning,
pollarning yoriqlarida, uy burchaklarida, mebel, uy-ro‘zg‘or buyumlarining ostida
yashirinib yotadi. Uzoq vaqt och qolgan qandalalargina kunduzi yoki sun’iy
yorug‘lik paytida odamga hujum qilishi mumkin. Qon so‘rish paytida terini
teshishi va suyuqlik yuborishi tufayli qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Ularning
ommaviy holda urchishidan odamlar qattiq bezovtalanishi va yaxshi uxlay
olmasligi mumkin.
To‘shak qandalasi, odatda, kunduzi yashirinadigan joylariga tuxum qo‘yadi.
Bitta urg‘ochisi bir kecha-kunduzda 12 tagacha, hayoti davomida esa bir necha
yuzlab tuxum qo‘yadi. Tuxumdagi embrionning rivojlanish muddati tashqi muhit
haroratiga bog‘liq 35-37
o
S da 4-6 kundan keyin tuxumdan lichinkalar chiqadi.
Agar tashqi muhit harorati +10
o
S gacha bo‘lsa, tuxumlar rivojlanmaydi, 6
o
S dan
past bo‘lsa, ular 1,5 oygina tirik saqalanishi mumkin. Tuxumdan chiqqan
lichinkalar 5 marta po‘st tashlab, imagoga aylanadi. har bir tullaganda lichinkalar
bir marta qon so‘radi. Lichinkalar 1,5 yilgacha och yashay oladi. Jinsiy voyaga
yetgan qandala 14 oygacha yashashi mumkin.
To‘shak qandalasi hayotining barcha bosqichlarida faqat issiqqonli hayvonlar
va odam qoni bilan oziqlanadi. Ayrim odamlar to‘shak qandalasining chaqishiga
juda sezgir bo‘ladi, bunday odamlarning terisida har xil toshma paydo bo‘lib, unga
mikroblar tushishi natijasida yiringli yallig‘lanish yuzaga keladi. To‘shak qandalasi
har xil yuqumli kasallik mikroblarini mexanik tashib yuradi.
Uyda, jamoat muassasalarida, transport vositalarida to‘shak qandalasining
tarqalishi sanitariya-gigiena qoidalarining buzilishi oqibatidir.
Burgalar (Aphaniptera) turkumiga 1400 dan ortiq tur kiradi. MDhda 400 dan
ortiq turi uchraydi. Burgalar to‘liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz
hasharotlar bo‘lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda
(qushlar va sutemizuvchilarda, shu jumladan odamda) qon so‘rib parazitlik qiladi.
Markaziy Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan.
Burgalar mayda ektoparazit bo‘lib, tanasining uzunligi 1-6 mm. Tanasi ikki
yonidan siqilgan bo‘lib, to‘q sariqdan to jigarranggacha bo‘lishi mumkin. Ustidan
qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikulasida uchi orqaga qayrilgan
xitinlashgan tukchalar bo‘ladi. Mana shunday tukchalar boshining oldingi va pastki
qismlarini qoplagan bo‘ladi. Tukchalar burgaga xo‘jayinning jun va patlari orasida
erkin harakat qilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Burgalarning ko‘zlari va sanchib-so‘ruvchi og‘iz apparati boshida
joylashadi. Og‘iz apparati quyidagicha tuzilgan: bir juft pastki jag‘lar uzun
ingichka plastinkalar shaklida tuzilgan bo‘lib, terini teshish uchun xizmat qiladi.
Ular asosida so‘lak bezlari nayi va bir juft kalta pastki jag‘ paypaslagichlari
joylashgan. Yuqori labi o‘zgarib, toq sanchuvchi ignani hosil qiladi. Pastki lab
reduksiyalangan, shunday bo‘lsa-da, pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy
etgan. Ular tarnovsimon bo‘lib, bir-biriga zich taqalib turadi, natijada sanchuvchi
apparat qanotlari g‘ilofini hosil qiladi. Ko‘krak qismida uch juft oyoqlari bo‘lib,
keyingi juft oyoqlari kuchli rivojlangan va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va
mushakli oyoqlari bilan sakrab harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm
balandlikka, 32 sm uzunlikka sakrashi mumkin. Qorin qismi 10 ta bo‘g‘imdan
tashkil topgan bo‘lib, orqa qismida jinsiy apparati joylashgan. Qorin
segmentlarining 2 yonida stigmalar ko‘rinadi.
Burgalar jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va qorin
bo‘limining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo‘ladi, shu joyda murakkab
kopulyativ apparati joylashgan. Urg‘ochilarining jinsiy apparati kolbasimon, xitinli
rezervuar urug‘ qabul qiluvchi pufakcha ko‘rinishida tuzilgan. Urg‘ochi burga
hayoti davomida 400-500 tacha tuxum qo‘yadi, bir qo‘yganda tuxumlar soni 6-10
tagacha boradi. Odatda, burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy bo‘lgan
joylarga, ya’ni pol tirqishlariga, to‘shamalar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor
yoriqlariga va kemiruvchilar iniga qo‘yadi. Tuxumdan chuvalchangsimon
lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 kundan 15 kungacha davom etadi, bu esa
burgalarning turiga va tashqi muhit sharoitiga, ayniqsa harorat va namlikka
bog‘liq. Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan, tanasi tuk bilan qoplangan,
oyoqsiz bo‘lib, ikki qanotlilar lichinkasiga o‘xshash bo‘ladi. Lichinkalar
chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla ichida g‘umbakka
aylanadi.
Tashqi muhit sharoitiga qarab burgalarning rivojlanishi 20 kundan bir
yilgacha davom etadi. umbakdan chiqqan voyaga yetgan davri - imago - faqat
qon bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan burgalar 2-5 yil umr ko‘radi.
Burgalar bir kunda kamida bir marta qon so‘radi. Ular asosan (95 foizi)
sutemizuvchilarda va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Burgalar muayyan
turdagi xo‘jayin bilan juda mahkam bog‘lanmay, bir turdagi hayvondan ikkinchi
turdagi hayvonga va odamga o‘tishi mumkin. Bunday gematofag hayvonlarga
polifaglar deyiladi. Tabiatda shunday burgalar borki, hatto vaqtincha bo‘lsa ham
ilonda, ba’zilari esa hasharotlarning lichinkalarida parazitlik qiladi. Mushuklarda
mushuk burgasi (Ctenocephalides felis), itlarda it burgasi (Ctenocephalides canis),
odamlarda odam burgasi (Pulex irritans), kalamushlarda kalamush burgasi
(Xenopsylla cheopis) parazitlik qiladi. Lekin, ular odamga ham hujum qiladi.
Kalamush va odam burgalari odamlarga o‘lat (chuma) va terlama kasalligining
qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradi. Bu og‘ir kasalliklarning mikroblari kasal odamlar,
kalamushlar va burgalarning axlati orqali odam terisiga tushib qolsa, uning
tirnalgan joyidan qonga o‘tib, ko‘paya boshlaydi.
Odam burgasi urg‘ochisining kattaligi 3-4 mm bo‘ladi. Odam burgasi uy
hayvonlarining tanasida ham yashashi mumkin. Burgalar issiq qonga o‘ch bo‘lib,
o‘lgan hayvonning sovib borayotgan tanasini tashlab, yangi xo‘jayin axtaradi.
o‘lat kasalligi tabiiy manbali fakultativ transmissiv kasalliklar guruhiga
kiradi. Uning tabiiy manbai kemiruvchilar, asosan, kalamushlar, yumronqoziqlar,
sug‘urlar va qumsichqonlar hisoblanadi. Bu kasallik bilan og‘rigan bemor 3-4
kunda o‘lishi mumkin. o‘lat odamga 2 xil yo‘l bilan yuqishi mumkin: 1). Bemor
qoni bilan oziqlangan burga qon bilan birga o‘lat chaqiruvchilarini (o‘lat
tayoqchalarini) ham o‘ziga yuqtiradi. Burganing oshqozon va ichagida o‘lat
tayoqchalari shu qadar ko‘payib ketadiki, natijada burganing oshqozonini to‘ldirib,
hasharotning normal oziqlanishiga to‘sqinlik qiladigan o‘lat tiqinini hosil qiladi.
Zararlangan burga qon so‘rganda ovqat oshqozoniga bora olmasdan qaytib tushadi,
ya’ni burga qusadi. Ana shu paytda o‘lat tayoqchalari ham burga "qusgan" joyga
tushib, odamni zararlaydi. chaqqan joylarni qashlaganda, tirnalgan teri orqali, ya’ni
kontaminatsiya yo‘li bilan odamga o‘lat yuqishi mumkin.
2). Mexanik yo‘l bilan, masalan, bemor bilan yaqin aloqada bo‘lganda,
bemorning chiqindilari va hatto havo-tomchi orqali ham o‘lat kasalligi yuqishi
mumkin.
o‘lat kasalining qo‘zg‘atuvchisi uzoq vaqtgacha noaniq bo‘lgan. 1893-1894
yillarda fransuz olimi sersen va ßponiyalik olim Kitasato (bir-birini bilmagan
holda) o‘lat kasalining qo‘zg‘atuvchisi chuma tayoqchasi - Pasteurella pestis
ekanligini aniqladilar. 1896 yili hindistonda ishlayotgan rus shifokori V.A.Xavkin
o‘lat kasaliga qarshi zardob ishlab chiqib, uni o‘zida sinab ko‘radi va bu zardob
yaxshi natija berishini aniqlaydi. 1897 yili M.Ogata va 1898 yili Zimond o‘lat
kasalining tarqalishida burgalar ishtirok etishini tajribalar asosida isbotladilar. Rus
shifokori D.K.Zabolotniy (1887 y.) o‘lat kasalining manbai sutemizuvchilardan
kemiruvchilar turkumi vakillari ekanligini aniqladi.
Insoniyat tarixida o‘lat kasali yer yuzidagi aholini uch marta juda katta
ofatlarga olib kelgan.
Birinchi marta 542 yili Misrda o‘lat kasali paydo bo‘lib, qisqa vaqt ichida
Suriya, Kichik Osiyo va Konstantinopolga tarqaldi, to‘rt oy davomida har kuni 10
minglab aholining yostig‘ini quritdi. Bu epidemiya "Yustiniana" chumasi nomi
bilan tarixda qolgan.
Ikkinchi marta 1334 yili dastlab Osiyoda yangi chuma epidemiyasi kelib
chiqadi. Bu kasallik har xil yo‘llar (asosan savdo-sotiq karvonlari) bilan hindiston,
Kichik Osiyo, Konstantinopol, keyinchalik Arabiston orqali Afrika va o‘rta
dengizga tarqaladi. 1348 yili Kipr orolining aholisi to‘lig‘icha qirilib ketadi. Ikki-
uch yil ichida bu ofat butun Ovro‘pa qit’asiga tarqaladi, natijada Ovro‘pa
aholisining to‘rtdan bir qismi (25 mln kishi) qirilib ketadi. Italiya aholisining yarmi
halok bo‘ladi. Bu ofat tarixga "qora o‘lim" nomi bilan ma’lum.
Uchinchi marta 1894 yili chuma Gong-Kongda boshlanib, Osiyo
mamlakatlarining deyarli hammasiga tarqaladi. Bu epidemiyadan aholining 60-90
% o‘lgan.
hozirgi vaqtda o‘lat kasali asosan Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning
tropik mintaqalarida tez-tez uchrab turadi.
Burgalar faqat odamlar o‘rtasida yuqumli kasalliklarni tarqatib qolmasdan,
balki kemiruvchilar, yirtqichlar va uy hayvonlari o‘rtasida ham ularning qonini
so‘rish orqali yuqumli kasalliklarning mikroblarini sog‘ hayvonlarga va odamlarga
o‘tkazadilar.
Burgalardan saqlanishning asosiy yo‘llaridan biri sanitariya-gigiena
qoidalariga rioya qilishdir. Molxonalar, odam turadigan xonalarni toza saqlash,
undagi pol va to‘shamalarni vaqti-vaqti bilan karbolning 2-5 %li eritmasi bilan
dezinfeksiya qilish, devor va pol tirqishlarini kerosinga ho‘llangan latta bilan
yuvish lozim. Dala sharoitida kemiruvchilarga qarshi kimyoviy dorilar (xlorpikrin,
piretrum) sepish kerak.
Ikki qanotlilar (Diptera) turkumiga 150 mingga yaqin tur kiradi. MDh
mamlakatlarida 10 mingdan ortiq turi uchraydi. Ular eng yuksak tuzilgan
hasharotlardan hisoblanadi. Qanotlari bir juft, uncha yirik bo‘lmaydi, odatda
yalang‘och, tuk yoki tangachalar bilan qoplanmagan bo‘ladi. Ikki qanotlilarda
ikkinchi juft qanotlarining qoldig‘i to‘g‘nog‘ichsimon o‘simtani hosil qiladi. Bu
o‘simta muvozanat saqlash vazifasini bajaradi. Ikki qanotlilar uchganida qanot
qoldig‘i rudimenti yordamida ovoz chiqaradi. Ikki qanotlilarning bosh bo‘limi juda
harakatchan. Og‘iz organlari yalovchi, sanchib-so‘ruvchi yoki kesib-so‘ruvchi
tipda tuzilgan. Lichinkasining voyaga yetishi davrida metamorfoz keskin namoyon
bo‘ladi. umbagi erkin yoki bochkasimon tipda tuzilgan. Ular orasida yirtqich,
qon so‘ruvchi parazitlari bor. Lichinkalari suvda, tuproqda yoki chiriyotgan
organik qoldiqlarda rivojlanadi. Ikki qanotlilar avlodi to‘g‘risida deyarli
g‘amxo‘rlik qilmaydi. Bu g‘amxo‘rlik faqat urg‘ochilarining lichinka uchun oziq
bo‘ladigan muhitga (masalan, uy pashshalari - go‘ng va axlatga, go‘sht pashshalari
- go‘sht yoki murdaga, chivinlar - suvga) tuxum qo‘yishdan iborat. Ikki qanotlilar
3 ta kenja turkumga bo‘linadi. 1. Uzun mo‘ylovlilar (Nematocera). 2. Kalta
mo‘ylov to‘g‘ri chokli ikki qanotlilar (Brachycera - Orthorrhapha). 3. Kalta
mo‘ylov doira chokli ikki qanotlilar (Brachycera - Cyclorrhapha).
Uzun mo‘ylovlilar (Nematocera) kenja turkumi vakillarining mo‘ylovlari
uzun va ko‘p bo‘g‘imli, qorin bo‘limi ingichka bo‘ladi. Lichinkalari oyoqsiz, lekin
ularning boshlari rivojlangan bo‘lib, og‘iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan.
umbaklari harakatchan bo‘ladi. Bu kenja turkumga qon so‘ruvchi chivinlar,
iskabtoparlar, moshkarlar, g‘urra yasarlar, uzunoyoqlar, zaxkashlar va boshqa
oilalar kiradi. Qon so‘ruvchi ikki qanotlilar - gnuslar deb ataladi. Gnuslar
vaqtinchalik parazitlar hisoblanadi.
Qon so‘ruvchi chivinlar (Culicidae) oilasi vakillarining og‘iz organlari
sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan, erkaklari gul nektari bilan oziqlanadi, urg‘ochilari
esa qon so‘radi. chivinlar tuxumlarini tinch oqadigan hovuz va ko‘lmak suvlarga,
binolarning suv bosgan yerto‘lalariga, nam va zax tuproqlarga, hatto suvli
bochkalarga qo‘yadi. Lichinkalari atmosfera havosi bilan nafas oladi. Bir
mavsumda chivinlarning 4-6 nasli rivojlanishi mumkin.
chivinlarning hid bilish organi yaxshi rivojlangan. Ular ter hidini va nafas
olganda chiqadigan SO
2
gazi konsentratsiyasining o‘zgarishini yaxshi sezadi.
chivinlar juda serharakat hasharotlar. Ular qon so‘rish uchun bir necha km
masofaga ham uchib borishi mumkin. Tajribada chivinlar 18 km masofaga uchib
borishi kuzatilgan. Kunduzlari chivinlar daraxtlarning kovagi, yerto‘lalar va o‘tlar
orasida yashirinib yotadi. Kun botgandan keyin faol harakat qilib qon so‘rishga
o‘tadi.
chivinlarning bir qancha oilasi bo‘lib, tibbiyotda ahamiyatga ega bo‘lgani
Culicidae oilasidir. Bu oila 2000 turni o‘z ichiga oladi, bularning ko‘pchiligi
obligat gematofaglardir. Mamlakatimiz hududida Anopheles, Culex, Aedes
avlodlariga kiradigan turlari uchraydi. Anopheles avlodiga kiradiganlarni bezgak
chivinlari deyiladi, chunki shu avlodga kiradigan hamma turlar bezgak kasalligini
tarqatadi. Culex avlodiga kiradiganlarni esa oddiy chivinlar deyiladi. Bezgak
chivinlarning tipik vakili Anopheles maculopennis hisoblanadi. Bu chivin bezgak
kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining o‘ziga xos tarqatuvchisidir.
Bezgak chivini uzun va ingichka bo‘lib, bosh, ko‘krak va qorin qismlaridan
iborat. Bosh qismida mo‘ylovlari va ko‘zlaridan tashqari og‘iz apparati joylashgan.
Urg‘ochi chivinlar qon bilan oziqlanadigan bo‘lgani uchun uning og‘iz qismlari
sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Erkaklari esa o‘simlik shiralari bilan oziqlanadi,
shunga ko‘ra ularning og‘iz apparati so‘ruvchi tipda bo‘ladi.
chivinlarning juftlashishi havoda bo‘ladi. Juftlashib bo‘lganidan keyin,
urg‘ochilari tuxumini rivojlantirish uchun qon so‘radi. Qon so‘rishda ular odam, uy
va yovvoyi hayvonlarni talaydi. 1-2 minut davomida gavdasining og‘irligidan ham
ko‘proq qonni so‘rib oladi. Shundan keyin urg‘ochi chivinlar qorong‘u joyga
o‘rnashib olib, 2-12 kun davomida ovqatini hazm qiladi.
Tuxumlar yetilgandan keyin urg‘ochi chivinlar ko‘lmak suvlarga uchib
boradi va suv ustiga yoki suv o‘simliklariga qo‘nib tuxum qo‘yadi. Tuxum qo‘yib
bo‘lgan chivinlarning bir qismi o‘ladi, qolganlari esa yana qon so‘rib, tuxum
qo‘yishga kirishadi. Bezgak chivini o‘z hayotida 60 dan 350 tagacha tuxum
qo‘yadi. Boshqa chivinlarga qarshi o‘laroq, bezgak chivini tuxumlarini bir-biriga
yopishtirmasdan tarqoq holda qo‘yadi. Bezgak kasalini tarqatmaydigan chivinlar
tuxumlarini suv yuzasiga g‘uj-g‘uj qilib tashlaydi. Mazkur tuxumlar to‘plami
qayiqchaga o‘xshab ketadi. Tashqi muhit haroratiga qarab, 2-10 kun ichida
tuxumdagi lichinkalar yetiladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalarda gavdasining bosh,
ko‘krak va qorin qismlari yaqqol ajralib turadi. har xil chivinlarning lichinkalari
morfo-anatomik tuzilishlari va biologik xususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan
farqlanadi. Lichinkalar to‘rt marta tullab, g‘umbaklarga aylanadi. umbaklardagi
nafas olish naylarining shakliga qarab bezgak chivinini oson farqlab olish mumkin:
ularning nafas olish naylari konussimon bo‘lib, go‘yo karnaycha ko‘rinishida
bo‘ladi. umbakdan imago rivojlanadi. Tuxum qo‘yishdan boshlab imago
chiqquncha bo‘lgan rivojlanish davri tashqi muhitga qarab 14-30 kun davom etadi.
Culex avlodiga kiradigan Culex pipiens chivini ham odamda uchraydigan
transmissiv kasalliklarining chaqiruvchilarini tarqatadi. ßponiya, Koreya yarim
orolida, Shimoliy Xitoy va Uzoq Sharqda Culex chivinlari og‘ir virus kasalligi -
yapon ensefalitini tarqatadi.
Aedes avlodiga kiradigan chivinlar sariq isitma degan og‘ir tropik kasallik
qo‘zg‘atuvchilarini tarqatishda ishtirok etadi. Ularning tuzilish va rivojlanishi
bezgak chivinlariniki o‘xshaydi, lekin ayrim belgilari bilan farq qiladi. 1. Urg‘ochi
oddiy chivinlarning voyaga yetgan davrida pastki jag‘ paypaslagichlari kalta
bo‘lib, xartumining 1/3 qismini egallaydi, bezgak chivinlarida pastki jag‘
paypaslagichlari xartumiga teng bo‘ladi. Erkaklarining pastki jag‘ paypaslagichlari
oddiy va bezgak chivinlarida xartumiga teng, ammo oddiy chivinlarda oxirigi
bo‘g‘imi kengaymagan bo‘lib, bezgak chivinlaridan farq qiladi. Bundan tashqari
erkaklarining mo‘ylovlari sertuk bo‘ladi. 2. Bezgak chivinlarining oyog‘i tanasidan
ikki baravar uzunroq bo‘ladi, oddiy chivinlarda esa 1,5 baravar, ko‘kragining o‘rta
bo‘g‘imida joylashgan bir juft qanotida qoramtir to‘rtta dog‘i bo‘lib, bu dog‘lar
zich joylashgan tanachalaridan iborat. Oddiy chivinlarning qanotida dog‘lari
bo‘lmaydi. 3. Bezgak chivinlari qo‘nib turganda qorin qismini ko‘tarib burchak
hosil qilib turadi, oddiy chivinlar bo‘lsa, parallel holda qo‘nadi. 4. Odatda bezgak
chivinlari tuxumlarini o‘zlari rivojlanib chiqqan, kislorodga boy, toza suv
havzalariga qo‘yadi, oddiy chivinlar uchun bunday sharoitning ahamiyati yo‘q, suv
bo‘lsa yetarli, hatto yomg‘irlardan qolgan ko‘lmaklarga, suvi bor idishlarga ham
tuxumlarini qo‘yishi mumkin. 5. Culex chivinlarining tuxumida havo kamerasi
bo‘lmaydi, shuning uchun u tuxumini bir-biriga tik aylana o‘qi bo‘yicha yopishgan
holda qo‘yadi. Natijada qayiqchaga o‘xshash 200-400 tadan bo‘lgan tuxumlar
to‘plamini hosil qiladi. Bunday holda tuxumlar cho‘kib ketmaydi. Aedes chivinlari
esa tuxumini suvga emas, suvli, zax joylardagi substratlarga qo‘yadi. Odatda,
ularning rivojlanishi deyarli qurib qolayotgan suv havzalarida kuzatiladi. Tuxum
ichida rivojlangan lichinkalar bir yilgacha saqlanishi mumkin. Suv tekkandan
keyin ular tashqariga chiqadi va rivojlanadi. 6. Bezgak tarqatmaydigan
chivinlarning lichinkalari suv yuzasiga nisbatan burchak hosil qilib suzadi, chunki
nafas teshikchalari qorin qismidan hosil bo‘lgan tana o‘simtasida - sifonda
joylashgan bo‘ladi. Shu sababdan, lichinkalar suvning ustki parda qavatiga sifoni
bilan yopishadi, gavdasi pastga osilib turadi. Bezgak chivinining lichinkalari suv
yuzasida yashab va shu joydagi mayda zarrachalar va mikroorganizmlar bilan
oziqlansa, oddiy chivinlarning lichinkalari esa suv qatlamidagi organizmlar bilan
oziqlanadi. 7. Oddiy chivinning g‘umbaklaridagi nafas olish nayi silindr shaklida
bo‘ladi, bezgak chivinida esa konus shaklidadir.
Bundan tashqari chivinlar parazit nematodalardan - filyariyalarning
rivojlanish siklida ham oraliq xo‘jayin sifatida ishtirok etadi.
Bukur chivinlar (Simulidae) oilasi vakillari qon so‘ruvchi eng mayda
chivinlar bo‘lib, gavdasining uzunligi 2-6 mm keladi. Ayni vaqtda ularning 1000
dan ortiq turi aniqlangan. Bukur chivinlarning rangi ko‘pincha qora va ko‘kish
tusda bo‘ladi. Urg‘ochilari urug‘lanib, hayvon qonini so‘rib, keyin oqar suvlardagi
o‘simliklar va boshqa substratlarga 100-800 tadan tuxum qo‘yadi. Oradan 4-12 kun
o‘tgach tuxumdan lichinkalar chiqadi. Ular orqa qorin segmentidagi so‘rg‘ichlar va
ilmoqchalar yordamida suvdagi har xil substratlarga yopishib olib hayot kechiradi.
Lichinka besh marta tullagach (3-4 hafta davomida) maxsus pillali g‘umbak hosil
qiladi va 20-21 kun ichida jinsiy voyaga yetadi. hayoti davomida 1-3 marta avlod
beradi.
Urg‘ochilari hayvonlarga kunduz kunlari shamol yo‘q paytda hujum qiladi.
hayvon qonini so‘rib, zaharli so‘lak ajratadi, bir necha soat o‘tgach, hayvon terisi
shishadi, harorati ko‘tarilib, yurak urishi tezlashadi.
Taygada qonxo‘r bukur chivinlar ko‘plab uchraydi. Ular Sibir yarasi,
tulyaremiya, yapon ensefaliti, moxov kasalliklarini, qoramollarda va shimol
bug‘ularida esa onxotserkoz, qushlarda gemosporidioz kasalliklarining
qo‘zg‘atuvchilarini tarqatadi.
Iskabtoparlar (Phlebotomidae) oilasi vakillari juda mayda bo‘lib, uzunligi
1,3-3,5 mm keladi. Ular kichik kapalakchalarga o‘xshaydi. Iskabtoparlar
kemiruvchilar va boshqa sutemizuvchilar, kaltakesaklar hamda toshbaqalarning
inlarida, qushlarning uyalarida, molxonalarda, aholi turar joylarida yashaydi. Ular
Yevropaning janubi, o‘rta va Janubiy Osiyo, hamda Shimoliy Afrikada keng
tarqalgan. Iskabtoparlar obligat qon so‘ruvchi hasharotlar bo‘lib, odatda,
odamlarga, hayvonlarga tunda, issiq va dim paytlarda hujum qiladi. Qonni faqat
urg‘ochilari so‘radi. Tana tuzilishi chivinlarga xos bo‘lib, ulardan juda uzun
mo‘ylovlari bo‘lishi va tanasida qalin, qattiq uzun tuklari borligi bilan ajralib
turadi. Oyoqlari uzun va ingichka, ayniqsa, oxirgi juft oyog‘i ancha uzun bo‘ladi.
Oyoqlari va qanotlari butun tanasi singari tukchalar bilan qoplangan. Otalangan
urg‘ochilari tuxum qo‘yishdan oldin, albatta, qon so‘rishi kerak, shundan
keyingina tuxumlari rivojlanadi.
Iskabtoparlar ovqat izlab 1,5 km dan ko‘proq yo‘l bosadi. Tuxumlarni
qorong‘i organik moddalarga boy, zax yerlarga qo‘yadi. Bir qo‘yishda urg‘ochilari
50-70 taga yaqin tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi chuvalchangsimon
bo‘lib, tanasi 12 segmentdan tashkil topgan. Lichinkalar chiriy boshlagan organik
moddalar bilan oziqlanadi va to‘rt marta tullaydi. To‘rtinchi marta tullashdan keyin
g‘umbakka aylanadi. umbakdan voyaga yetgan hasharot chiqadi. Tuxum
qo‘yishdan to voyaga yetguncha qulay sharoitda 46 kun kerak bo‘ladi, noqulay
sharoitda rivojlanish muddati juda cho‘zilib ketishi mumkin.
Iskabtoparlarning qurtlari organik qoldiqlarga boy bo‘lgan joylarda,
masalan, g‘orlar, daraxtlarning kovagi yoki sudralib yuruvchilar va
kemiruvchilarning inlarida rivojlanadi. Bir yilda ularning ikki nasli voyaga yetadi.
Iskabtoparlardan Phlebotomus pappatasii turi odamlarga leyshmanioz
(pashshaxo‘rda) va papiatachi isitmasi kabi kasalliklarni yuqtiradi.
Zaxkashlar (Ceratopogonidae) oilasi vakillari qon so‘ruvchi ikki qanotlilar
ichida eng maydasi hisoblanadi (0,5-4 mm). Bosh qismi biroz katta, unda bir juft
murakkab ko‘zlari joylashgan. Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda. Qanotlarida
dog‘lar va tuklari bor. Oyoqlari uzun va tirnoqli bo‘ladi.
Bu hasharotlar zax, sernam joylarda, unchalik katta bo‘lmagan suv
havzalarida, ko‘l va hovuz suvlarida, botqoq joylarda yashaydi. Shuning uchun
ularni "mokres", ya’ni zaxkash deb aytiladi. hozirgi vaqtda zaxkashlarning 4000 ga
yaqin turi ma’lum. Ular asosan, Sibir va Uzoq Sharqda, o‘rta Osiyo, Shimoliy va
Janubiy Amerikada hamda Tinch okeanining ko‘pgina orollarida keng tarqalgan.
o‘zbekistonda 60 dan ortiq turi uchraydi.
Urg‘ochi zaxkashlar juftlashib bo‘lgach qon so‘radi va har xil sernam
joylarga, hatto oqmas ko‘lmak suvlarga 40 dan 120 tagacha, o‘z hayoti davomida
esa 350 tagacha tuxum qo‘yadi. Oradan 3-6 kun o‘tgach, ulardan ipsimon
ko‘rinishidagi 0,5 mm uzunlikdagi lichinkalar chiqadi. Lichinkaning bosh qismi
qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Lichinkalari ko‘lmak suv yoki nam tuproqlarda 25-30 kun
yashab, 15 mm uzunlikda bo‘ladi va uch marta tullab, g‘umbakka aylanadi. Oradan
3-5 kun o‘tgach, g‘umbakdan qanotli hasharotlar chiqadi. Shunday qilib,
zaxkashlarning tuxum qo‘yishdan jinsiy voyaga yetishiga qadar 60 kun o‘tadi. Bir
yilda zaxkashlar 2-5 marta avlod berishi mumkin.
Zaxkashlarning urg‘ochisi har xil issiqqonli hayvonlar, odam va sudralib
yuruvchilarning qonini so‘rib oziqlanadi. Ular ertalab va kechqurunlari faol qon
so‘radi. chaqishidan teri qichiydi, teri ostidagi to‘qimalar shishib ketib, hayvon
qattiq bezovtalanadi, junlari to‘kilib, oriqlay boshlaydi. Bundan tashqari,
zaxkashlar bir qator infeksion, invazion, virusli va boshqa kasalliklarning
qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradi. Tulyaremiya, qo‘ylardagi virus va otlardagi o‘lat
kasalliklari, onxotserkoz, gemosporidioz, filyarioz, yapon ensefaliti shular
jumlasidandir.
urra yasarlar (Cecidomyiidae) oilasining vakillari juda mayda, imagosi
oziqlanmaydi, faqat 2-3 kun yashaydi. Lichinkalari o‘simlikning turli organlari
(guli, mevasi, novdasi, bargi, novdaning o‘sish nuqtasi)da bo‘rtma (g‘urra) hosil
qiladi. har bir hasharot muayyan bir o‘simlikda o‘ziga xos g‘urra hosil qiladi.
Bo‘rtmalar turiga qarab hasharot turini aniqlash mumkin. Shulardan g‘alla
ekinlarining zararkunandasi Gessen pashshasi (Mayetiola destructor) bo‘lib,
Ovro‘pa, Osiyo va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki,
chivinlar uy hayvonlari va odamlarning tinchligini buzishi bilan katta ziyon
keltiradi. chivinlardan bezovta bo‘lgan chorva mollarining mahsuldorligi pasayib
ketadi. Bezgak chivinlari tropik mamlakatlarda odamlar o‘rtasida bezgak kasalini
tarqatadi. Ayrim chivinlar virusli ßpon ensefaliti, tulyaremiya kasalligini tarqatadi.
chivinlarni yo‘qotish uchun ularning barcha rivojlanish davrlarini hisobga
olgan holda chora tadbirlarni amalga oshirish kerak. Voyaga yetgan chivinlar yoz
paytlarida kunduzi qo‘nib turadigan joylarda, qish paytida esa qishlash joylarida
har xil insektitsidlar yordamida yo‘qotiladi. Lichinkalari va g‘umbaklariga qarshi
kurashish uchun suv havzalari tekshiriladi.
Anopheles lichinkalari sho‘r, kislorodi kam, soya suv havzalarida
yashamaydi. Suvi tez oqib turadigan daryo va anhorlarda ham lichinkalari
uchramaydi. chivinlarning lichinkalariga qarshi kurashishda xo‘jalik maqsadlari
uchun keraksiz bo‘lgan kichikroq suv havzalari tuproq bilan ko‘mib tashlanadi.
Baliq ko‘paytirilmaydigan va xo‘jalik maqsadlari uchun ishlatilmaydigan suv
havzalariga zaharli kimyoviy moddalar sepiladi, neftlanadi. Neft suv betiga
nihoyatda yupqa parda ko‘rinishida yoyilib, lichinkalar va g‘umbaklarning nafas
olish teshiklarini bekitib qo‘yadi va ular o‘ladi. Kimyoviy moddalar
zarrachalarining kattaligi lichinkalar oziqlanadigan mikroorganizmlardan kichik
bo‘lishi kerak, shundagina ular kimyoviy moddalarni yutadi.
hozirgi vaqtda kurashning biologik usuli rivojlanib bormoqda. Lichinkalar
va g‘umbaklari bor suv havzalarida ular bilan oziqlanadigan gambuziya balig‘ini
ko‘paytirish yaxshi natija bermoqda. Sholipoyalarni esa uzib-uzib sug‘orish, ya’ni
qisqa vaqt suvni chiqarib tashlash yo‘li bilan parazitlarni yo‘qotish mumkin.
Bundan tashqari hovuz suvlarini vaqti-vaqti bilan oqizib turish, suv havzalarining
organik chiqindilar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Kalatamo‘ylov to‘g‘ri chokli ikki qanotlilar (Brachyera - Orthorrhapha)
kenja turkumi vakillarining qanotlari kalta va kuchli, mo‘ylovlari uch bo‘g‘imli
bo‘ladi. Qurtlarining bosh kapsulasi reduksiyaga uchragan. umbagi yopiq tipda
tuzilgan. Imago chiqishi oldidan g‘umbak po‘sti bosh ko‘krak ustidan "t" shaklida
yirtiladi. Bu kenja turkumga so‘nalar, qitir pashshalari oilalari va boshqa ayrim
ikki qanotlilar kiradi. Odamlar va chorva mollariga asosan, so‘nalar oilasining
vakillari zarar keltiradi.
So‘nalar (Tabanidae) oilasiga eng yirik qon so‘ruvchi ikki qanotlilar kiradi.
Tanasining uzunligi 2-3 smga yetadi, ko‘zlari yirik qizg‘ish tilla rangda tovlanib
turadi. Erkagi va yosh urg‘ochi so‘nalar gul nektari bilan oziqlanadi. Urg‘ochi
so‘nalar faqat urug‘langandan keyin qon bilan oziqlanishga o‘tib, qoramollarga,
odam va yovvoyi hayvonlarga hujum qiladi. So‘nalar hayvonlar terisini sanchib-
yalovchi yoki kesib-yalovchi og‘iz organlari orqali kesib, o‘sha joydan chiqadigan
qonni so‘rib oziqlanadi va 2-4 kundan so‘ng suv yoki ariq bo‘ylaridagi nam
tuproqlarga tuxum qo‘yadi.
So‘nalar bir yilgacha yashaydi, ammo qon so‘rib olgan urg‘ochi so‘na bir
oygina yashaydi va shu vaqt ichida bitta urg‘ochi so‘na ariq bo‘yidagi nam
tuproqqa 300 tadan 3500 tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumlardan 1-2 haftadan keyin
qurtlar chiqadi. Qurtlar 10-11 oygacha botqoqlikdagi organik qoldiqlar bilan
oziqlanadi. Bu muddat ichida ular olti marta po‘st tashlab, olti yoshga kiradi.
Bahorda qurtlar g‘umbakka aylanadi. umbaklik davri ob-havoga bog‘liq bo‘lib, u
6 kundan 25 kungacha davom etadi, so‘ngra jinsiy voyaga yetgan qanotli so‘na
uchib chiqadi.
So‘nalar chorva mollariga ko‘plab hujum qilib, ularning mahsuldorligini
pasaytirib yuboradi. Ular hayvonlar orasida tulyaremiya, Sibir yarasi, tripanosoma
kabi kasalliklarni tarqatadi. ho‘kiz so‘nasi (Tabanus bovinus) keng tarqalgan
turlaridan biri hisoblanadi. So‘nalar N.G.Olsufev tomonidan yaxshi o‘rganilgan.
Dunyoda so‘nalarning 3 mingdan ortiq turi keng tarqalgan, MDhda ularning 200
ga yaqin turlari aniqlangan. M.Q.Qodirovaning ma’lumotlari bo‘yicha
o‘zbekistonda so‘nalarning 49 ta turi uchraydi.
Kaltamo‘ylov doira chokli ikki qanotlilar (Brachycera-Cyclorrhapha) kenja
turkumi vakillarining tanasi kichik, mo‘ylovlari uch bo‘g‘imli, lichinkasining bosh
bo‘limi butunlay reduksiyaga uchragan. Lichinkasining po‘sti g‘umbakka aylanish
davrida tushib ketmasdan bochkasimon shaklga kiradi va qotib, soxta pillani hosil
qiladi. Bu kenja turkumning 100 ga yaqin oilalari bor. Parazitlari va kasallik
qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchilariga asl pashshalar, se-se pashshalari, kulrang go‘sht
pashshalari, qon so‘ruvchi pashshalar oilalari va bo‘kalarning 3 ta oilasi kiradi.
Asl pashshalar (Muscidae) oilasi vakillari juda keng tarqalgan kulrang yoki
qoramtir rangli hasharotlar hisoblanadi. Imagosi gul nektari, organik moddalar
chiqindilari, axlatlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari qon so‘radi. Lichinkalari
orasida fitofaglari, saprofaglari, yirtqich va parazitlari bor. Oilada 400 ga yaqin turi
keng tarqalgan. MDhda 1000 ga yaqin turi uchraydi.
Uy pashshasi (Musca domestica) butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan
sinantrop hasharotlardan hisoblanadi. Faqat aholi yashaydigan joylarda uchraydi.
Pashsha xartumining kengaygan uchki qismida og‘iz teshigi joylashgan. Yumshoq
lablari yordamida suyuq oziqni yalab oladi. Pashshalar qattiq oziq bilan ham
oziqlanishi mumkin.
Og‘iz apparati yalovchi tipda. Bir juft qanoti ikkinchi ko‘krak segmentida
o‘rnashgan. Oyoq panjasining tirnoqchasi ostida yopishqoq yostiqchasi bor. Shu
yopishqoq yostiqchasi tufayli pashshalar juda silliq sathda ham o‘rmalab yura
oladi. Gavdasi tuklar bilan qoplangan, ana shu tuklarga iflos narsalar osongina
yopishadi.
Urug‘langan urg‘ochi pashsha bir yo‘la 120-150 dona tuxumini iflos
chiqindilarga, ochiq qolgan oziq-ovqatlarga qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan
chuvalchangsimon lichinkalari chirib kelayotgan organik moddalar bilan
oziqlanadi. Lichinka uch marta tullab g‘umbakka aylanadi. Uy pashshasining
g‘umbagi harakatsiz, ovalsimon shaklda. Ma’lum vaqt o‘tgach, g‘umbakdan yetuk
pashsha chiqadi. Tuxum qo‘yishdan boshlab imago davriga yetishguncha o‘rtacha
10-25 kun kerak bo‘ladi. Pashshalar qorong‘ulikni yoqtirmaydi va doim
yorug‘likka intiladi. Ular oziq-ovqat mahsulotlari, non, qand, murabbo, go‘shtli
taomlar va boshqalarga qo‘nib, ularni yalab-so‘radi va so‘lagini tushirib, har xil
mikroblar bilan ifloslantiradi.
Pashshada hid bilish va ta’m bilish organlari yaxshi rivojlangan. Zarur
bo‘lgan oziqni hididan topadi. Ta’m bilish organi oyoq panjalarining uchida
joylashgan. Bir yilda pashshaning 10-12 avlodi rivojlanadi.
Uy pashshasi ekologik jihatdan odamlar turadigan joy bilan yaqindan
bog‘liq. Pashsha yotoqxona, oshxona, axlatxona va hojatxonalarda, shuningdek
transportlarda uchraydi. Ular bir qancha kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini
mexanik ravishda bir joydan ikkinchi joyga olib borib tarqatadi.
Uy pashshalari iflosliklar orqali ichburug‘, qorin terlamasi (tifi), o‘pka sili,
vabo, bo‘g‘ma, kuydirgi, kon’yuktivit (ko‘z kasalliklari) va poliomielit kabi virus,
bakteriya va boshqa kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini, har xil yiringli kasalliklar
mikroblarini, bir hujayrali parazitlarning sistalarini va parazit chuvalchanglarning
tuxumlarini
odamlarga
yuqtirishi
mumkinligi
aniqlangan.
Akademik
Ye.N.Pavlovskiyning ma’lumotiga ko‘ra pashshalar 63 turdan ortiq zararli
mikroorganizmlarni tarqata oladi.
Asl pashshalar orasida bir qancha turlari o‘simlik to‘qimalari bilan ham
oziqlanadi.
Se-se pashshalari (Glossidae) oilasiga 20 ga yaqin tur kiradi. Ular tropik
Afrikada tarqalgan bo‘lib, afrika uyqu kasalligining qo‘zg‘atuvchilari -
tripanosomalarni tarqatadi. Ularning kattaligi 6,5-14 mm bo‘ladi. Urg‘ochilari tirik
tug‘adi. Bor-yo‘g‘i bitta lichinka tug‘adi. hayoti davomida (3-6 oyda) urg‘ochisi 6-
12 tagacha lichinka tug‘adi. se-se pashshalarining lichinkalari tashqariga chiqishi
bilan tuproqqa tushadi va tezda tuproq ichiga kirib g‘umbaklik davriga o‘tadi. 3-4
haftadan keyin jinsiy voyaga yetgan pashshaga aylanadi. Ular asosan yovvoyi va
uy hayvonlarining, shuningdek odamlarning qoni bilan oziqlanadi. Keng tarqalgan
turlariga Glossina palpalis va Glossina morsitans kiradi.
Glossina palpalis asosan Afrika qit’asining g‘arbiy mamlakatlarida
tarqalgan. Uzunligi 1 smdan katta. Odamlarning uylariga yaqin bo‘lgan daryo va
ko‘llar qirg‘oqlarida yashaydi. Asosan odam qoni bilan oziqlanadi. Shuning uchun
ham odam tripanosomoz kasalligini tarqatuvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. se-se
pashshalari tanasida tripanosomalar 2-3 oy tirik holda saqlanishi mumkin.
Glossina morsitans turining hajmi 1 smdan kichik. Asosan Afrika
o‘rmonlarida yashaydi. Ko‘proq yirik yovvoyi hayvonlarning (antiloplar,
buyvollar, karkidonlar va bosh.) qoni bilan oziqlanadi. Odamga kamdan-kam
hujum qiladi.
Tripanosomoz kasalligidan Afrikada har yili minglab odamlar o‘ladi.
Afrikada se-se pashshalariga qarshi ko‘p yillardan beri turli pestitsidlar qo‘llanib
kelinadi. Lekin bu ishlar ijobiy natijalar bermayapti. Aksincha pestitsidlar bu
yerdagi flora va faunaga salbiy ta’sir qilmoqda.
Volfart pashshasi (Wohlfahrtia magnitica) taxin pashshalari oilasiga kiradi.
U uy pashshasidan kattaroq bo‘lib, gavdasining uzunligi 9-13 mm, rangi och
kulrang. Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Boshida ikkita yirik
murakkab ko‘zi va bo‘g‘imli mo‘ylovlari bor. Ko‘kragida bir juft qanoti va
jizillagichi joylashgan. Volfart pashshasi Janubiy Yevropa va o‘rta Osiyoda keng
tarqalgan. Mamlakatimizning markaziy va janubiy qismlarida uchraydi.
Voyaga yetgan volfart pashshasi dashtlarda dalalarda gullarning shirasi bilan
oziqlanib yashaydi. Ular juftlashgandan keyin 120-200 tagacha tirik lichinka
tug‘adi, lichinkalarini hayvonlar terisining jarohatlangan joyiga, shuningdek ko‘z,
burun, og‘iz shilimshiq pardalariga, quloq supralariga kuch bilan sepib o‘tib ketadi.
Lichinkasi juda yirik, yo‘g‘on, chuvalchangsimon shaklda. Lichinkalarning bosh
tomonida xitinli ilmoqlari bor. U ana shu tomoni bilan tana teshigiga va
to‘qimalariga kirib, tirik to‘qimalar bilan oziqlanib, yemira boshlaydi. Yemirilish
jarayoni juda tez kechadi. 2-3 kun ichida lichinka yara va jarohatni suyakkacha yeb
boradi. Bu jarayon qattiq og‘riq hosil qilish bilan boradi. Ko‘zlarning
shikastlanishi ko‘rlikka olib kelishi mumkin.
Lichinkalarning o‘sishi va rivojlanishi xo‘jayinning tirik to‘qimalari
hisobiga boradi, bunda ular 3-4 kun ichida lichinka davrini boshidan kechiradi.
umbakka aylanishdan oldin lichinkalar yerga tushadi va tuproqda g‘umbakka
aylanadi. Butun taraqqiyot davri 11-23 kun davom etadi. Volfart pashshasi yiliga 6
marta bo‘g‘in berishi mumkin. Lichinkalari miaz kasalligini tarqatadi. Miaz og‘ir
kasallik bo‘lib, vaqtida oldi olinmasa, ba’zan o‘limga ham olib keladi. Volfart
pashshasi lichinkalari odamlarga tushishi mumkin. Ular odamning yara joyiga,
terisiga, ko‘z va burniga tushganida to‘qimalarini yeb tuzalishi qiyin bo‘lgan
yaralar paydo qiladi.
Demak, odamlar va hayvonlar hayoti uchun volfart pashshasining o‘zi emas,
balki uning lichinkalari xavflidir.
Kurash choralari: volfart pashshasi lichinkalari yaradan qisqich bilan terib
tashlanadi, yara xloroforli suv, xloroformli suv, xlorofos eritmasi bilan yuviladi.
Uy hayvonlari yarasidagi lichinkalar qirtishlab olinadi, yara esa lizol, volfartol,
kodoform, kseroform, kreolin bilan yuviladi.
Kulrang go‘sht pashshalari (Sarcophagidae) oilasi lichinkalari buzilayotgan
go‘shtda, go‘ng va boshqa chiriyotgan organik moddalarda yashaydi. Ular o‘rta
mintaqalarda keng tarqalgan. Ko‘pchilik turlari tirik tug‘adi.
Go‘sht pashshasi (Calliphora erythrocephala)ning bo‘yi 7-14 mm, metalga
o‘xshash yaltiroq, boshining oxirgi qismi qizg‘ish, ko‘krak qismi esa qora tusda.
Go‘sht pashshasi ayniqsa, qushxonalarga tuxum qo‘yish uchun uchib kiradi.
Kattaligi 1,5 mm keladigan ellipssimon shakldagi tuxumlarini 450-600 tadan qilib,
go‘sht va boshqa hayvon mahsulotlariga qo‘yadi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalar 10-12 kun oziqlanib, g‘umbakka aylanish
oldidan yerga tushadi. Bu pashshaning lichinkalari har xil yaralar va jarohatlarda
soxta parazitlik qiladi. Pashshaning lichinkalari toza sharoitda o‘stirilib, tuzalishi
qiyin bo‘lgan osteomielit kasalligini davolashda qo‘llaniladi. Buning uchun
yaraning ichiga lichinkalar yuboriladi. Lichinkalar kasallangnan to‘qimalarni
iste’mol qiladi. har besh kunda lichinkalar almashtirilib turiladi. Bunday davolash
yosh bolalarda 6-7 hafta, katta yoshdagi kishilarda ko‘proq davom etadi.
Qon so‘ruvchi pashshalar (Hyppoboscidae)ning tuzilishi hayvonlar juni va
pat qoplami orasida harakatlanishga moslashgan. Tanasi yassi va keng, qanotlari
tanasiga tig‘iz tegib turadi va oyoq tirnoqlari o‘tkir. Ayrim turlarida qanotlari
reduksiyaga uchragan. Ular uzun xartumi bilan sutemizuvchilar va qushlar qonini
so‘radi. Ayniqsa, qo‘y pashshasi, ot pashshasi, it pashshasi ko‘pchilikka ma’lum.
Qo‘y pashshasi hayvonlar qonining kamayib ketishiga, terisining yallig‘lanishiga
va junlarining to‘kilishiga sabab bo‘ladi.
Pashshalarga qarshi kurashish uchun avvalo, ular ko‘payadigan joylardagi
lichinkalarni to‘liq yo‘qotish, kir o‘ralari, hojatxonalar va axlatxonalarni tez-tez
tozalab turish lozim. Quruq axlatni yoqib tashlash kerak. chiqindilarni kompostlash
yoki dezinfeksiyalovchi moddalar bilan zararsizlantirish lozim. Ochiq tipdagi
hojatxonalarda axlat ustiga so‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohak sepib turish zarur.
Voyaga yetgan pashshalarni qirish uchun binolarga insektisdlar bilan ishlov berish
lozim. Pashshalarni yopishqoq qog‘oz va pashsha tutqichlar bilan tutiladi. Jamoat
ovqatlanadigan
korxonalarda,
oziq-ovqat
omborlarida,
kasalxona
va
yotoqxonalarda pashshani batamom qirib tashlash zarur. Buning uchun ularga
qarshi turli insektitsidlar: xlorofos, geksoxloran va boshqa dorilar qo‘llaniladi.
Bino va oziq-ovqat mahsulotlarini pashshadan saqlash kerak. ¨z vaqtlarida
derazalarga doka, sim to‘r tutish, ovqatlarning va idishlarning ustini yopib qo‘yish
lozim.
Bo‘kalar ham doira chokli ikkiqanotlilar kenja turkumiga kiradi.
Bo‘kalarning quyidagi 3 ta oilasi bor: oshqozon bo‘kalari, teri osti bo‘kalari va
burun-xalqum bo‘kalari.
Bo‘kalar lichinkalik davrida parazitlik qiladi. Voyaga yetgan hasharotlarning
og‘iz organlari reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi. Shuning uchun ular uzoq
yashamaydi. Ularning lichinkalari chorva mollarida va yovvoyi hayvonlarda
parazitlik qiladi.
Teriosti bo‘kalari (Hypodermatidae) oilasi vakillarining urg‘ochilari
tuxumlarini hayvonlar juniga qo‘yadi. Lichinkalari teri ostida parazitlik qiladi.
Qoramol bo‘kasi (Hypoderma bovis) Ovro‘pa, Shimoliy Afrika va Osiyoda
keng tarqalgan.
Teri bo‘kasi qoramollarda surunkali kechadigan gipodermatoz kasalligini
paydo qiladi. Gipodermatoz o‘zbekistonda ham keng tarqalgan bo‘lib,
xo‘jaliklarga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu kasallik oqibatida hayvon terisining
sifati pasayadi, go‘sht, sut va boshqa mahsulotlarning miqdori kamayib ketadi.
Teri bo‘kasining tanasi sariq va qora tuklar bilan qoplangan, uzunligi 4
mmdan 16 mmgacha boradi. Bosh qismida ko‘zlari, bir juft mo‘ylovi va og‘zi
joylashgan. Ko‘krak qismida bir juft qanotlari bor. Oyoqlarining uchi tirnoqlar
bilan tugaydi. Gipodermatoz kasalligini uning lichinkasi keltirib chiqaradi. Teri
bo‘kasi yil davomida bir marta avlod beradi. havo isib ketishi bilan bo‘kalar paydo
bo‘ladi va urug‘langan urg‘ochilari qoramollarning orqa oyoqlari va qorin
junlariga tuxum qo‘yadi. har qaysi teri bo‘kasining qo‘ygan tuxumi 450 tagacha
boradi. Oradan 2-4 kun o‘tgach, tuxumdan mayda lichinkalar chiqib, terini teshib
uning ostiga o‘tadi, so‘ngra teri osti biriktiruvchi to‘qimalari orqali hayvonning
bo‘yni tomoniga siljiydi. Qizilo‘ngach devoriga o‘tib, u yerda 5 oy yashaydi,
keyinchalik molning orqa tomoni teri ostiga qarab ko‘chadi. Bu yerda lichinkalar
po‘st tashlab, ikkinchi lichinkalik davriga o‘tadi. Lichinka atrofida biriktiruvchi
to‘qimadan maxsus kapsula vujudga kelib, terida no‘xat kattaligida shishlar hosil
bo‘ladi. Nafas olishi uchun tanasining oldidagi o‘tkir ilmoqlari, tana tuklari va
fermentlar bilan hayvon terisini teshadi va atmosfera havosi bilan nafas ola
boshlaydi. Oradan 20-30 kun o‘tgach, lichinkalar 2-marta tullab 3-lichinkalik
davriga o‘tadi. Keyinchalik lichinkalar shishdagi teshikdan tashqariga chiqib yerga
tushadi. Yerda g‘umbakka aylanib, 3-5 hafta ichida g‘umbakdan qanotli bo‘ka
chiqadi. Uning og‘iz apparati yaxshi rivojlanmagani uchun oziqlanmaydi. Shuning
uchun qanotli bo‘kalarning umri juda qisqa bo‘lib, u bir necha kun yashaydi va shu
davrda ular juftlashib, urg‘ochilari mol terisiga tuxum qo‘yishga ulguradi.
Urg‘ochi bo‘kalar tuxum qo‘yish uchun yaylovlardagi qoramollarga kelib
qo‘nganda ular chaqmasa ham mol juda bezovtalanadi va o‘tlamay qo‘yadi.
Ko‘pincha mollar bo‘ka tufayli yaylovlardan qocha boshlaydi.
Bo‘ka lichinkalari o‘zbekiston sharoitida hayvonlarning bel-yelka teri ostida
noyabr oyidan aprel oyigacha bo‘ladi. Natijada hayvonning ana shu joylarida
tugunchalar vujudga keladi. So‘ngra tugun markazida teshikchalar paydo bo‘lib,
undan yiring va boshqa moddalar chiqib turadi.
Teriosti bo‘kalari hayvonlarni juda bezovta qiladi, ularning mahsuldorligi
pasayib ketadi. Mollar oziqlanmay qo‘yishi natijasida ozib ketadi. Lichinkalar
mollarning terisini teshib, sifatini buzadi. Ayrim hollarda teriosti bo‘kalarining
lichinkalari odamda ham parazitlik qilishi mumkin. Lichinkalar ko‘zga tushganda
odam ko‘r bo‘lib qolishi mumkin.
Bo‘kalar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi kompleks chora-
tadbirlar qo‘llaniladi. Birinchi navbatda kasallangan mollar davolanadi. Buning
uchun lichinkalar tugunlardan qo‘l bilan siqib chiqariladi yoki tugundagi
lichinkalarga qarshi dori yuborilib o‘ldiriladi. hayvon tanasidagi bu tugunlar bir
vaqtda paydo bo‘lmaydi. Shuning uchun davolash har 10 kunda takrorlanib
turiladi. Lichinkalarni siqib chiqargandan keyin o‘rniga yod eritmasi surtish,
shuningdek, lichinkalarni qirib tashlash kerak.
Mollarga bo‘kalar yuqmasligi uchun yoz va kuzda ularning terisiga har 20-
25 kunda sistemali ta’sir qiladigan har xil dorilar purkaladi. Qanotli bo‘ka
hujumidan saqlanish uchun kunning isigan vaqtida mollarni binolarda saqlash va
ularni kechasi hamda ertalab o‘tlatish tavsiya etiladi.
Oshqozon bo‘kasi (Gastrophilidae) oilasi vakillarining lichinkalari asosan ot,
eshak, karkidon va fillarning oshqozonida parazitlik qiladi. Oshqozon
bo‘kalarining 30 ga yaqin turi bor. Gastrohilis avlodiga mansub 6 ta tur bo‘ka
lichinkalari o‘zbekistonda otlarda parazitlik qilib, gastrofilyoz kasalligini keltirib
chiqaradi. Bu parazitlar hayvonlar oshqozonini buzadi, oriqlantiradi va ish
qobiliyatini pasaytiradi.
Gastrofilyoz kasalini qo‘zg‘atuvchi (G. intestinalis)ning jinsiy voyaga
yetganlari 15-20 mm uzunlikda bo‘lib, rangi sariq-qo‘ng‘ir, qalin tuklar bilan
qoplangan. Mo‘ylovlari kalta, qanotlari tiniq.
Tuxumlari sarg‘ish rangda, yuqori qutbida kichik qopqoqchasi bor.
Otlarning oshqozon bo‘kasi imago davrida otlarga zarar yetkazmaydi.
Bo‘kalarning faqat lichinkalari zarar yetkazadi. Urg‘ochi bo‘kalar yozda uchib
yurib otlarning lablari, bo‘yni, oldingi oyoq, ko‘krak va qorin junlariga 300 dan
700 tagacha tuxum qo‘yadi. Oradan 4-5 kun o‘tgach, tuxumlardan lichinkalar
chiqadi va bu lichinkalar ot terisining kuchli qichishini keltirib chiqaradi. Ot tishi
bilan terisini qashishi natijasida bo‘ka lichinkalarining bir qismini yutib yuboradi.
Oshqozonga tushgan lichinkalar oshqozon devoriga yopishib olib, bu yerda
uzoq vaqt (9-10 oy) parazitlik qiladi. Ot oshqozonidagi lichinkalar qishlaydi va
rivojlanib, uzunlii 12-20 mmga yetadi. Bahor yoki yoz faslining boshlarida
lichinkalar otning tezagi bilan yerga tushadi va g‘umbakka aylanadi 25-30 kun
o‘tgach g‘umbakdan yetuk bo‘kalar chiqadi. Ot oshqozonida bo‘ka lichinkalari
juda ko‘p (1000-1500 tagacha) bo‘ladi. Lichinkalar oshqozon devorini
yallig‘lantirib, og‘ir kasallikka duchor qiladi va ko‘pincha hayvonlar halok bo‘ladi.
Gastrofilyoz va uning qo‘zg‘atuvchilari Yer yuzida keng tarqalgan.
Gastrofilyoz bilan kasallangan hayvonning ishtahasi pasayadi, ba’zan butunlay
yo‘qoladi, natijada otlar ozib ketadi. Ba’zan oshqozon bo‘kasining 1 yoshli
lichinkasi odam terisiga kirib kasallik paydo qilishi mumkin.
Oshqozon bo‘kasiga qarshi kurashda, birinchi navbatda, otlarning juni
orasidagi bo‘ka tuxumi va lichinkalarini yo‘qotish kerak. Buning uchun o‘tkir
pichoq yoki shisha sinig‘i bilan bo‘kalar tuxumi bor joylar jun yotgan tomonga
qaratib qiriladi. ¨zda har 4-5 kunda otlar alohida ajratilgan joyda shu usulda
tozalanib, undan tushgan jun va tuxumlar kuydirib yuboriladi. Otlar junidagi bo‘ka
tuxumlari va lichinkalarini kreolinda eritilgan 25 %li eritma bilan ham yo‘qotish
mumkin. Shuningdek, har xil ichiriladigan dorilardan foydalaniladi. Otlar
boqiladigan yaylovlar har 25-30 kunda almashtirilib turiladi.
Burun-xalqum bo‘kalari (Oestridae) oilasi vakillari tirik tug‘adi. Bu oilaga
35 ga yaqin tur kiradi, uzunligi 10-18 mm atrofida bo‘ladi. Ular tuyoqli
hayvonlarda parazitlik qiladi. o‘zbekistonda 4 ta turi qo‘y, echki, tuya va otlarda
parazitlik qiladi.
Qo‘y bo‘kasi (Oestrus ovis)ning uzunligi 10-12 mm bo‘lib, qo‘y va
echkilarning burun hamda peshona bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Urg‘ochilari
sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangda, usti kam sondagi tuklar bilan qoplangan. Lichinkalari 1-
lichinkalik davrida 1,3 mm, 3-lichinkalik davrida esa 10-30 mm uzunlikda bo‘ladi.
Qo‘y bo‘kasi issiqni yoqtiradi, 16-40
o
S haroratda uchib yuradi. Urg‘ochilari
urug‘langach, devor yoriqlari orasida yoki binolarga uchib borib, 12-16 kun
davomida tinch o‘tiradi. Lichinkalari yetilgandan keyin ular faollashib qo‘y va
echkilarni axtaradi va ularning burun kavaklariga 12-20 tadan tirik lichinkalarni
sepib ketadi. har bir urg‘ochi bo‘ka hayoti davomida 600 tagacha lichinka qo‘yadi.
Agar urg‘ochi bo‘ka yetilgan lichinkalarni o‘z vaqtida biror joyga qo‘ya olmasa,
lichinkalar bo‘ka bachadonining devorini yorib yuboradi va uni halokatga olib
keladi. Qo‘yning burniga tushgan lichinkalar tezda burunning ichkarisiga qarab
siljiydi. Aprel va may oylarida qo‘yilgan lichinkalar rivojlanib, iyul-avgust
oylarida hayvonning miyasiga ko‘chadi, ba’zan peshona bo‘shlig‘iga o‘tadi. Bu
yerda ikki marta tullab, uch yoshli lichinkaga aylanadi. Keyinchalik uch yoshli
lichinkalar yana burun bo‘shlig‘iga qaytadi va qo‘y aksirganda yerga tushib tuproq
orasiga kiradi va g‘umbakka aylanadi. 18-25 kunda ulardan qanotli bo‘kalar
yetishadi.
Qo‘y bo‘kasi Shimoliy tumanlarda yiliga bir marta avlod bersa, issiq iqlimli
hududlarda ikki marta (ko‘klam va kuzda) avlod beradi. Bo‘ka lichinkalari
qo‘ylarning burun bo‘shlig‘ida bahorgi zararlanish davrida 4 oy, kuzgi zararlanish
davrida esa 6-7 oy yashaydi.
Qo‘y bo‘kasi keltirib chiqaradigan kasallik estroz deyiladi. Bu kasallik
hamma mamlakatlarda uchraydi. Estroz bilan ko‘pincha yosh qo‘ylar kasallanadi.
Estroz kasalligida mollarning nafas olishi qiyinlashadi, burnidan qon aralash
shilimshiq modda oqadi. Bu kasallikdan qo‘ylarning ishtahasi buzilib, oriqlab
ketadi. Undan olinadigan jun mahsuloti 3-16 %ga kamayib ketadi.
Burun bo‘shlig‘i va miyaga joylashib olgan bo‘ka lichinkalari qo‘y va
echkilarda soxta aylanma (tentak) kasalligini paydo qiladi, ya’ni mollarning
hushdan ketishi, bir joyda aylanishi kuzatiladi. Kasallangan yosh mollar ko‘pincha
nobud bo‘ladi. Nafas yo‘llari zararlanganda esa qo‘ylar zotiljam kasalligidan
o‘ladi. Lichinkalar odam ko‘ziga tushib qolsa miaz, kon’yunktivit kasalliklarini
keltirib chiqaradi.
Estrozga qarshi kurashda kompleks tadbirlar qo‘llaniladi. Birinchi navbatda
kasallangan qo‘y va echkilar davolanadi. Buning uchun mollarning burun
bo‘shlig‘iga xlorofosning 2 %li eritmasi yuboriladi va burun bo‘shlig‘idagi bo‘ka
lichinkalari haydab chiqariladi. Kasallik manbai hisoblangan bo‘kalarning hamma
yoshdagi lichinkalari qirib tashlanadi.
Tuya bo‘kasi (Oephlopeia titillatez) ham tirik lichinkalarini tuyaning burun
teshiklariga qo‘yadi. Lichinkalar burun kataklari va bosh suyaklari bo‘shliqlarida
parazitlik qilib, tuyalarda mahalliy tilda "burun og‘ru" deb ataladigan kasallikni
keltirib chiqaradi. o‘zbekiston sharoitida qanotli bo‘kalar may oyidan boshlab
kuzgacha uchraydi. Tuya bo‘kasi lichinkalari burun bo‘shlig‘ida ikki marta tullab,
uch yoshga kiradi, bunda ularning uzunligi 2,3-5,7 smga yetadi. Kuzda qo‘yilgan
mayda lichinkalar tuyaning burun bo‘shlig‘ida bahorgacha parazitlik qilib, uch
yoshga kiradi va erta bahorda tuyaning burnidan yerga tushadi, yerda g‘umbakka
aylanadi. umbakdan 28-41 kundan keyin qanotli bo‘ka uchib chiqadi. Uchib
chiqqan erkak bo‘kalar urg‘ochilarini otalantirib, o‘lib ketadi. Urg‘ochilari esa
tuyalar orasida uchib yurib, yetilgan mayda lichinkalarini tuyalar burun
teshiklariga qo‘yadi.
Ot burun bo‘kasi (Rhinoestrus purpurens) ham tuya bo‘kasi kabi tirik
lichinkalar tug‘adi va ularni uchib yurib ot va eshaklarning burniga sochadi.
Otlarning burun bo‘shlig‘ida lichinkalarning soni 1-7 tadan 80-120 tagacha va
kattaligi 1 mmgacha yetadi. Ot burun bo‘kasining lichinkasi ham uch yoshni
boshidan kechiradi. Bir yilda ikki marta avlod beradi, birinchi avlodi bahorda 1
maydan 10-15 iyungacha, ikkinchi avlodi sentabrning boshidan oktabrning
oxirigacha yashaydi. ¨zda lichinkalar uch yoshni 2 oyda (iyun-iyulda) o‘tadi.
Iyulning oxiri avgustning boshlarida lichinkalar otning burnidan yerga tushib,
g‘umbaklik davrini tuproq ichida (20-25 kun) o‘tkazadi. Avgust oxiri sentabr
boshlarida qanotli bo‘ka tuproqdan uchib chiqadi. Otlar orasida uchib yurib,
ularning burniga lichinkalarini sochadi. Lichinkalar otning burun bo‘shlig‘ida mart
oyigacha bo‘lib, yerga tushadi, aprelda tuproq ichida g‘umbakka aylanadi, may va
iyunning boshlarida 10-15 tagacha qanotli bo‘kalar uchib yuradi.
Ot burun bo‘kasi ba’zan odamlarning ko‘ziga tushib, ko‘zning
yallig‘lanishiga, ko‘zdan yosh oqishiga va ko‘z og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.
Topshiriqlar: 1.hasharotlarning qaysi turkumlari vakillari odam va
hayvonlarda parazitlik qiladi? 2.Parxo‘rlar turkumi vakillari qaysi hayvonlarda
parazitlik qiladi? 3.Odamda qanday tur bitlar parazitlik qiladi va ularning tuzilishi
hamda qo‘zg‘atadigan kasalliklarini bayon qiling. 4.To‘shak qandalasining
tuzilishini, biologiyasi va zararini tushuntiring. 5.Burgalar orqali qanday kasalliklar
tarqaladi? 6.Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi ikki qanotli hasharotlarning
tuzilishi, rivojlanishi va keltiradigan zararini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |